Kundalik
15 june 2016

Elektr uzilishlari ramazon oyida yanada ko‘paydi

Iftor va saharlik payti chiroqning o‘chirib qo‘yilishi farg‘onaliklarga ayniqsa malol kelmoqda.

Farg‘ona viloyatining aksariyat tumanlarida chiroqning tartibsiz uzilishlari yozda ham qishdagidek davom etmoqda. Bahor oylarida kunduzi soat 12 dan 13 gacha, kechasi 20 dan 21 gacha elektr ta'minoti uzib qo‘yilardi, yoz fasliga kelib esa bu uzilishlar tartibsiz davom eta boshladi.

«Qish faslida uzilishlarni energiya tanqisligiga yo‘yishardi, buning belgilangan tartibi bor edi, yozga kelib esa istagan vaqtida o‘chirib, xohlaganida yoqishayapti», deydi oltiariqlik uy bekasi.

U kuni bo‘yi uyda bo‘lgani uchun yil davomida qay paytda o‘chirilib yonganini kuzatish imkoniga ega ekanini aytadi.

Masalan, Farg‘ona viloyati tumanlaridan birida 7, 8, 9 iyun kunlari tarmoqda ta'mir ishlari olib borilayapti, degan bahonada 17 gacha elektr berilmadi.

Shu kunlari tungi soat 23 bilan 24 oralig‘ida ham tok uzib qo‘yildi va saharlik vaqtigacha svet berilmadi. Saharlik tugashi bilan uch yarimda yana svet uzib qo‘yildi.

13 iyun kuni esa saharlikdan keyin o‘chirilgan svet 7. 45 da berildi.

Elektr tarmog‘i idorasiga bog‘langanimizda, avvaliga bu holni «Odamlar ortiqcha sovutgich, konditsionerlardan foydalanishayotgani uchun transformatorlarga nagruzka tushayotgani» bilan izohlashdi.

Navbatdagi uzilishga, havo haroratining keskin ko‘tarilib ketishini sabab qilib keltirishdi.

Keyini uzilish sababini esa shunchaki gapni kalta qilib «35 o‘chirdi» deya izohlashdi. 35 degani bu, viloyatning markaziy elektr idorasi.

Farg‘onada bugun ham chiroq yonib o‘chishda davom etmoqda, Elektr tarmoqlari korxonasidagilar esa yuqoridan shunday buyruq kelganligini ro‘kach qilishdan charchamaydi.

Nasima Davron qizi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
28 june 2016
Toshkentlik Muxiddinov Samad Murodovich va Namangan shahridan 22 yashar Abrorjon Ustaboev Ayubxon o‘g‘li Istanbuldagi Otaturk xalqaro aeroportida yuz bergan ...
10 november 2025
Baxtiyor Iso o‘ldi. Tabriklayman. Endi u hech qaerga ish so‘rab bormaydi. Endi uni ishga olmaslik uchun ortiq bahona to‘qish ...
1 may 2024
Salom qadrli muxlislar, Eltuz portaliga kelgan co‘nggi 5 ta maktubni o‘qiymiz, ular O‘zbekistonning Qashqadaryo, Jizzax, va Buxoro viloyatlaridan kelgan. Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini ta'minlash, shuningdek kanalimizning alohida sahifasiga kirib privatga o‘tkazilgan ...
10 december 2025
Dunë urush asoratlaridan qaddini endi tiklaëtgan 1948 yilning 10 dekabr kuni Parijda jahonning ko‘plab davlatlaridan yig‘ilgan diplomatlar Inson huquqlari ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...