Asosiy mavzular
11 april 2023

11 aprel – Beatles guruhi «From Me to You» qo‘shig‘ini taqdim qildi

«From Me to You» (Mendan senga) — Lennon va Makkartni dueti ijro qilgan zarif bir qo‘shiqdir.

Aytilishicha, bu qo‘shiq 1963 yilning 28 fevralida Shrusberi yo‘lida ketaëtgan avtobus ichida ëzilgan. The Beatles guruhi qo‘shiqchi Elen Shapiro bilan gastrolga ketishaëtgan paytda Lennon va Makkartni vaqtni o‘ldirish va ermak uchun bu qo‘shiqni bastalashdi. Qo‘shiqdagi “men va sen” kalimalari o‘sha davr uchun bokira bo‘lgan insonning insonga yaqin munosabati va samimiylik izhori edi.

Alal-oqibat, bu qo‘shiq The Beatles guruhiga sharaf keltirgan taronalardan biriga aylandi.

The Beatles ning bu qo‘shig‘i “bitlomaniya” deb nomlangan yo‘nalishni paydo qilgan omil sifatida ko‘riladi.

The Beatles guruhining «From Me to You» qo‘shig‘i Sovet Ittifoqini o‘ragan temir devorni ërib o‘tib, erksevarlarning doimiy xirgoyisiga aylangan edi.

O‘tgan asrning yetmishinchi yillarida tog‘amning o‘g‘li Xushnud magnitofon tasmasiga ëzilgan «From Me to You» qo‘shig‘ini qayta-qayta eshitgani esimda.

Xushnud men uchratgan ilk bitloman edi. Ikkinchi bitloman esa Moskvada rassomlikka o‘qigan Davronbek Yo‘ldoshev edi.

The Beatles guruhi ularning yashash tarzini o‘zgartirgan va boshqacha fikrlashga undagan omil edi.

The Beatles qo‘shiqchilarini «bitllar» deb atashadi, shuningdek, ularni Fab Four (ingl.) deb ham atashdi.

Jon Lennon, Pol Makkartni, Jorj Harrison, Ringo Starr ishtirokidagi bu guruh Britaniyaning Liverpul shahrida 1960 yilda tashkil topgan edi.

Shuningdek, ayrim vaqtlarda guruh tarkibida Pit Best, Styuart Satkliff va Jimmi Nikol ishtirok etishardi. The Beatles ning aksariyat kompozitsiyalari Jon Lennon va Pol Makkartni hammuallifligida yaratilgan va ular nomidan chop etilgan.

Amerikada 1950 yillarda rivojlanib boshlagan rok-n-roll musiqa yo‘nalishiga taqlid qilib, The Beatles guruhi o‘zlarining shaxsiy adabiy uslublari va ijrolariga ega bo‘lishdi.

The Beatles guruhi rok musiqa yo‘nalishida juda katta ahamiyatga ega ta'sir ko‘rsata olishdi va bu ko‘plab mutaxassislar tomonidan tan olinib, XX asrdagi ijodiy hamda tijoriy tomondan ham omadli guruhlardan biri sifatida e'tirof etilib kelinadi.

Ko‘plab rok-musiqachilar Beatles guruhining musiqasi ta'sirida mashhur bo‘lganini e'tirof qilishadi.

To‘rtlik Britaniya guruhlari ichida birinchi bo‘lib o‘z plastinkasi bilan AQShdagi chartlarda mashhurlik va birinchi o‘rinni egalladi, ushbu plastinkadan boshlab Britaniya jamoalarini, shuningdek, «liverpullik» (Merseybeat) rok musiqasi jarangining xalqaro tan olinishi boshlandi.

The Beatles guruhi birgalikdagi ijodini 1970 yilga kelib to‘xtatdi, lekin Pol va Jon allaqachon 1967 yildan boshlab shou-biznes olamida o‘zlarining shaxsiy loyihalarini joriy qilib bo‘lgan edilar.

Guruh parchalanganidan keyin har bir musiqachi o‘zining yakka xonandaligini davom ettirdi.

1980 yilda o‘z uyining oldida Jon Lennon o‘lim topdi, 2001 yilda esa Jorj Harrison saraton kasalligidan vafot etdi.

Pol Makkartni va Ringo Starr hanuz ijod bilan band.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
21 february 2020
Karamzin degan rus ëzuvchidan «Rossiya amaldorlari nima qilyapti?» deb so‘rashsa, «O‘g‘irlayapti», degandi. Mendan o‘zbek amaldorlari nima qilyapti, deb so‘rasangiz, “o‘g‘irlayapti ...
22 november 2018
SSSRning qudratli KGB idorasi jinoyatlarini fosh qilgani uchun xalq orasida» Rembo» laqabini olgan va o‘n yilga qamalgan o‘zbek militsiyasi ...
12 november 2021
Aziz va qadrdon, sevgili va sevimli, bir-biridan ardoqli tomoshabinlarim. Siz bilan noyabr oyida ikkinchi marta hamsuhbat bo‘lish baxtiga noil ...
20 november 2020
Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari haq talab qilgani (hujjatlarda – “jamoat tartibini buzgani”) uchun uch kunlik ma'muriy hibsga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...