Catira
2 november 2018

Buxoroda rasmiylar Jirinovskiyni quchoq ochib kutib olishdi

Vladimir Jirinovskiy boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 noyabr kuni Buxoroga keldi.

Rossiya Davlat dumasi deputatlaridan iborat delegatsiyani, O‘zA xabariga ko‘ra, Buxoro xalqaro aeroportida O‘zbekiston parlamenti raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoev, Buxoro viloyati hokimi O‘ktam Barnoevlar kutib olishdi.

Jirinovskiy Markaziy Osiyo davlatlarining Rossiyaga qo‘shilishi tarafdori ekanini o‘z bayonotlarida ochiq shaklda bildirib kelgan rus millatchisi sifatida tanilgan.

Uning O‘zbekistonga kelishi ochiqlangach, «Erk» demokratik partiyasi bayonot tarqatib, Prezident Shavkat Mirziyoevdan Jirinovskiyning O‘zbekistonga «qilishi mumkin bo‘lgan har qanday safarini» taqiqlashga chaqirgan edi.

Ayni paytda Jirinovskiyning O‘zbekistonga kelishi boshqa o‘zbek faollari g‘azabini ham kuchaytirdi. 

«Jirinovskiy doim o‘zbeklarni, turkiylarni, musulmonlarni haqoratlab, nizo va fitna keltiradigan bir radikalchi bo‘lsa, unga qanaqasiga, yurtimizga kelishiga ruxsat berildi?» deya yozdi o‘z murojaatida o‘zbek tahlilchisi Anvar Nazir.

Tarmoqda Jirinovskiyni «norozilik namoyishi bilan kutib olish» chaqiriqlari yangradi.

«Qani Buxoro, Samarqand, Toshkent, Anjon, mard o‘g‘lonlar bormi? Jirik kelishiga qarshi tinch namoyishga chiqishga duxi yetadigan o‘zbek bormi 33 million xalq ichida?» deya yozdi Elsevar O’zbek niki ostidagi feysbuk yuzeri.

«Qiziq, bizning qancha mulozimlarimiz, Jirinovskiyning yumshoq va iliq qo‘llarini olishga chiqisharkan))) jurnalistlardanch fotolarini kutamiz)» deya yozdi feysbuk blogeri Nailya Rahman‎.

Vladimir Jirinovskiyning Buxoroga safari LDPR liderining O‘zbekistonga ilk rasmiy tashrifidir.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 june 2020
Bir narsaga e'tibor qaratdim: AQShda bo‘layotgan voqealarga e'tibor rus internetida juda yuqori; runetda bu voqealarni anarxiya deb qoralash, afroamerikaliklarni ...
10 march 2024
O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti o‘n yil oldin 150 dollar edi. Hozir qancha? Bugungi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan ayni mavzuga bag‘ishlanadi. ...
7 december 2025
Bundan roppa rosa 30 yil burun O‘zbekiston, Markaziy Osiyo davlatlari va dunyodagi uchinchi yirik yadro arsenaliga ega bo‘lgan Ukraina ...
20 october 2015
Gulnora Karimovaning nomi kuni kecha barchaning og‘zida edi. «Gulnora to‘ylar qilyaptimish!», «Gulnora degan duxi chikibdimish!», Gulnorani zapravkasida doim benzin ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...