Catira
22 may 2018

Prezidentga laganbardorlik yer ostidan boshqariladi…

Prezident Mirziyoevning Andijonga safari shaharni begona ko‘zlardan to‘sish, oshiqcha ehtiyot choralari va mulozimlarning odatiy laganbardorliklari bilan o‘tdi.

Prezident o‘tadigan ko‘chaga hatto balkondan qarashga ham yo‘l qo‘yilmadi. Prezident ham, o‘z navbatida, bunday munosabatga javoban va'dani quyuq qildi.

«Milliy xavfsizlikning, hozirgi komitetimizning obro‘yini juda ko‘taraman. Hozir qo‘l qo‘ydim. Uy qurib beraman bularga», dedi Mirziyoev.

«Lekin yuz foiz uxlaganlaringda tush ko‘ryotganlaringni bilmasliklari mumkin, boshqa hamma narsani biladi», dedi prezident yer ostida ilon qimirlasa biladigan Davlat xavfsizlik xizmati xodimlarini nazarda tutib.

Rassom Tuz bu safar prezidentga laganbardorlikni yer ostidan turib qoyillatgan andijonlik DXX shovvozlari suratini chizdi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 february 2016
2 fevral kuni Jizzax viloyat jinoiy sudida davom etgan «Fermer Aramais ishi»ning maxkama jarayonida davom etdi. Prokuror Sh. Turdibekov, ...
10 march 2020
– O‘tiring, bratan, o‘tiring. Bilaman, hozir kayfiyatingiz osmondagi yulduzlardan ham yuqorida turibdi. Buning sababi, sizning ashaddiy dushmaningiz bo‘lgan “qassob” ...
26 november 2020
Bloger Nozim Safari: «AOKA «Gazeta.o‘z»ga ham koronavirus bo‘yicha ma'lumotlar taqqoslangan maqolalar uchun ogohlantirish jo‘natibti. AOKA asl qiyofasini namoyon eta ...
27 june 2023
Qabristonda yashayotgan oila, svet, gaz muammosi va oyligi to‘liq berilmagan ishchilar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi beshta maktubni o‘qiymiz ular ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...