Vaqt mashinasi
18 april 2020

18 aprel – Avrangzeb mushriklar ibodatxonalarini vayron qilishni buyurdi

Avrangzeb (toj bezagi) deya tarixga kirgan Abul Muzaffar Muhiddin Muhammad Olamgir (1618—1707) Hindistonda Buyuk mo‘g‘ullar imperiyasi deya atalgan davlatning podshohi edi.

Sulton Muhammad Avrangzeb Bahodir Shoh Jahon va Mumtoz Mahalning uchinchi o‘g‘lidir.

Matematika va fiqh bo‘yicha yetuk olim darajasida ilmi bo‘lganini tarixchilar ëzadi.

Ulkan sulola vakili va podshoh bo‘lishiga qaramay, faqir musulmon kabi kiyinib, kamtarona yashagani aytiladi.

Avrangzeb Qur'onni yod bilar, talaygina she'rlarni yoddan o‘qir, o‘zi ham she'r yozardi. Ammo qattiqqo‘l, qon to‘kishni oddiy bir zarurat deb biluvchi toshbag‘ir kishi edi.

U qirq to‘qqiz yil hukmronlik qilib, 1707 yilda 89 yoshida Ahmadobod shahrida vafot etdi.

Hindistonda Islom dinining ëyilishi Avrangzeb ismi bilan bog‘lanadi. Avrangzeb o‘zidan oldingi temuriy hukmdorlarning mushrik va otashparastlarga toqatlilik siësatini to‘xtatib, buddaviylar ibodatxonalarini vayron qiladi.

Musulmon bo‘lmaganlarga jizya solig‘ini soladi.

Bugungi til bilan aytganda, Avrangzeb siësatda IShID va salafiylar formatida ish ko‘radi.

Avrangzeb Hindistonda keng ëyilgan naqshbandiylik va boshqa sufiylik tariqatlarini shirkka tenglashtirib, ta'qib va tazyiq ostiga oladi.

Avrangzeb 1658 yilda akasi Doro Shukuhni asirga olgach, otasi Shoh Jahonni ham taxtdan tushirib, qasrda mahbuslikda saqlaydi.

Ko‘p o‘tmay, ukasi Murodbaxshni ham ushlab zindonga tashlaydi va o‘sha yerda bo‘g‘ib o‘ldirtiradi.

Kichik akasi Shoh Shujo‘ darbadarlikda Birma tuprog‘iga o‘tib, o‘sha yerda butun oila a'zolari bilan birga qaroqchilar qo‘lida o‘lib ketadi.

Katta akasi Doro Shukuhni dinsizlikda ayblab, zindondan olib chiqadi va shahar maydonida boshini kestiradi. O‘sha kuniyoq Doro Shukuhning kesilgan boshini laganga solib, mahbuslikda yotgan kasal otasi Shoh Jahon oldiga kiritadi.

Shoh Jahon esa mahbuslikda sakkiz yil yig‘lab-yig‘lab, ko‘zi ko‘r bo‘lib, olamdan o‘tadi.

Avrangzeb esa qirq to‘qqiz yil hukmronlik qiladi.

«Tazkirat ul-havotun»da aytilishicha, Avrangzebning besh o‘g‘li va besh qizi bo‘lgan. O‘g‘illari – Muhammad Sulton, Muazzam Shoh (keyinchalik Bahodir Shoh), A'zam Shoh, Muhammad, Amin Kom Baxsh; qizlari — Badriniso begim, Zebunniso begim, Ziynatniso begim, Zubdatniso begim va Mehriniso begimlardir.

Zebunniso begim o‘z zamonasining fozila ayollaridan Hafiza Maryambonu qo‘lida savod chiqargan.

Otasi Zebunnisoning shoirlik iste'dodini payqab, unga o‘z davrining yetuk olimlaridan Mullo Muhammad Ashraf Isfahoniy va Mullo Jovonni muallim qilib tayinlaydi.

Zebunniso begim zabardast shoira, yetuk olima, tanbur chertuvchi usta sozanda va mohir xattot bo‘lib yetishadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 january 2026
Galileo Galileyning 1610 yil 7 yanvardagi kashfiyoti insoniyatning koinot haqidagi tasavvurlarini ostin-ustun qilib yuborgan. Bu voqea nafaqat astronomiya, balki ...
14 september 2025
Shavkat Mirziyoev davrida yirik “mega-loyiha”lar orqali infratuzilmani yangilash va mamlakatning tashqi qiyofasini o‘zgartirish harakati kuchli kuzatilmoqda. Yangi muzeylar, aeroportlar, ...
25 january 2018
MXX faoliyati ustidan parlament nazorati o‘rnatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar ...
24 april 2017
So‘nggi ikki hafta davomida o‘zbek televideniesining bosh xabar dasturlari «Davr» va «Axborot»da sezilarli o‘zgarishni kuzatish mumkin. Teleko‘rsatuvlarda garchi, yangi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...