Document UZ
22 november 2025

Hazoraspda noma'lum shirkat asfalt yo‘lni buzmoqda

Xorazm viloyati Hazorasp tumani markazida kanalizatsiya o‘tkazish bahonasida markaziy ko‘chalar vayron etilmoqda, deb xabar berdi Eltuz manbasi.

Hazoraspliklar so‘zlariga ko‘ra, Namangan viloyatidan kelgan noma'lum pudratchilar hech qanday texnikasi, malakasi yoki hujjati bo‘lmagan holda Hazorasp shaxarchasining yaqinda asfaltlangan asosiy yo‘llarini kovlab, ichimlik suvi quvurlarini yorib, aloqa kabellariga zarar yetkazmoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Hazorasp, G‘afur G‘ulom va Erik Gayazov ko‘chalarining o‘rtasidan 30 santimetrlik kanalizatsiya quvuri yotqizish uchun 1,5–2 metr kenglikdagi o‘ralar qazilgan. Jarayon qurilish standartlariga ham, loyiha talablariga ham javob bermaydi.

Aholi ta'kidlashicha, yo‘lning har ikki tarafida 4–5 metr bo‘sh yerlar bo‘lishiga qaramay, quvurlar aynan avtomobil katnovi qismida qazilmoqda. Bu harakat xavfsizligi, odamlar hayoti va ekologiyaga xatar solayotgani aytilmoqda.

Hazoraspliklar ishlar tartibsiz, nazoratsiz va “xohlagancha” olib borilayotganini, natijada yangilangan yo‘llar qayta buzilib, shaharcha “ag‘dar-to‘ntar” bo‘layotganini bildirmoqda.

Aholi Prezident Administratsiyasini vaziyatga darhol aralashishni so‘rab, loyiha to‘xtatilishi va xalq bilan maslahatlashgan holda yangi, standartlarga mos loyiha ishlab chiqilishini talab qilmoqda.

Tag‘in o‘qing
19 january 2016
«Devona farishta», «Qo‘rg‘oshin» va «Jodugar» filmlarida o‘ynab tanilgan artist Otabek Musaev «O‘zbekkino» Milliy agentligi raisi etib tayinlandi. Bu haqda ...
31 january 2026
Bundan roppa rosa 161 yil burun AQSh Kongressi Konstitutsiyaga 13-tuzatishni qabul qildi. Ushbu hujjat mamlakat hududida quldorlikni butunlay taqiqladi. 1865 yil ...
10 september 2018
Keskin qarashlari bilan ijtimoiy tarmoqda tanilgan jizzaxlik tadqiqotchi Rafael Sattorov «Eltuz» muxbiri bilan suhbatda O‘zbekistondagi tuzumni «arxaik neofeodal jamiyat», ...
28 august 2016
28 avgust kuni, O‘zbekiston tarixida ilk bor, Vazirlar Mahkamasi prezident Karimov sog‘lig‘i haqida xabar tarqatdi. O‘zbekiston Milliy Axborot agentligi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...