Asosiy mavzular
13 december 2018

Pullarni qaytarishi uchun hukumat Gulnorani «rozi qilishi» kerakmi?

Shu kunlarda ko‘plab nashrlar Gulnora Karimovaning O‘zbekiston hukumatini moddiy qo‘llab-quvvatlash niyatida ekani haqida yozishdi.  

Jamiyatdan hamon yopiq saqlanayotgan Islom Karimovning to‘ng‘ichi atrofida urchigan gaplarga izoh so‘rab, «Eltuz» nashri Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomovga murojaat etdi:

Alisher Ilhomov
londonlik o‘zbek tahlilchisi

«Gulnora Karimova o‘g‘lining ancha mavhum bayonotidan so‘ng qator nashrlar u ijtimoiy hayotga qaytish va hozirgi prezident olib borayotgan yo‘nalishni qo‘llab-quvvatlashga qaror bergani haqida yozdi. Agar bu uning tez orada ozod etilishiga ishora bo‘lsa, u holda yopishmagan bir ishoradir.

Men buni shunday talqin qilmagan bo‘lardim.  Uning Shveytsariyadagi 800 ming dollar miqdoridagi aktivlariga oid ishdagi qoqiladigan tosh Gulnoraning Avakyan va Madumarov verdikti bilan kelishmayotganligidadir. Bu yuzadan Shveytsariya prokuraturasi tomonidan aybni tan olish va aktivlarni O‘zbekiston hukumatiga qaytarishga kelishilgan (chunki bu aktivlar ularning nomlariga rasmiylashtirilgan). 

Biroq Gulnora Karimova o‘z aybini tan olmaguncha  Shveytsariya hukumati bu aktivlarning musodara qilinishiga va pullarning O‘zbekistonga qaytarilishiga erisha olmaydi, chunki uning aynan o‘zi bu aktivlarning benifitsar mulkdoridir. Uning Shveytsariyadagi advokati tutqunlikda va keskin munosabat ostida Karimovadan bunday rozilikni undirish adliya normalarining buzilishini anglatishini aytgan. U, shuningdek, biroz vaqt avval ahvolini yumshatish evaziga u hamkorlikka rozi bo‘lishi ehtimoliga ishora qilgan edi. 

Aftidan, uning talablari bilan murosaga borish yo‘lida o‘zbek hukumati uni turmadan tag‘in uy qamog‘iga qaytarishgan. Kichik Islom Karimov esa u o‘zining barcha aktivlarini mamlakat ravnaqiga sarflashga tayyorligini bildirmoqda. Bu haqda u qaerdan eshitgani esa tushunarsiz. Axir anchadan beri ularning aloqalari uzilgan, singlisi Imon esa yaqinda O‘zbekistondan qaytgan edi», – deydi Alisher Ilhomov.  

Gulnora Karimova pullarini O‘zbekiston hukumatiga qaytarmaslik chaqiriqlari

2018 yilning mayida bir guruh faollar Gulnora Karimovaning G‘arb banklaridagi korruptsion aktivlarining mamlakat hukumatiga qaytarilishiga qarshi chiqishgandi.

Shveytsariya Tashqi ishlar federal departamentiga yo‘llangan xatida faollar Gulnora Karimova aktivlarini o‘zbek xalqi manfaatlari yo‘lida sarflash nazorati ko‘zlangan rejani taklif qilishgan edi. Faollarning iddaosiga ko‘ra, korruptsion pullarni ayni korruptsion hukumatga qaytarish noto‘g‘ridir.

Bu yerda gap 2012 yilgi tergovlardan so‘ng Shveytsariya prokuraturasi muzlatgan, Gulnora Karimov benefitsiari bo‘lgan Takilant LTD, Swisdorn LTD va boshqa offshor kompaniyalar bank hisob raqamlaridagi 800 million frank qiymatidagi aktivlar haqida ketyapti. 

Pullar korruptsion sxema asosida pul yuvilgani ochiqlanganidan so‘ng muzlatilgan edi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston hukumatining Gulnora Karimovaga qarshi bosimlari boshlandi va bu uning  qamoqqa olinishiga olib keldi. 
Faollarga ko‘ra, o‘zbek hukumati Gulnoraning Shveytsariyadagi aktivlarini imkon qadar tezroq O‘zbekiston hukumatiga qaytarishni rejalashtirmoqda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 april 2016
Faqat e'tibor berib, Xalq ta'limi vazirligining 2016-2017 o‘quv yilida 1-sinfga qabul qilinadigan o‘quvchilar va kasalligi tufayli yakka tartibda uyda ...
24 november 2020
Videoda Andijon shahri bozori maydoni, Qosimov ko‘chasidagi ahvol aks etgan. Siz video tomosha qilayotgan paytda, 24 noyabr kuni toza ...
1 november 2025
Rossiyada Karimov nomidagi hiyobonning paydo bo‘lishi birinchi noyabrga, boshqacha aytganda jodugarlar kuni – Hellouinga to‘g‘ri keldi. Moskva meriyasi shuningdek, ...
19 april 2022
O‘zbekistonlik huquq faoli  69 yashar A'zam Turg‘unovning uyiga 19 aprel kuni ertalab 9.00 lar atrofida tintuv o‘tkazish qarori bilan to‘rt ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...