Document UZ
9 january 2026

Co‘xda gaz ta'minoti muammosi: Noqonuniy qurilish va ijro etilmagan sud qarori

Farg‘ona viloyati So‘x tumanida aholi hayotiga bevosita ta'sir qilayotgan jiddiy muammo yuzaga keldi. Tumanning Oftobro‘ mahallasida davlat mablag‘i hisobidan qurilgan gaz taqsimlash inshootining bir qismi asossiz ravishda boshqa joyga ko‘chirilishi ortidan joriy yil 7 yanvar kuni Yangiariq va Oftobro‘ mahallalarida gaz ta'minoti izdan chiqdi. 

Ko‘plab xonadonlarda gaz bosimi keskin pasaydi, ayrim uylarda esa gaz butunlay o‘chib qoldi. Sovuq qish faslida yuzaga kelgan ushbu holat aholi, ayniqsa yosh bolalar va keksalar yashaydigan oilalar uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda.

Muammoni yanada og‘irlashtirayotgan jihat shundaki, gaz taqsimlash inshooti atrofida va hatto uning ichida ham noqonuniy qurilish ishlari amalga oshirilgan. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ushbu ob'ekt hududida qonunbuzilishlar aniqlangan bo‘lsa-da, mahalliy hokimiyatdagi mas'ul arxitektor, kadastr organlari va prokuratura tomonidan o‘z vaqtida qat'iy choralar ko‘rilmagani aholi noroziligini kuchaytirmoqda. Oqibatda strategik infratuzilma ob'ekti xavf ostida qolgan, bu esa butun mahalla gaz ta'minotiga salbiy ta'sir ko‘rsatgan.

Mazkur holat yuzasidan sud qarori ham mavjud. Fuqarolik ishlari bo‘yicha So‘x tuman sudi 2024 yil 15 fevral kuni Kadastr agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi So‘x tuman bo‘limi da'vosi asosida javobgar Behzod Madalievga nisbatan ish ko‘rib, o‘zboshimchalik bilan egallangan 124 kvadrat metr yer maydonida noqonuniy qurilgan bino-inshootni javobgar hisobiga buzdirish haqida hal qiluv qaror chiqargan.

Sud hujjatida Oftobro‘ mahallasi hududida, 1079-son yer konturida, avtomobil yo‘li bo‘yida joylashgan va “Farg‘ona magistral gaz quvurlari boshqarmasi”ga qarashli “So‘x-1” gaz taqsimlash shaxobchasiga biriktirilgan yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniq qayd etilgan. Shuningdek, javobgarga berilgan ruxsatnoma faqat yengil konstruktsiyali omborxona uchun bo‘lgani, amalda esa ikki qavatli bino qurilgani, bu ruxsatnoma mazkur inshoot uchun huquqiy asos bo‘la olmasligi sud tomonidan ta'kidlangan .

Sud qarorida noqonuniy binoni buzish bilan birga, javobgardan davlat daromadiga 680 ming so‘m davlat boji va da'vogar foydasiga 34 ming so‘m pochta xarajatlari undirilishi ham belgilab qo‘yilgan. Biroq aholini eng ko‘p tashvishga solayotgan masalaqonuniy kuchga ega bo‘lgan ushbu sud qarorining amalda ijro etilmayotganidir. 

Sud hujjati ijro qilinishi shart esada, So‘x tumani Majburiy ijro byurosi tomonidan binoni buzish ishlari amalga oshirilmagani aytilmoqda. 

Aholi fikricha, mas'ul idoralarning sukuti va kechikishi oqibatida oddiy odamlar jabr ko‘rmoqda. Gaz bosimi past yoki umuman gazsiz qolgan uylarda bolalar va keksalar sovuq sharoitda yashashga majbur. 

Shu bois mahalla ahli tuman gaz ta'minoti rahbarlari va mahalliy hokimiyat qachon ochiq muloqot o‘tkazib, muammolarga aniq va oshkora javob beradi, degan savolni o‘rtaga qo‘ymoqda.

Tag‘in o‘qing
27 august 2018
Shvetsiyaning Telia transmilliy kommunikatsiya kompaniyasi sobiq boshqaruvchilari 4 sentyabr kuni O‘zbekistonning marhum prezidenti Islom Karimovning qizi Gulnoraga pora berishgani ...
5 may 2020
2016 yil 29 dekabr kuni uchinchi otryad boshlig‘i oldimga kelib: – Sizga “muassasa ichki tartib qoidasini buzdi”, deb hujjat ...
10 march 2024
O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti o‘n yil oldin 150 dollar edi. Hozir qancha? Bugungi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan ayni mavzuga bag‘ishlanadi. ...
3 june 2019
Andijonda 25 may kuni e'lon qilingan shanbalik 29 may kuni ham davom etdi. Marhamat tumani elektr tarmoqlari korxonasi ishchisining ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...