Document UZ
25 december 2025

Buxoroda piyodalar yo‘lakchasi noqonuniy egallanmoqda

Assalomu alaykum Eltuz. Biz Buxoro shahri Shayxon mahallasi aholari tomonidan murojaat yo‘llayapmiz.

Mahallamizda bolalar maktab va bog‘chaga, kattalar esa ishga qatnaydigan, shuningdek Gazli shoh ko‘chasiga chiquvchi faqat bitta piyodalar yo‘lakchasi mavjud. Undan boshqa tomonlarda taxminan 900 metr masofada yo‘lga chiqish imkoniyati yo‘q, chunki hudud fermer tomonidan simto‘r bilan o‘rab olingan.

Endi esa aynan shu yagona yo‘lakcha ham non pishirish uchun tandirlar o‘rnatilib, egallab olinmoqda. Bu holat aholining erkin va xavfsiz harakatlanishiga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Mahalla raisi va IIB xodimiga bir necha bor murojaat qildik. Shuningdek, viloyat hokimi Botir Zaripovga murojaat qilinadigan guruhda ham yozdik. Afsuski, aynan shu murojaatlarimizdan so‘ng viloyat hokimligi matbuot xizmati xodimlari tomonidan guruhda bloklanganmiz.

Ayni yo‘lakchaga aholi tashabbusi bilan piyodalar belgilarini ham qo‘ydirgan edik. Biroq, fermerning maqsadi bu yo‘lakni ham butunlay yopish ekani ochiq ko‘rinib turibdi. Vaholanki, yon-atrofda bunday faoliyatni olib borish uchun yetarlicha joy mavjud.

Qolaversa, yaqinda ushbu nonvoyxonadan 200 metr nariroqda noqonuniy elektr ulanishi sabab ikki kishi tok urishi oqibatida halok bo‘lgan. 

Endi esa nonvoyxona joyi ko‘chirilayotgan bo‘lsa-da, u yana aholi piyoda yo‘li hisobidan joylashtirilmoqda.

Tandir yonib turgan joydan bolalar, keksalar va oddiy aholi qanday xavfsiz o‘tishi mumkin?

Yagona piyodalar yo‘lakchasini aholiga qaytarib berishlarini talab qilamiz.

Tag‘in o‘qing
9 april 2020
 MOSYo TYeST BILAN MUTOLAA  (Davomi) «Sof san'at» Balki «Mosyo Test»ning o‘z tafakkuri ustidagi istibdodini bitta Edgar Po emas, balki ...
18 november 2020
Ertalab mosh sotdim. Ko‘p emas, besh yuz kilo. Moshimni sotib olgan tadbirkor yigit: «Moshning pulini bugun kechga o‘zim uyingizga ...
6 february 2018
Istanbuldagi Otaturk qo‘nalg‘asida 1 kilo 75 gramm qoradorini Toshkentga olib ketaëtgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi S.K ushlandi. Turkiyadagi «Hurriyat» ...
21 september 2025
O‘sha mash'um 30-yillarda millatimiz oydinlarining qatag‘onlari tepasida turganlar orqasida nafaqat millat xoinlari, balki millatimizning chinakam tashqi dushmanlari ham ko‘p ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...