Document UZ
11 december 2025

O‘zbekiston naqd pulni cheklash bo‘yicha dunyoda eng oldinda

Endilikda kvartira, mashina, spirtli ichimliklar va 25 mln so‘mdan qimmat suvni O‘zbekistonda faqat karta yoki raqamli bank tizimi orqali sotib olish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati norasmiy iqtisodiyotga qarshi kurashish va naqd pulsiz to‘lovlar ulushini oshirish maqsadida dunyoda misli ko‘rilmagan cheklovlarni joriy qildi. 

Xalqaro va mahalliy OAVlar, jumladan Bloomberg nashrining yozishicha, O‘zbekiston naqd pulga sotuv taqiqlangan tovarlar ro‘yxati bo‘yicha birinchi mamlakatga aylandi.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 apreldan boshlab quyidagi tovar va xizmatlar uchun naqd pul bilan hisob-kitob qilishga qat'iy taqiq o‘rnatiladi:

• Ko‘chmas mulk: Kvartira, uy, bino va inshootlarni sotib olish.

 • Avtomobillar: Barcha turdagi (10 yildan oshmagan) avtotransport vositalarini sotish va sotib olish.

 • Qimmat xaridlar: Narxi 25 million so‘mdan (taqriban $2000) yuqori bo‘lgan barcha tovar va xizmatlar (ayrim qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno).

 • Alkogol va tamaki: Spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari (narxidan qat'i nazar).

 • Yonilg‘i va kommunal: AYoQShda yoqilg‘i, elektr energiyasi, tabiiy gaz va hatto ichimlik suvi uchun to‘lovlar.

 • Davlat xizmatlari: Barcha davlat organlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar.

Rasmiylar ushbu choralar orqali korruptsiya va naqd pul bilan maosh berish kabi norasmiy iqtisodiy faoliyatni keskin kamaytirishni maqsad qilgan. 

Fuqarolar endi yuqorida keltirilgan xaridlar uchun faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlaridan foydalanishi shart bo‘ladi.

Tag‘in o‘qing
29 april 2017
Islom Karimovga yodgorlik tanlovida o‘zbekistonlik haykaltarosh Ilhom Jaborov g‘olib chiqdi. Tanlovda turli mamlakatlardan jami 58 haykaltarosh qatnashib, 68 yodgorlik ...
17 december 2025
Tabiblik bilan shug‘ullanib, xalq orasida “Bio nur” sohibi sifatida tanilgan Iqbol Saliev 10 sutkaga ma'muriy qamoqqa olindi. Jinoyat ishlari ...
5 december 2016
2 dekabr kuni Urganch Suvratlar galereyasi bosh muxofizi Shirin Tosheva galereyada O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) tomonidan tekshirishlar bo‘lgani ...
7 november 2018
Hokimlik mulozimlari va fermerlarga kesak ushlatib, suvli ariqqa tushirib, mashina oldida yugurtirib sazoyi qilgan amaldor Zoyir Mirzaev ishdan olingach,  ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...