Dayjest
19 march 2019

Nazarboev Zardushtga qarindoshmi?

Mayli, boshlab qo‘ydim endi, men ham xaypni davom ettiray.

Qozoqlarda urug‘chilik tizimi bugungi kunga qadar yaxshi saqlanib qolgan. Urug‘ mansubiyati qiz olish-berishdagina emas, balki davlat mansablarini egallashda ham muhim o‘rin tutadi. Ayni paytda hokimiyat tepasida Katta juz (uyshunlar) vakillari. Shu bilan birga, O‘rta juzning nayman urug‘i yaxshi pozitsiyalarni egallagan.

Ierarxiyaning oxirida esa Kichik juz (olchinlar) turadi. Asosiy neft manbalari ularning zonasida (Mang‘ishloq va Otrov viloyatlari), shunga qaramay, boyliklar, asosan, Katta juz qo‘lida. Buning natijasida 2011 yili Janaozen voqealari ro‘y bergandi.

Nazarboev esa Katta juzning shaprashti (chaprachti) urug‘idan. Qabilaviy ierarxiyada bu urug‘ eng quyida turishiga qaramay, Nazarboev davrida anchayin ko‘tarilib olgan. O‘z vaqtida saroy tarixchilari Elboshiga paxta qo‘yish maqsadida urug‘ tarixini o‘rganib, uning kelib chiqishini olis ming yilliklarga bog‘lab tashlagan edi (paxta qo‘yish Qozog‘istonda ham bor).

Masalan, o‘z vaqtida bir qozoq tarixchisi zardushtiylik dini asoschisi Zardusht (Zaratushtra) shaprashti urug‘idan kelib chiqqani haqidagi “genial” fikrni olib chiqqan edi. Zaratushtra ismining qozoqcha talqinini keltirsam, menimcha, kulgidan yiqilib qolasizlar: Jaratushы, ya'ni Yaratuvchi.

Mana shunaqa gaplar. Endi u dorulomon davrlar o‘tdi-ketdi, Zardushtni ham tinch qo‘yishsa kerak.

Eldar Asanov,
Telegramdagi «Asanov formati» blogeri

Tag‘in o‘qing
15 august 2025
O‘zbek mediyasida yangi «mo‘jizaviy» dori reklamasi urchidi. Milliy drama teatri aktyorlaridan tortib, bit tanimas blogerlar ham zo‘r berib Fitodiabetik ...
1 march 2021
Kuch tizimlari xodimlari tomonidan uyidan Andijon viloyatiga olib ketilib tergov qilingan yangi partiya tashabbuskori Xidirnazar Allaqulov 1 mart kuni ...
26 december 2015
O‘zResJKning firibgarlik va tovlamachilik moddalari bilan ayblov e'lon qilingan Ruhiyo Baitova Amnistiya Qaroriga asosan avf etildi va ozodlikka chiqarildi! ...
3 august 2020
O‘zbekistonning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha yangi kampaniyasi diqqat markazi mamlakatning paxtachilik sanoatini xalqaro boykot qilishga qarshi kurashishga qaratilgan, deya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...