Asosiy mavzular
18 september 2018

Yana o‘sha “Avtotest”

Hozir O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomasiga oid har qanday jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Avtotest” MChJga borib bog‘lanaverishiga ko‘pchilik o‘rganib qoldi.

Yaqinda ilgari haydovchilik guvohnomasi bekor qilingan haydovchilar ham qayta o‘qish va imtihon topshirishni “Avtotest”da amalga oshirishi majburiy qilib qo‘yilganini eshitib, bunga yana bir bor amin bo‘ldim.

Bir yil avval tanishim ichib mashina haydagani uchun haydovchilik guvohnomasidan ayrilganini bilardim.

Mavjud qonunchilikka ko‘ra, bundaylar qayta o‘qishi va imtihon topshirishi kerak. Lekin birorta qonun hujjatlarida ular “Avtotest”da qayta o‘qishi lozimligi belgilab qo‘yilganini ko‘rganim yo‘q.

Shunday bo‘lsa-da, tanishimning aytishicha, “Avtotest”ning sertifikati bo‘lmasa, qayta o‘qiganlik to‘g‘risidagi boshqa birorta guvohnoma o‘tmas ekan.

Ma'lum bo‘lishicha, bir haftalik qayta o‘qish uchun “Avtotest”ga eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida haq to‘lanadi.

Bir vaqtlar “Avtotest” yuridik shaxslarga tegishli avtomobillar haydovchilarini qayta o‘qitish uchun monopolistik huquqni aynan hukumatdan olgandi.

Xususiy muassasaning hukumat qarori bilan bunday huquq olishi har doim ham kuzatilaveradigan voqea emas. Hatto O‘zbekistonda ham…

Ijtimoiy tarmoqlarda bu monopoliyaga qarshi ko‘plab tanqidlar ortidan ayrim deputatlar ham ishga kirishib, “Avtotest”ning mazkur maqomini bekor qilishga erishildi.

Ammo hamon joylarda uning monopoliyasiga soya soladigan boshqa birorta muqobil muassasa topilayotgani yo‘q.

Aksincha, haydovchilik guvohnomasi bekor qilinganlar ham “Avtotest”da qayta o‘qishi majburiy qilinganligi bu MChJning qudrati hali so‘nmaganini ko‘rsatadi.

Ayrim manbalarga ko‘ra, “Avtotest” MChJ O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Komil Allamjonovga tegishli. O‘z navbatida, K.Allamjonov soliq idorasining bugungi kunda sobiq raisi, qudratli Botir Parpievga aloqador shaxs.

Zo‘rniki tegirmon yurg‘izadi, deb shuni aytsalar kerak-da.

Bahodir Sharif
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 december 2025
21 dekabr kuni Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori, 25 yoshli Hammadullaev Xudoyor Baxtiyor o‘g‘lining o‘zini osgani haqida Eltuz ...
28 july 2025
26 iyul kuni Buxoroda soliq inspektori 400 AQSh dollari pora olgan vaqtida qo‘lga olindi.  U tezkor tadbir davomida DXX ...
4 may 2023
Turkistonni ishg‘ol qilgan rus bosqinchi generali fon Kaufmanga Toshkentning bosh xiyobonida 1913 yilning 4 mayida yodgorlik o‘rnatilgan edi. Ushbu ...
17 february 2016
Avariya chog‘ida ikki nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan, tag‘in to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan. Toshkentning Nukus va Shevchenko ko‘chasi chorraxasida 11 ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...