Document UZ
6 december 2025

Baxtiyor Isabek: Erk yo‘lida

Bugun davr aylanib O‘zbekistonning Rossiya istibdodidan qutulgan va mustaqillikni qo‘lga kiritgan, xalq irodasi va demokratiya unsurlari paydo bo‘lgan va yo‘q qilingan yaqin tarix va uning boshida turgan shaxslar sekin asta unutila boshladi. Chunki bu tarix maktab darsliklariga kiritilmagan, yoki bu voqealar mutlaqo teskari talqin qilinadi. Garchi bu davrga ob'ektiv baho berilishi Rossiya Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushini davom ettirayotgan bugungi kun uchun muhim va dolzarb. Jamiyatdagi ayni bo‘shliqni qisman to‘ldirish maqsadida Eltuz Filologiya fanlari nomzodi Baxtiyor Isabekovning 1993 yil yozilgan «Erk yo‘lida» kitobidan ayrim parchalarni e'lon qiladi. Kitobda «Erk» demokratik partiyasining tashkil topishi va uning yetakchisi Muhammad Solih shaxsi haqida hikoya qilinadi. Undan tarixiy hujjatlar, maktublar va turli davrlarda yozilgan va e'lon qilingan maqolalar o‘rin olgan.

FILOLOGIYa FANLARI NOMZODI BAXTIYoR ISOBYeKOVNING «ERK YULIDA»(1993) KITOBIDAN PARChA

Muhammad Solih – «Erk» Demokratik partiyasi rahbari

Biz dunyo tarixida shaxsga sig‘inish jafolarini ko‘p chekkan xalqlardanmiz. Shaxsga sig‘inish — bir insonni egri niyat-amal uchun, diktatura uchun ko‘klarga ko‘tarish, unda yo‘q xislatlarni bor qilib ko‘rsatib, ilohiylashtirishdir. Xudo bizni ana shunday kasofatlardan asrasin!

Lekin qalami bor, amali yo‘q, mashaqqatli mehnati bor-u evaziga taqdirlarga uchrayotgan Insonning xislatlari va zahmatlari orqali butun bir toifa insonlar hayot yo‘lini ifoda etishni shaxsga sig‘inish tushunchasidan juda yiroq ish, deb bilamiz. Muhammad Solihning hayot yo‘li — «Erk»kacha bo‘lgan millatparvar, erksevarning hayot yo‘lidir.

Bizning maqsadimiz Muhammad Solihning tarjimai holini bayon qilish emas, uning kurash yo‘lidan xujjatli lavhalar keltirish vositasida «Erk» Demokratik partiyasining rahbariga jamoatchilikning bir qismi munosabatini ham bayon qilishdir. Zero, O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlik paytida ham, undan oldin va keyin ham, M.Solih haqida ne-ne mish-mishlar tarqatilmadi, hozir ham tarqatilmoqda.

Kitobining mazkur bo‘limi bu mish-mishlar tunini bir oz bo‘lsa-da forig‘ etmoq uchun, bir shaxs to‘g‘risida imkon qadar to‘g‘ri baho berishga intilib yozildi.

Odatda, demokratik davlatlarda prezidentlikka nomzod bo‘lgan shaxs haqida yangi bir narsa eshish qiyin bo‘ladi, bunga ehtiyoj ham qolmaydi, chunki, har qanday nomzod haqida axborot vositalarining barcha turlarida keng ma'lumot beriladi. Ular soatlab televizor ekranlarida chiqishlar qiladi, o‘z raqiblari bilan faqat O‘zbekistondagi siyosiy-iqtisodiy vaziyat bilangina emas, balki «Ittifoq»ning barcha burchaklaridagi siyosiy va iqtisodiy ahvol bilan tanishib bo‘lib, uning o‘zgarish yo‘llarini kuzatish, xulosa chiqarish imkoniyatini berdi. Masalan, 1988 yili estoniyalik Rutso o‘z xatida M.Solih bilan o‘sha paytdagi eng ilg‘or g‘oyalar to‘g‘risida fikr almashdi:

«…Bizning to‘rt nafar olimimiz shunday taklif bilan gazetada chiqishdi: «Estoniya to‘liq xo‘jalik hisobida» (bu maqola yaqinda **«Moskovskie novosti»**da ham chiqadi)… Bu borada masala jiddiy munozara qilinayapti. …Bu taklif teatrlar kongressida qizg‘a-quvvatlandi, mahalliy hukumat ancha uzib ham qo‘ydi, chunki ular bu haqda gapirishga, uni hal qilishga yetarli bilim va imkoniyat hech kimda yo‘q, deb o‘ylaydilar… Sizlar ham albatta bu g‘oya haqida gapirib, uni ommalashtirsangiz, yaxshi bo‘lardi…».

(1987 yil, 4-oktyabrda yozilgan)

Qisqa bir (ruscha yozilgan) xatni o‘zbek tilida keltiramiz:

«Agar san'atkorning fikri jamiyatdagi vaziyatga qarab o‘zgarib tursa, tabiiy savol tug‘iladi: u san'atkormikan? Mening qanday hursand bo‘lganimni tasavvur qilasizmi, Solih! Iflosliklar va demagogiya dengizida Solihning – asl shoirning ovozi Haqiqatni – sof, halol, lekin umidlayozgan Haqiqatni esga soladi va balki, ancha insonlarni insofga chaqiradi. Men doim Sizning iste'dodingiz va donishmandligingizdan mamnun bo‘lib kelganman, yana Sizning so‘zingiz va ishonchingiz barchaga angrab, keng tarqalganidan xursandman. Sizga yana bir bor Sog‘lik va Quvvat tilayman. Galina Loginova Kozlovskaya, 3-aprel, 1988 yil».

(Bu xat «Literaturnaya gazeta»da bosilgan M.Solih maqolasiga munosabat sifatida yozilgan)

Muhammad Solih uni «tanqidchilari» ba'zan millatchilikda ayblab, «do‘pposlashga» urinishdi. Lekin o‘sha «internatsionalist»larga nisbatan millatimiz o‘sha, bashariyat o‘rni M.Solihga o‘xshagan «millatchilar»ko‘paysin. M.Solih boshqa millatlarni o‘z ona millatini jonidan ham ortiq yaxshi ko‘rgani, uning kelajagi uchun o‘z umrini tikkanni uchun ham yaxshi ko‘radi, ya'ni, u o‘z millatini sevgani uchun boshqa millatlarni sevadi, sevaoladi.

M.Solih «milliy tuyg‘u» haqida shunday so‘zlaydi:

«Bu tuyg‘u ilk bor jon bir shaklda, Sovet Armiyasida xizmat qilib yurganimda paydo bo‘ldi. Men tushgan batalon Mogorjastonning (Vengriya) Sekeshfexervar shahrida joylashgan edi. Bu qism “diviziya qoshidagi alohida razvedka batalyoni” deb atalibdi. Qismda bor-yo‘g‘i 350 kishi, tarkibini bir guruhi va mendan boshqa — asosan rus va ukrain askarlar tashkil qilardi. Gurji Jamol Georgievichni bilan yaqin bo‘lib qoldik. Ehtimol, bu yaqinlik sababi – bizning rus bo‘lmaganimizda edi. Bir kuni tanaffus paytida biz dam olib o‘tirgan maydon qoshidan piyoda askarlar qismi o‘tib qoldi. Ularning aksariyati o‘zbek va tojiklar edi. Askarlarning notanish tildagi chug‘ur-chug‘uri bizning rotadagi ruslarning g‘ashiga tegdi shekilli, bittasi “ey, churki, perestante boltat!” deya baqirdi. Men o‘rnimdan qanday turib, uni qanday urganimni bilmayman. Bizni ajratishdi. Men shu kundan boshlab, o‘zimni ma'lum bir millatga mansub ekanimni his qila boshladim. Ruslarning nazaridagi “churki” (turklar) – mening millatim edi. Men uning bir parchasi edim, bu millatning “to‘nka” deb atalishiga aslo rozi bo‘lmasligimni sezdim. Bu tuyg‘u tarki mavqei emas, balki har bir irq qoshidagi mavjud botiniy tuyg‘u edi, xolos. Menda bu tuyg‘u uyg‘otgan va shakllantirgan ham rus millatchiligi bo‘ldi. Bugun mafkura – matbuot, radio-televidenie, “sovet”ko‘chalarda osilgan shiorlar, reklamalar ham…»

Sobiq «Ittifoq» hali gurkirab yashayotgan bir vaqtda, O‘zbekiston «Ittifoq»ning paxta bilan ta'minlab, paxta chiqib yotgan bir paytda, M.Solih paxtaning xalqimiz boshiga tushgan ofat ekanligini, zahar ekanligini barrala aytishga jur'at etgan edi. Bu borada ham u inson aqliga ishonadi va paxtadan foyda ko‘ruvchi byurokrat-mustamlakachilarga emas, balki metropoliyadagi oqil kishilarga murojaat qiladi:

«Muhtaram Yevgeniy Aleksandrovich! Men Sizning fuqarolik jasorattingiz haqida ko‘p eshitib, matbuotda chiqishlaringizni ko‘p o‘qiganman. Ishonch hosil qildimki, aynan Siz faqat “o‘z yaqinlaringiz”gina emas, balki begonalarga ham yordam qo‘lingizni cho‘zasiz. Men begonaman. Sizdan “oq oltin”ni qanday qurbonliklar evaziga yetishtirilishi haqidagi maqolaning bosilishiga ko‘mak berishingizni so‘rayman. Maqola defoliantlar haqida. Hozirgi O‘zbekiston SSRning 50 foiz aholisi yangi kasallik – paxta kasalligi bilan xastalangan yoki xastalanish xavfi bor. Men tez-tez qishloqlarda bo‘lib turaman, u yerlarda yuzlab insonlar “sariq kasalligi” epidemiyasiga (bemorlar varaqchasiga aynan shunday yozuvga ruxsat berilgan, aslida esa, bu “paxta kasalligi”) chalinganligini ko‘raman. Ularning jigari xastalangan va o‘z umri qisqalishini bilishadi. Ammo ular bu kasallik o‘zidan o‘lib ketmay, bolalariga ham o‘tishini bilmaydilar (chunki kasallik naslida aylangan). Bizning yurtimizga kelib (hoin “vatanparvarlar” ko‘zatuvisiz), paxtakorlar orasida bo‘lib, ularning ko‘ziga tikiling: bu ko‘zlarda hayot nuri yo‘q… Meni ma'zur tuting, men bularni o‘ylab chiqarayotganim yo‘q, bunday hasratning o‘zi menda yo‘q».

Agar yordam qo‘li berilmagan bo‘lsangiz, vaqtingiz – ni olganim uchun uzr va javob yozib, o‘zingizni qiynamang.

Muhammad Solih. 19-yanvar, 1983 yil.

(M.Solihning rus shoiri Yevgeniy Yevtushenkoga yozgan xati nusxasi)

Ko‘pchilikning xabari bor, 1987-88 yillarda o‘zbek xalqiga qarshi «demografik» kampaniya boshlandi. Markaziy matbuotdagi o‘zbeklar boshiga tinimsiz haqorat va bo‘htonlar (bu haqoratlarga o‘sha paytda Markaziy matbuotda M.Solihdan boshqa jumhuriyatimizdan bironta inson javob qaytarib jur'at qilolmadi) yog‘ilayotgan bir paytda, bu kampaniyaning uzviy davomi sifatida o‘zbeklarni, shunday «qabih, norahor, qonxo‘r» o‘zbeklarni iloji boricha kamaytirish harakati boshlangandi. Asosan ruslardan iborat bo‘lgan bu olim va jurnalistlar o‘zbek oilalarini «rejalashtirish» haqida yozdilar. Bir necha oy davomida O‘zbekiston matbuoti, radio-televideniesi ko‘p tug‘ilishning o‘zbek ayollari sog‘lig‘iga «naqadar zararli» ekanligi haqida quyib-pishib tashviot bo‘lib bordi. Bu masala hatto O‘zbekiston Fanlar Akademiyasida muhokama qilindi. Shunda M.Solih boshchiligidagi bir guruh yozuvchilar bu muhokamalarda qatnashib, bu «nazariya»ning ildizlarini fosh qilib tashlashdi. M.Solihning millat taqdiri uchun juda xavfli bo‘lgan bir harakat ishtirokchilarini fosh qilib yozgan bir necha maqolalari («Ayollarga sog‘liq bering», “Dildagi uyg‘u” va h.k.) Markaziy va jumhuriyat matbuotlarida e'lon qilindi.

Shunday kurashlardan so‘ng «oilani rejalashtirish» jonkuyarlari asta-sekin in-inga kirib ketishdi.

O‘zbek tilining davlat tili bo‘lishidagi jangdan ham omon kechmadi. Bu kurash M.Solihni itaridan millatchilikda ayblab yurganlar og‘izaga yangidan saqich solib qo‘ydi…

M.Solihning akademik E.Yusupovga maktubidan parcha:«Qadrli Erkin aka! Siz to‘la bo‘yicha komissiya raisisiz… Sizdan iltimos va iltimojimiz shuki, tilimiz bilan bizni ruyhat qiling. Bugun bir tarixiy voqea bo‘sag‘asida turgan bo‘lishimiz mumkin». 

Krujilin-Xisomchalarga kelsak, ular qaytib matbuot sahifalarida chiqishga emas, ko‘chada odamlar ko‘ziga ko‘rinishga qiynalib qoldilar.

Muhammad Solih xalqimizning turli yoshdagi, turli kasbdagi millatsevar farzandlarining qo‘llab-quvvatlashini his qilibgina emas, balki o‘z ko‘zi bilan ham ko‘rdi. Bizningcha, M.Solihga bu madad, bu kuch, bu olqishlar o‘sha paytlarda va hozirgicha tuganmas va yengilmas xalq qudratini yanada chuqurroq his qilish-ga, o‘zida katta siyosiy quvvat sezishga katta omil bo‘lib xizmat qildi.

M.Solih keng qirrali, chuqur bilim egasi, erkse-var, millatparvar shaxs, “Erk” partiyasi rahbari bo‘laturib, nima uchun prezident bo‘lolmadi? Albatta, bu g‘ayritabiiy tuyuladi. Lekin bu hodisa o‘z qonuni-yatiga ega. «Xalq so‘zi» gazetasida bosilgan Hafiza Na-srullaevaning «Shaxs va demokratiya» nomli maqolasi-da bunga javob borday: “O‘zbek demokratiyasi rus de-mokratiyasidan juda orqada qolib ketdi”:

1. Muhammad Solih nomzodi I.Karimov nomzodining yuzdan biri darajasida ham matbuot orqali targ‘ib qilinmadi. Targ‘ib qiluvchilar ta'qibga uchradi.

2. O‘zbek xalqining katta qismi erkin saylovni tushunmadi, unga tushuntirish esa, hokimiyatni qo‘lida ushlab turganlar uchun faqat zardadan boshqa narsa bermas edi. Omma hokimiyat jilovi kimda bo‘lsa, shunga ovoz berish ko‘nikmasidan xalos bo‘la olmadi.

3. Eski mustamlaka siyosatini yurgizgan hukumatning barcha huquqiy, tashkiliy organlari to‘liq Islom Ka-rimov nomzodi uchun ishladi, biror yerda M.Solih nomzodini reklama qilish Karimov nomzodi bilan teng kelsa, sababchilar ma'muriy jazoga giriftor qilindi.

4. Xalqparvar bir nomzod prezident bo‘lgach, amal-qiylishi kerak bo‘lgan dasturiga, uni shaxsan tuza oqilligiga ega bo‘lishi va tuzishi hamda uni xalqqa avvaldan bayon qilishi– prezident bo‘lishning asosiy shartlaridan biri ekanligi xalqqa tushuntirilmadi; Natijada hozirgi prezident hech bir shartni bajarmay kursiga erishdi.

5. Demokratik saylovning barcha shartlariga amal qilinmadi: ikki nomzod televizor ekrani orqali barcha saylovchilar oldida o‘z dasturi, o‘z shaxsiy qobiliyatini ko‘rsatishga yo‘l berilmadi.

6. Hukmron doiralar Muhammad Solih haqida turli mish-mishlar tarqatishdi. Demokratiya tantana qilmagan sharoitda mish-mishlar matbuot o‘rnini bosish, ni hisobiga olsak, nomzodning ovoz olishga bo‘lgan ta'sirini sezish qiyin emas.

7. Va nihoyat, saylovda ochiq-oydin g‘irromlik bo‘ldi. Mahalliy amaldorlar millat qismatini mansabga almashtirdilar, ovoz berish varaqalari orqali, ochiqdan-ochiq soxtagarchilik qilindi.

Albatta, bu g‘aroyib «saylov» haqida kelajak tadqiqotchilari bizga nisbatan chuqurroq yondoshar, degan umidimiz bor.

Muhammad Solih hozirgi o‘zbek xalqi yetishtirgan yirik siyosiy arboblardan biri, u faqat o‘z xalqi orasidagina emas, dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida yetuk siyosiy arbob sifatida tan olingan.

So‘zimiz oxirida yana ikkita maktubni keltirmoqchimiz. Birinchi maktub Amerika senatori Larri Preslerga tegishlidir:

«Muhtaram Solih janoblari! O‘zbekistonga qilgan safarim paytida Siz bilan uchrasha olganimdan behad mamnun bo‘ldim. U yerda ko‘rsatgan-etganlaringiz menda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekistonga tashrifim haqida Senatda o‘qilgan lektsiyalarimni ham hatga qo‘shib jo‘natayapman, o‘ylaymanki, Sizni qiziqtiradi. O‘zbekiston u yerga qilgan tashrifimning eng muhim qismini tashkil etdi. Yana bir marta aytaman, Sizni uchratganimdan juda hursand bo‘ldim. Sizning Iosif Brodskiy haqida bergan tavsiyalaringiz men uchun juda qimmatlidir. U juda yaxshi shoir. Sizga eng yaxshi tilaklar tilab, 

Sizning Larri Presler, AQSh senatori. 

Iyul, 1992 yil Vashington».

Ikkinchi maktubni «Shimoliy Afg‘oniston Islom ittifoqi» kuchlari qo‘mondoni, mujohid Ozodbeg Karimi yo‘llagan:

«Muhtaram Muhammad Solih, qardoshim! 

O‘zbekiston, shuningdek, Turkiston uchun qilayotgan ishlaringizni uzoqdan bo‘lsa-da, mamnuniyat ila kuzatmoqdaman. Eng so‘nggi O‘zbekiston parlamentida O‘zbekiston mustaqilligi uchun aytgan nutqingizni o‘qidim. Olloh Sizdan rozi bo‘lsin! Insholloh, Turkiston uchun ham ayni ahamiyatdagi nutq aytadiganingiz kunlar kelajakdir. Olloh Siz va bizning yordamimizchi bo‘lsin. 

Ozod Beg Karimiy. 

3.07.1991.»

«ERK» KURAShDA

I. DYeKLARATsIYa

«Erk» Demokratik partiyasi tashkil topishi bilan noq faol harakat qila boshladi. Qizig‘i shundaki, «Erk»partiyasi ko‘tarib chiqqan barcha g‘oyalar, avvalo hukumat va parlamentdagi konservator kuchlar tomonidan inkor qilinib, keyinroq bu g‘oyalarning to‘g‘riligiga (aniqrog‘i, sharoitga mos kelishiga) ishonch hosil qilingachgina qabul qilingan.

«Erk» Demokratik partiyasi tayyorlagan Mustaqillik haqidagi Deklaratsiya loyihasi ham dastlab ancha qarshiliklar duch keldi.

Shu kunlarda bu voqealar haqida «Kommersant'» gazetasida bosilgan bir maqoladan parcha keltiramiz:

«20 iyun kuni O‘zbekiston Oliy Kengashi ko‘pchilik ovoz bilan Mustaqillik Deklaratsiyasini qabul qildi. O‘zbekiston O‘rta Osiyo jumhuriyatlari ichida birinchi bo‘lib, jumhuriyat qonunlarini Ittifoq qonunlaridan ustun qo‘yuvchi hujjatni qabul qildi… Deklaratsiya loyihasi «Erk»Demokratik partiyasi tomonidan tayyorlangan bo‘lib, uni 15 deputat Oliy Kengashga taqdim qildi. Biroq, sessiyaning birinchi kuni ular bu hujjatni hatto kun tartibiga kiritishga ham muvaffaq bo‘lmadilar. Ammo, ertasi kuni Oliy Kengashdagi vaziyat qo‘qqisdan o‘zgardi. Sessiyaga O‘zKP birinchi kotibi, O‘zbekiston prezidenti I.Karimov etib kelib, bu hujjatni ma'qullab, matruza qildi. Avval boshqa fikrda bo‘lgan deputatlarning hammasi o‘z fikrlarini o‘zgartirishlari uchun prezidentning bir gapi yetarli bo‘ldi… «Biz bunday muvaffaqiyatni kutmagan edik, — deydi deklaratsiya loyihasi mualliflaridan biri bo‘lgan O‘zbekiston xalq deputati M.Solih “'” muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda, — deklaratsiya eng radikal shaklda, deyarli o‘zgartirilmasdan qabul qilinib, unga deputatlarning qariyb hammasi ovoz berdi. O‘zbekiston KP MKning ikkinchi kotibi A.Yefimov Deklaratsiyaga O‘zbekiston yangilangan Sovet federatsiyasi sostavida qolishi haqidagi punktini kiritishni talab qildi, ammo uning bu taklifi rad qilindi».

(«Kommersant'», 1990 yil. 18-25 iyun)

Bu voqeaning qisqacha tarixi shunday: «Erk» partiyasi bu loyihani o‘sha yilning bahoridayoq tayyorlagan va o‘zining deputat vakillari orqali Oliy Kengashga taqdim qilgan edi. Deputat, shoir Erkin Vohidovningaytishicha, iyun sessiyasi arafasida chaqirilgan Oliy Kengash Prezidiumi majlisida u oshkoralik qo‘mitasining raisi sifatida **«Erk»**ning Deklaratsiya loyihasini sessiyada qabul qilishini taklif etgan, ammo Prezidium rad qilgan. Shunga qaramay, demokrat deputatlar bu loyihani qabul qilish uchun tish-tirnoqqacha zo‘r berishdi. M.Solih Deklaratsiyaning muhim ahamiyati haqida gapirdi. Dastlab, bu nutqni asosiy ko‘pchilik qabul qilmadi, «Bizni Ittifoqdan ajratib, ko‘pchilikni o‘zimizga chorlab oldi» degan hayqiriqlar eshitildi. Ammo Deklaratsiyani qo‘llab, imzo chekkan 176 deputat faol kurashdi va bu hujjat to‘satishlar bilan qabul qilindi. Bu faollar ichida deputatlardan Oygul Mamatova, Jahongir Mamatov, Baxtiyor Karimov, Samandar Quqonov, Erkin Vohidov, Imom Fayzi, Nasrullo Sayid, Toshpo‘lat Jo‘raev, Alijon Qo‘chqorov, Karim Bahriev, Nurali Qobul va Hamza Eshonazarovlar alohida jonbozlik ko‘rsatildi.

O‘shani tan olish kerakki, agar 176 deputat taklifiga prezident I.Karimov «yon bosmaganida», ehtimol, Deklaratsiya mustaqillik ayonlariga ega bo‘lgan siyosiy hujjat emas, balki nazariyotga moslashishning bir ko‘rinishi bo‘lib qolardi.

Demokratlar shunday xavf borligini bilib, Deklaratsiya tahriri jarayonida ogoh bo‘lib turdilar. Radikal Markazqo‘mning ikkinchi kotibi Yefimov ham qatnashdi. Bu lavhaga bevosita guvohi M. Solihning tilidan shuni yozib oldik:

«Deklaratsiya tahriri bo‘yicha qatta komissiya say-langan bo‘lsa ham, uni, asosan, Yefimov va boshqalar boshqarganini eshitib, sessiya ketayotgan zal orqasiga o‘tdim. Yefimov hujjatni taxrir qilayotgan ekan. Yenida Mirsaidov o‘tiribdi. Deputatlardan E. Vohid, N. Qobul va J. Mamatovlar tikka turishibdi. Ular sal sarosimada. «Tinchlikmi?» deb so‘radim. Erkin aka meni chetga tortib, «buzayaptilar», dedi. Yefimovdan «biz ham qo‘rqqan bo‘lamizmi?» deya hujjatga qo‘l cho‘zdim. Yefimov bermoqchi emas edi, ammo Mirsaidov «Solih ham shu komissiya a'zosi» deganidan keyin, berdi. O‘qisam, o‘sha hammamiz qo‘rqqan jumlani Yefimov deklaratsiyaga kiritishga ulgurgan ekan: «O‘zbekiston Sovet Ittifoqi sostavida…» va hokazo.Bu to‘rtta so‘z «mustaqillik» tushunchasiga mutlaqo to‘g‘ri kelmas va «Erk» loyihasini butunlay yo‘qqa chiqarardi. Men Yefimovga «agar bu qo‘shimchani olib tashlamasangiz, hozir sessiyaga qabul qilingan hujjatni buzganligingizni e'lon qilaman», dedim».

Bu holatdan ko‘rinib turibdiki, Deklaratsiya qabul qilingandan keyin ham O‘zbekiston rahbariyati ichida jiddiylik bo‘lmagan va hatto prezidentning o‘zi ham hujjatni rasmiy e'lon qilishdan chekinib turgan.

Buni qanday izohlash mumkin? 

Bizningcha, bu haqda o‘sha kunlari «Kommersant'» gazetasida chiqqan, biz yuqorida parcha keltirgan maqolada to‘g‘ri fikr yuritilgan:

«So‘nggi paytlarda, – deyiladi maqolada – partiya rahbarlari o‘z hokimiyatini saqlab qolish uchun «milliy demokratlar» tarafini olib, ularning juda ko‘plab talablarini bajarmoqdalar. Osiyshtam demokratlaridan, jumhuriyatlardagi kompartiyaning liberalroq qafi-ryatdagi rahbarlari demokratiyani xayrixohligiga, o‘ziga nisbatan neytralitet saqlashga erishib, o‘z hokimiyatini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmoqdalar. 

Tag‘in o‘qing
3 september 2018
Gruziyadan chemodon ichida yashirinib Turkiyaga o‘tmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik 27 yashar F.T. ismli ayol ushlandi. Turk nashrlarining 1 sentyabr kuni ...
10 september 2025
So‘nggi vaqtlarda deyarli har kuni hokim yoki hokim o‘rinbosarlari pora olgani sabab qo‘lga olingani haqida xabarlar chiqmoqda. Albatta, poraxo‘rlarni ...
14 december 2025
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 2018 yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Karimov ...
28 december 2025
Kattaqo‘rg‘on shahrida tibbiyot texnikumini bitirgan hech qanday tibbiy ish tajribasiga ega bo‘lmagan hamshira dukonasiga ukol qilib o‘limga bilvosita sababchi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...