Korruptsiya changalidagi translogistika
O‘zbekiston Respublikasi “Buyuk ipak yo‘li”ning chorraxasida va O‘rta Osiyoning markazida joylashganligi hamda “Xalqaro ahamyatdagi” 3800 km avtomobil va 6100 km temiryo‘llari mavjudligi mamlakatning translogistik imkoniyatlar juda yuqori ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda logistika, transport va uning atrofidagi infratuzilma sohalarida korruptsiya, urug‘-aymoqchilik (nepotizm) va uyushgan jinoyatchilik ancha urchigan. Unda sohada foydadan ko‘ra salbiy ta'sir kuchi ortib bormoqda. O‘zbekistonning Transparency International tomonidan tayyorlangan “Corruption Perceptions Index” (mamlakatlardagi korruptsiya darajasi haqida xalqaro ekspertlar va biznes so‘rovlari asosida berilgan baho) da 2024 yilda 100 balldan 32 ball olgan holda 180 davlat orasida 121-o‘rinni egallagan. Bu esa ancha achinarli holat.
2024 yilda mamlakat bo‘yicha korruptsiyaga bog‘liq 7 354 nafar shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan. Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra mamlakat Respondentlarining 55% dan ortig‘i “Respublikada urug‘-aymoqchilik ortganligini va buni korruptsiya shakli” ekanligini bayon etishgan. Ushbu faktlar logistika yoki transport sohasiga bevosita emas, lekin, umumiy korruptsiya muhiti va uning transport–logistika tarmog‘iga ta'siri uchun “qulay sharoit”ni ko‘rsatadi.
Xalkaro Logistics Performance Index (LPI) baholash bo‘yicha, O‘zbekiston 2024 yilda 110 mamlakat orasida 88-o‘rinda joylashgan, bu logistika tizimi samaradorligi va xalqaro raqobatbardoshligi xususida aytarli zaiflikni bildiradi.
2024 yilda mutasaddilar mamlakat transport tizimini isloh qilishga dadil kirishishgan edi. Shu loyihaning o‘zida ham korruptsiya xatarlari mavjudligi qayd etilgan. Loyihada yangi “Transport boshqaruv markazi” tashkil etish rejalashtirilgan, ammo unga javobgarlik, nazorat mexanizmi va xolislik yetarli emasligi aniqlanib, loyiha loyihaligicha qolib ketgan.
Logistika sohasida tender tizimi ham nomiga o‘tkazilib, u ham bir hovuch amaldorlar qo‘lida o‘yinchoq bo‘layotgani aniqlanmoqda. Bu jinoyatlarning biri fosh bo‘lib, biri o‘z-o‘zidan yopilib ketmoqda.
2024 yilning iyul oyida UzAuto Motors kompaniyasi o‘tkazgan 1.3–1.5 mlrd so‘mlik “Tashqi ehtiyot qismlar ta'minoti” tenderda yaqin qarindoshlarga tegishli kompaniyalar ishtirok etgani aniqlanib, tender yakunida shartnomalar hozircha tuzilmagan va taftish o‘tkazilgan. Bu holat ochiq manbalarda yoritilgan.
UzAuto Motors kompaniyasida 1,3 mlrd so‘mlik tenderida yaqin shaxslarga tegishli ikki kompaniya ishtirok etgan va bu holat nefotizm/urug‘–aymoqchilik darajasidagi auditoriya tomonidan kuzatilgan.
State Security Service va prokuratura hamkorligida o‘tkazilgan maxsus aktsiyada “Yangiyo‘l” chegara bojxona posti inspektori 7 kg oltini deklaratsiyasiz olib kirish uchun $5 000 pora olayotgan paytda ushlangan.
Shunga qaramasdan, 2025 yilda import qo‘yilmalarining belgilangan sertifikatlashtirish jarayonlari sababli bir necha bor to‘xtatilgan va tovarlar chegarada bir necha oy muddatda qolib ketgan. Masalan, savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar “frizerlar chegarada 8 oydan ko‘proq qolib ketyapti” deb shikoyat qilgan.
2025 yil yanvar oyida chiqarilgan xabarda: besh yil ichida ichki yuk tashuvchilar faoliyati 7 martaga o‘sgani, ammo tashqi yo‘lda – yuk tashish vaqti ikki baravar uzaygani, va logistika xarajatlari 1,5 martga oshgani qayd etilgan.
Qozog‘iston, Rossiya va boshqa davlatlar bilan transport yo‘laklari bo‘yicha sun'iy to‘siqlar va chegaradagi 3 oygacha ushlab turish yuk tashishni qimmatlatmoqda.
World Bank mutaxassislari tomonidan tayyorlangan tahlilga ko‘ra, O‘zbekistonda logistika xarajatlari sifat jihatdan past va narx juda yuqori. Masalan, “bir tonna tovar”ni O‘zbekistondan jahon iqtisodiyotining 20 % qismiga ega bo‘lgan bozorga yetkazish xarajati taxminan AQSh dollari bilan 175 dollar atrofida bo‘lib, ushbu holat rivojlangan mamlakatlarning barcha qulyliklariga ega davlatlarida ham kuzatilmaydi.
