Catira
10 april 2018

General Rustam Inoyatov O‘zbekistonning bosh baliqchisiga aylandi

O‘zbekiston prezidentining baliqchilik tarmog‘ini jadal rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorining ijrosi bosh vazir Aripov, bosh prokuror Murodov va sobiq MXXning sobiq raisi Rustam Inoyatov zimmasiga yuklatildi.

Karimov davridagi siësiy qatag‘onlarning “asosiy ijrochisi” deya ko‘riladigan Inoyatov joriy yil yanvarida ishdan olingani ortidan MXX “rebrending” qilinib, DXXga aylantirilgan edi.

O‘zbek faollari Rustam Inoyatov jinoiy javobgarlikka tortilishi kerak, degan talablarni saslantirib keladi.

Rassom Kirpi esa “mamlakatning bosh baliqchisiga” aylangan Inoyatov boshiga o‘tgan yili “mamlakatning bosh tovuqboqariga” aylantirilgan sobiq bosh vazir o‘rinbosari Rustam Azimovning kuni tushadi, degan kayfiyatni aks ettiradigan hajviy surat chizdi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 may 2019
Andijon shahrida 16 may kuni viloyat faollari va prezident Mirziyoev ishtirokidagi yig‘ilishda Bo‘z tumani hokimi Inomjon Madaliev tuman nomini ...
13 april 2024
O‘zbekistonning barcha avtoyo‘llari 42,869 kilometrni tashkil qiladi. Povorotlar ikki xil – o‘ngga va chapga. Shu yo‘lning har bir kilometrini ...
4 september 2018
Shvetsiya poytaxti Stokgolmda 4-sentyabr ertalabdan Gulnora Karimovaga pora berishda ayblanayotgan Telia mobil shirkatining uch nafar sobiq raxbarlari ustidan sud ...
3 january 2017
Turk matbuotiga ko‘ra, terrorchi xotini va ikki farzandi bilan 2016 yilning 20 noyabr kuni Qirg‘izistondan Istanbulga uchib kelgan. Matbuot ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...