Document UZ
14 january 2026

Tramp ustidan «102»ga arz qilgan o‘zbek jarimaga tortildi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida yashovchi fuqaro mast holatda ichki ishlar organlariga qo‘ng‘iroq qilib, AQSh prezidenti Donald Tramp ustidan shikoyat qildi. Bu haqda sud hujjatlariga tayanib mahalliy nashrlar xabar bermoqda.

Joriy yilning yanvar oyi boshida 1988 yilda tug‘ilgan fuqaro A.K. mast holatda «102» raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. U dispetcherdan Donald Trampga nisbatan chora ko‘rishni va ariza qabul qilishni talab qilgan. Erkakning iddaosiga ko‘ra, Tramp Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni o‘g‘irlab ketgan.

Suhbat davomida operator undan yashash manzilini so‘raganida, fuqaro «Oq uyda yashayman» deb javob bergan.

Mazkur holat yuzasidan qo‘zg‘atilgan ma'muriy ish Bektemir tumani sudida ko‘rib chiqildi. Sudda huquqbuzar o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi va o‘sha vaqtda juda mast bo‘lgani sababli nima deganini eslay olmasligini bildirdi.

Sud qaroriga ko‘ra fuqaro Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 199-moddasi (Maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirish) bilan aybdor deb topildi. Unga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya'ni 1 230 000 so‘m (taxminan 100 dollar) miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Tag‘in o‘qing
21 march 2018
O‘zbekiston prezidenti Mirziyoevning tovuqlarni nega sevishi 20 mart kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumaniga borganida aniq bo‘ldi. Prezident matbuot xizmati ...
4 october 2015
“Yoshlar” telekanalida efirga uzatilayotgan “Senga oshiqman” (Ishani) serialini O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalari monitoring markazi zararli, deb topdi.
22 january 2021
Salom, mening sadoqatli do‘stlarim va dushmanlarim! Sizlar bilan ekran orqali diydorlashishni bir hafta orziqib kutdim. Shodligu g‘amimni siz bilan ...
18 may 2018
Prezident Mirziyoevning umr yo‘ldoshi Ziroatxon Hoshimovaning Vashingtondagi Oq uyda tushgan fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ulardan birida O‘zbekistonning birinchi xonimi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...