Catira
10 november 2018

O‘gay hukumatni odamlar nega sevishi kerak?

O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan 1991 yildan to shu bugunchaga bu mamlakat hukumati chet elda boshiga ish tushgan birorta vatandoshini himoya qilmadi.

O‘zbek vatandoshlarini taqirbosh irqchilar o‘ldirsa ham, haqorat qilinsa ham O‘zbekiston hukumati uning tarafini olib bir og‘iz so‘z aytmadi. Millionlab o‘zbek o‘z mamlakati elchixonasi xodimlari tomonidan muttasil talandi, xo‘rlandi va kamsitildi.

O‘zbekiston o‘z vatandoshlari pasportiga chiqish vizasini qo‘yadigan yagona, moxov davlat sifatida qolmoqda. Go‘ëki O‘zbekiston ochiq osmon ostidagi qamoqxona. O‘zbekistonni boshqargan bir guruh sobiq kommunistlar esa uning boyligini imkon qadar ko‘proq o‘g‘irlash uchun kunu tun tirishishdi.

Odamlar gaz va elektr bemalol bo‘lgan sovet davrini sog‘ina boshlashdi. Xalq uchun tabiat ato qilgan gazni ko‘tarasiga Xitoyga sotgan oz sonli korruptsioner mulozimlar katta «otkat»lar olib boyigandir-u, ammo butun bir millat sovuqda dirdirashga mahkum qilindi. Mustaqillik oddiy odamlar nazdida faqat azobu uqubat va yo‘qsillikni tamsil qildi.

O‘zbekistonni boshqarganlarning oltin zakarli bolalari esa bu mamlakatni o‘marishni o‘ylashdi-yu, laoqal tilini ham o‘rganishmadi. Mamlakat boshida 27 yil turgan Karimovning ikki qizi, bir o‘g‘li va nabiralari o‘zbek tilida gapirmaydi.

Boshqa mulozimlar pushti kamaridan bo‘lganlar ham rusiyzabonlikni oliy martaba sifatida ko‘rishdi va ularni boyitgan el tilidan oshkora hazar qilishdi. Zotan, boshqaruv elitasidagilar o‘zbek tilidan va fe'lan mamlakat mustaqilligidan hazar qilgan kriminal to‘da edi, xolos.

Bugun Safoevu Barnoev kabi mulozimlar rus millatchisini non va tuz bilan qarshilamoqda. Bu vaziyatda oddiy xalqdan ne ta'ma? Nima ko‘rdi u mustaqillikdan?

Bu hukumat, bu davlat uni himoya qildimi? Unga odam kabi yashash, erkin harakat qilish huquqini ham ravo ko‘rmaydigan o‘gay hukumatni oddiy odamlar nega sevishi kerak?

Otabek Usmon,
mustaqil bloger

Tag‘in o‘qing
2 february 2021
“Eltuz” qisqa hajviy animatsion filmlar turkumini davom ettiradi. Navbatdagi film yozuvchi Rahimjon Rahmat matni asosida tayyorlandi. Muallif Qo‘qonning Kapponbozorida ...
4 february 2020
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasida o‘tgan uchrashuvda «bir kichkina bojxona posti rahbari»ning uyidan ...
14 october 2022
O‘zbekistonda birinchi zamonaviy kasaba uyushmasi bir yil avval tashkil etilgan bo‘lsa-da, u duch kelgan muammolar mehnat huquqlari qanchalik keng ...
19 may 2016
«XXI asr» gazetasi O‘zbekiston prezidentining «o‘z vaqtida qabul qilingan» «Meva-sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...