Zulm devlari bilan olishayotgan qiz
Shuhrat Bobojon
Eltuz.com
Sichqon kabi mitti jonivor ulkan filni o‘ldirishi mumkin, degan gapni birinchi sinf o‘qituvchim Zevarjon opa ilk marta aytib berganida ishongan edim.
O‘qituvchi aytgan gapni o‘quvchi mutlaq haqiqat o‘laroq qabul qiladi.
Umrim davomida bu assmetrik haqiqatga bir necha misollar ko‘rdim.
Bularni ichida eng ko‘rgazmali o‘rnak SSSRning qulashi edi.
Millionlab josusu ayg‘oqchi va tanklari bo‘lgan bu zulm saltanatini erk istagan huquq himoyachilari sindirgan edi.
SSSR likvidatorlaridan biri bo‘lgan marxuma Valeriya opa Novodvorskaya bilan hali SSSR oëqda turgan davrda uchrashib muloqot qilganimdan faxrlanaman.
Opa bilan 1987 yili Sankt Peterburgda (O‘sha paytda Leningrad edi) uchrashganimda u xonim «O‘zbeklar paxta terishni boykot qilsin» degan tavsiyani bergan edi.
O‘sha paytda moskvalik jurnalist Aleksandr Minkin paxta teraëtgan o‘zbek qullari haqida «Xlopkarab» degan maqola e'lon qilgan edi…
Hullas oradan 30 yilga yaqin vaqt o‘tdi. SSSR ag‘darildi. Ammo o‘zbeklar paxta dalasida to‘nqayganicha qolvaerdi. Ular tergan paxta Karimov «oila» sini zanginu badavlat qildi.
Shu kunlarda paxta qulligiga qarshi bosh ko‘targan Dima Tixonovning uyi ëqib yuborildi. Mahallaning hurmatli hoji akalari Tixonovga qarshi tuxmatnomalarni bajoni dil ëzib berishdi.
Paxta qulligini fosh qilaëtgan jurnalist hamkasbim Malohat Eshonqulova esa SNB pastkashlari tarafidan kunora taxqirlanmoqda.
Shu o‘rinda Malohat haqida bir ikki og‘iz iliq gap aytgim keldi.
1999 yil ëzida Malohat Urganchdagi men rahbarlik qilgan mustaqil TV ALC kanalida bir kichik loyihada ishladi.
Jurnalistik tekshiruv¸ deb atalgan bu loyiha asosida Malohat suratga olgan lavha viloyat prokuraturasi¸ bojxona qo‘mitasi mulozimlari uchun bosh og‘rig‘i bo‘lgan edi.
Urganch tumanidagi jamoa xo‘jaligi o‘z ishchilariga oylik o‘rniga paxta ëg‘ beradi. Tomini ëpaëtgan ustalarga haq berish uchun oila bekasi ëg‘ni bozorga olib chiqib sotaëtganda prokuratura va bojxona xodimlari tarafidan kaltaklanadi -aëlning olti oylik homilasi tushadi va o‘zi mayib bo‘lib qoladi.
Lavhada kasalxonada ëtgan aël¸ vrach hikoyasi bilan birga bozordagi guvohlar¸ prokuratura hamda bojxona xodimlari e'tiroflarigacha bor edi.
Bu lavhaning efirga ketmasligini ko‘pchilik istadi.
Malohatni bir chekkaga chaqirib¸ «qancha bersak shu lavha efirga ketmaydi?» deb savdolashishlar hali esimda.
Ammo qarshiliklarga qaramasdan bu lavha efirga ketdi.
Bu voqea misolida Malohat Eshonqulovaning jurnalist maslagiga sodiq¸ durust qiz ekaniga ishondim.
O‘tgan davr bu ishonchimni mustahkamladi. Bu kichik jussali aël Karimov davrida yo‘g‘onlashgan zulm devlarini qulatishiga ishonaman.
Foto: Maloxat Eshonqulova. 2015 yil, oktyabr. Qoraqalpog‘istonda majburiy mehnat bo‘yicha monitoring payti
