Catira
23 january 2018

O‘zbek oltinini tashmalash

O‘zbekiston oltinini xorijga tashmalash Islom Karimov va uning atrofidagilar tomonidan hali mustaqillikning ilk yillaridan boshlangan edi.

Mamlakatning birinchi va so‘nggi davlat kotibi Rahim Rajabovning O‘zAda e'lon qilingan xotiralarini o‘qib, shunday xulosaga kelish mumkin.

R.Rajabovning xotiralarida aytilishicha, O‘zbekiston o‘zining ilk milliy valyutasini xorijda chop ettirgan. Bu xizmat uchun esa I.Karimov oltin bilan haq to‘lash qaroriga kelgan.

Davlat kotibining gaplari mazmunidan anglashiladiki, bu to‘lov tegishli rasmiylashtirishlarsiz, ya'ni noqonuniy ravishda amalga oshirilgan. Shuning uchun I.Karimov bu oltinlar tranzit chog‘ida boshqa davlatlar tomonidan musodara qilinishidan qo‘rqqan.

«Xorijga uchayotgan samolyot Rossiyaning Ilichevsk shahrida yonilg‘i olishga to‘xtaydi, har bir aeroportda bo‘lgani kabi u yerda ham samolyotni nazorat qiladigan bojxona xizmati mavjud. Bu tomonga uchayotgan samolyot (Yaqin Sharqdagi mamlakat aeroportining nomini aytdi Islom aka) shu yerda yonilg‘i olish uchun to‘xtaydi, u yerda ham bojxona bor. Bu masalalarni tushuntirish yo‘li bilan, shovqin-suronsiz, tinchgina hal qilmoq kerak», degan Karimov.

I.Karimov bu noqonuniy operatsiyalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun yuksak martabali amaldorlardan, xususan, R.Rahimovdan foydalanmoqchi bo‘lgan. Davlat kotibi «uquvi yo‘qligi»ni aytib, bu ishdan bosh tortmoqchi bo‘lganida esa uni qo‘rqoqlikda ayblagan.

Xotiranomada ta'kidlanishicha, o‘zbek oltini ortilgan samolyotlar qaysidir aeroportda ushlangan ham. Ammo «bu tadbirda hech kimning qora bir niyati, shaxsiy manfaati yo‘qligi…, yosh davlatning bir martalik tadbiri ekani» bois, muammo diplomatik va yuridik yo‘l bilan hal qilingan.

Bu xotiranoma davlatning rasmiy axborot agentligi tomonidan yanvar oyi oxirida 80 yillik yubileyi nishonlanadigan marhum prezident Islom Karimovni sharaflash bahonasida e'lon qilingan.

Aslida undan Islom Karimovning noshud bir rahbar bo‘lgani anglashiladi. Axir mustaqil bo‘lganiga 3-4 yil bo‘lgan davlat qanday qilib shuncha vaqt milliy valyutasiz yashaydi, degan savolni ham tug‘diradi bu xotiralar.

Shunga qaramay, o‘zbek oltinining xorijga tashilishi haqidagi xotiralar aslida bunday «operatsiya» keyinchalik ham to‘xtamagan, degan xulosani keltirib chiqaradi.

Bunga asos 2004 yilda Moskvada o‘zbek oltini ortilgan O‘zbekiston samolyotning ushlanishi voqeasidir.
O‘sha paytlarda bir qancha saytlarda O‘zbekiston prezidentining qizi Gulnora Karimova o‘tirgan samolyot bortida 6 tonna (ba'zi ma'lumotlarda 8 tonna) oltin bilan qo‘lga tushgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Hech kim ularning egasi ekanini bo‘yniga olmaganidan keyin bu oltinlar Rossiya hukumati tomonidan musodara etilgani ma'lum qilingandi.

Nazarimizda yuqorida tilga olingan ikki voqea o‘rtasida bog‘liqlik bordik. Bog‘liqlik shundaki, har ikkisi ham o‘zbek oltinining xorijga tashib ketilishiga taalluqli.

Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, Islom Karimov va uning atrofidagilar tillamizni «tuya qilish»ni ancha ilgari boshlagan hamda bu ish uzoq vaqt davom etib kelgan.

Dastlabki «operatsiya» «xalq va davlat manfaati»ni o‘ylab amalga oshirilgan, deb hisoblagan taqdirimizda ham keyinchalik «davlatning junini shaxsiy jun bilan almashtirib» qo‘yishgan, deyishga asoslar yetarli.

Sardor Azim
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 june 2018
Toshkent shahrining bosh imom-xatibi Anvar Tursunov 13 iyun kuni 60 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda «Eltuz»ga imomning yaqinlari xabar ...
27 september 2017
Prezident Mirziyoev va'dalariga ishonib vatanga qaygan dissident yozuvchi Nurilla Otaxonov (Nurullox Muhammad Raufxon)ning, 27 sentyabr kuni Toshkent aeroportida hibsga ...
31 december 2025
Muhammad Solih SAYLOVDAN KYeYINGI MANYeVR Prezidentlik saylovlari “ERK” tashkiloti timsolida kommunistlarga xalq qudratini ko‘rsatdi. Kommunistlar, bir oz erkinlik berilgan ...
3 march 2020
Yig‘ilishda Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabovning o‘z qo‘l ostidagilarni va yig‘ilish ishtirokchilarini uyat so‘zlar bilan haqorat qilgani va ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...