Document UZ
1 december 2025

Bektemirda konstitutsion tuzum tugab, amirlik paydo bo‘ldimi?

Bektemir tuman hokimi Nurilla Abduraxmanov «Xuton» masjidini kengaytirish maqsadida tahoratxona qurish uchun davlat balansidagi uyni beg‘araz berish haqida qaror qabul qildi. 

Bu hujjat amaldagi qonunchilikka mos kelmaydi. Chunki hokim davlat mulkini tekin berishga vakolatli emas. Bunday huquq faqat Prezidentga berilgan. Demak, tuman hokimi o‘zini Prezident bilan teng ko‘radi yoki o‘zini amir deb biladi. 

Asosiysi, masjid davlat organi hisoblanmaydi, va davlat mulkini ularga bepul ajratishning yuridik asosi yo‘q. 

Qarorning yagona asosi sifatida «mahalla yig‘ini murojaati» ko‘rsatilgan, biroq bunday murojaat hokimga davlat mulkini berish huquqini bermaydi. 

Yana bir jiddiy tomoni –  bu qaror Konstitutsiyaning 61-moddasidagi tamoyilga ham zid: «Diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan». Shuningdek, davlat diniy tashkilotlarni moliyaviy yoki mulkiy resurslar bilan ta'minlamaydi. 

Davlat mulkini masjid ehtiyojiga tekin berish — sekulyarlik tamoyilini buzish bilan bir xil.

Tag‘in o‘qing
25 april 2018
Karimov davrida shahar chekkasiga chiqarib tashlangan Shomahmudovlar haykali yana eski joyiga qaytarilmoqda. Haykallar 9 may kuni «Istiqlol» (sobiq «Xalqlar ...
15 june 2016
Iftor va saharlik payti chiroqning o‘chirib qo‘yilishi farg‘onaliklarga ayniqsa malol kelmoqda. Farg‘ona viloyatining aksariyat tumanlarida chiroqning tartibsiz uzilishlari yozda ...
3 may 2016
Aprel oyida ham O‘zbekiston telekanallari «oqil va dono yurtboshi rahnamoligida farovon va baxtli hayot kechirayotgan, mislsiz yutuqlarni qo‘lga kiritgan ...
6 june 2016
Yildan yilga mamlakatda aholi sonining oshishi, pul topish qiyinlashgani va o‘qish sifatining pasaygani bois Oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...