Document UZ
15 october 2025

Latviyadan haydalgan ruslarga qanday yordam beriladi?

Rossiyada Latviyadan davlat tilini bilmagani uchun sharmandalarcha haydab chiqarilgan yuzlab rus fuqarolariga yordam  va'da qilindi.

Gap Latviyada doimiy yashayotgan, ammo yangi talab — uzoq muddatli Yevropa Ittifoqi rezidenti maqomini olish shartlarini bajarmagan rossiyaliklar haqida ketmoqda. Buning uchun 30 iyungacha latish tilidan A2 darajasidan past bo‘lmagan imtihon topshirish va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tish kerak edi.

Natijada Latviya rasmiylari 841 nafar rossiyalikka 13 oktyabrgacha mamlakatni tark etishni buyurdi — aks holda, bu noxos kishilarni tarixiy vataniga shunchaki deportatsiya qilishadi.

Latviya parlamentida «rus tili — bizniki» deb baqirgan janjalkash Roslikov Estoniyaga kiritilmadi

Latviya Seymining sobiq deputati Latviya-Estoniya chegarasidan video e'lon qildi. Aleksey Roslikov hamkasblari bilan uchrashuvga ketayotganini aytgan — ammo uni to‘xtatishgan, Migratsiya ishlari departamentiga olib borishgan va u yerda unga amaldagi kirish taqiqi haqida ma'lum qilishgan.

Avvalroq Roslikovga qarshi Latviyada jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan — nafrat qo‘zg‘ash va agressor davlat sifatida Rossiyaga yordam berish uchun. Bunga uning 2025 yilda Seymdagi rus tilida aytgan: «Biz ko‘proqmiz» degan nutqi sabab bo‘lgan. Davlat tili markazi uni latish tilini hurmat qilmaslikda aybladi.

Latviya Davlat xavfsizlik xizmati Roslikovni ruszabon ozchilikka nisbatan go‘yoki bosim o‘tkazilayotgani haqidagi bayonotlari uchun bir necha bor tanqid qilgan.

Rossiyada esa allaqachon bu voqealar yuzasidan xavotirlar boshlangan. Ichki ishlar vazirligi rasmiy vakili Irina Volk Moskva «joylashish va moslashishga ko‘maklashish bo‘yicha» butun bir chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqqanini ma'lum qildi.

Bu qiziq, aynan qanday choralar ekan? Ularni Rossiyadagi o‘zbek migrantlariga qo‘shib Ukrainaga qarshi urushga yuborishadimi?

Tag‘in o‘qing
30 november 2018
1992 yilning dekabr oyida Qahramon Xo‘jaqulov yana o‘z manbalaridan jiddiy ma'lumot oladi. Bu safar MXX xodimlari Afg‘onistondan O‘zbekistonga konteynerda ...
6 july 2017
Iyul oyining boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning «ona suti og‘zidan ketmagan» yoshlarni hukumatdagi yuqori lavozimlarga tayinlagani o‘zbek jamiyatida turli ...
11 january 2022
Buxoro shahar hokimi Jamol Nosirov Shuhratovichga sabr tilaymiz. Chunki uyni o‘g‘ri ursa, buyam bitta musibat-da. Joriy yil 4 yanvar ...
4 july 2025
Kecha, 5 iyul kuni, Guliston shahar prokuraturasi o‘rinbosarlaridan biri 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi. Bu navbatdagi “qo‘lga tushish” ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...