Document UZ
25 november 2025

Sudlangan bosh vrach Chortoqda shifokorlarni talashda davom etmoqda

Eltuz tahririyatiga Chortoq tumani sog‘liqni saqlash bo‘limi xodimlaridan murojaat kelib tushdi. Murojaatda tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori jamoaning mukofot pullarini o‘marayotgani ta'kilanadi.

Xodimlar iddaosiga ko‘ra, bosh vrach sudlanganiga qaramay lavozimini saqlab qolgan va faoliyatini davom ettirmoqda. Bosh shifokor katta-kichik davralarda o‘zini Chortoq tuman DXX xodimi Jasurbek va Namangan viloyati prokuraturasi vakili Abdulbosit Nurmatovga yaqin ekanini ta'kidlaydi.

«Bosh shifokor bizlarni mukofot puli vedomostlariga qo‘l qo‘yishga majburlaydi. Kim qo‘l qo‘ymasa ishdan bo‘shataman, DXX orqali qamataman deb po‘pisa qiladi» deydi tibbiyot birlashmasi xodimlari.

Birlashma xodimlari 2025 yil iyul, avgust va sentyabr oylari uchun yozilgan rag‘batlantirish to‘lovlarini haligacha ololmaëtganini, bu mablag‘lar noqonuniy tarzda ushlab qolingani haqida iddao qilmoqda.

Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi rahbari Abdilxodi Iminov  esa ushbu holatga ko‘z yumib kelmoqda. Boshqarma rahbari va bosh shifokor orasida qanday oldi-berdi munosabati borligi mavhum.

Masala yuzasidan DXX, prokuratura, Namangan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasidan amaliy choralar ko‘rish so‘raladi.

Tag‘in o‘qing
20 august 2019
Asakalik tadbirkor Sirojiddin Najmiddinov tuman markazida tashkil qilgan «Tasanno Omad Lyuks» savdo majmuasini sherigi Anvar O‘rinboev tortib olinganidan shikoyat ...
4 march 2016
O‘tgan fevral oyida ham O‘zbekiston telekanallari “eski ashulalari”ni baralla kuylashdan charchamadi. Ya'ni telekanallarning bosh mavzulari yana o‘sha “ma'naviyatni yuksaltirish”, ...
24 may 2021
(Shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” audiokitobining 29-qismi. Matnni muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Xalq shoirlari millat haqida qayg‘urar ...
29 september 2016
O‘zbekistondagi ayrim mahalliy internet nashrlari, jumladan, «Kun.o‘z» sayti mamlakat Kasaba uyushmalari federatsiyasi matbuot xizmatining xabarini chop etdi. Bu xabarda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...