Catira
22 february 2019

RTdan va'z: Demokratiya haqida

Esimni tanibmanki, demokratiyaga qarshi va klerikal totalitarizmni maqtaydigan replika eshitaman. Ëshligimda chollar nuqul Stalinni maqtardi. Qattiqqo‘l boshliqni ëki xotinini uradigan erni maqtashardi.

Yigirma, ehson, aqiqa, sunnat va boshqa marosimlarga kelgan mullalar va'zidan chiqadigan xulosa ham shu edi: Bir mafkura ustiga qurilgan totalitarizm yaxshiyu turlilik ëmon.

Xullas, biror yerda biror odamning demokratiyani maqtaganini ko‘rmadim. «Grin kard»ga navbatda turib, AQSh va demokratiyani ëmonlashadi bu ikkiyuzlamachi to‘da….

Kirish bir oz cho‘zildi. Demak, muddao. Demokratik jamiyatda hokimiyatlar ayri-ayri, mustaqil yashaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat (parlament), shu qonunlarni ijro qiladigan hokimiyat, (prezident, hukumat va boshqa xizmatkorlar), sud hokimiyati. Bunga ëndosh to‘rtinchi hokimiyat – erkin matbuot.

Bular biri birovining ishiga sira aralasha olmaydi.

Mabodo GFR kantsleri Merkel xonim Oliy sud raisiga telefon qilib, «pistonchievni qama» desa, osmon uzilib yerga tushadi, yer ërilib, qo‘ziqorin chiqadi.

Frantsiya prezidenti Makron shahar markazidagi binoga qarab, «buni buz», deya olmaydi. Desa, darrov ishdan ketadi.

Endi manzarani O‘zbekiston misolida ko‘rsak. Qo‘shko‘pirning hezalak hokimi sud raisiga «qama jurnalistni» desa, sud qamayapti. Bosh vazir esa shahar markazidagi «binoni buz» desa, darrov buldozer kelib buzmoqda. Shahar hokimi (ijroiya hokimiyati) parlamentga kirib, o‘zining oyna-romini monopoliya qiluvchi qonun chiqartiryapti.

Eng ëmoni bularning ichida prezident. Agar u to‘daga qarab, «bo‘q yeng» desa, poda ur-ra deb bo‘q yeyishni boshlab yuboradi. U oq rangli qog‘ozni qora desa, hamma qora deydi.

Bunaqa paytda o‘rtaga to‘rtinchi hokimiyat chiqadi va «janob prezident, bu qora emas, oq», deydi. «Bo‘qning ichida milliardlab kasal lichinkalar bor, yesang o‘lasan», deydi.

Unga qarab na prezident, na parlament raisi va na sudya «og‘zingni yum», deya olmaydi.

Buni, azizlar, demokratiya deydi.

Xullas, demokratiyada hokimiyatlar ayrilgani uchun dunëning 180 davlati rafoq ichida yashayapti. Mafkura totalitarizmi o‘rnatilgan yakkahokim davlatlar esa ichdan chirib ketgan.

Qissadan hissa shuki, demokratiyadan yaxshiroq boshqaruv tizimi yo‘q. Qudratlar ayriligi demokratiyaning umurtqasidir.

Mana, azizlar, demokratiya haqidagi va'zimiz nihoyasiga yetdi. Ikki yildan keyin tovuqparast prezident qulog‘ini ushlab ketib, yangisi saylansa, bu to‘dani xalq deb atayman. Ungacha auf vi der zeyn, chao pompidu, poka biradlar!

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
17 july 2016
Amalga oshmagan harbiy to‘ntarish ortidan 2745 sudya lavozimidan chetlatildi. Ular orasida Turkiya Oliy xakamlar kengashining 5 a'zosi bor. Ular ...
3 october 2015
Kecha bozorga borgandim digin, katta rovotni bekitib Istam isvarkachi isvarka qip tashapti, katta binolardi tepasiga «Barcha yantoq terimiga», «Yantoq ...
5 may 2016
O‘zbekiston fuqarosi 36 yashar Muborakxon Usmonova o‘z jazmani 55 yashar Aziz Chalishqon (Aziz Çalışkan) tarafidan 27 aprel oqshomida bo‘g‘ib ...
20 september 2023
So‘nggi kunlarda kundalik ehtiyoj uchun eng kerakli bo‘lgan mahsulot – non narxi keskin oshib ketayotgani kuzatilmoqda. Bunga sabab deya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...