Ko‘zqarash
27 march 2019

Prezident xalqdan nega himoyalanishi kerak?

Rasmdagi aël Estoniya prezidenti Kersti Kalyulayd. Myunxendagi konferentsiyada odamlar orasida o‘tirganida uni tanishmadiyam. U majlis zalida el qatori oddiy o‘rindiqda o‘tirardi.

Munozaralar paytida qo‘l ko‘tarib, savol bermoqchi bo‘ldi. Majlis moderatori unga qarab o‘zingizni tanishtiring, dedi. Bu zarifa aël o‘rnidan turib «Men Estoniya prezidentiman», dedi. Zalni yengil tabassum qopladi.

Bo‘lar ekan-ku devday tansoqchilaru shotirlarsiz yursa ham. Bir paytlar O‘zbekiston ham Estoniya ham bitta davlat a'zosi edik. SSSRdagi 15 respublikadan biri edik. Bugun Estoniya Yevropa Ittifoqi a'zosi va shengen tarkibida.

Lekin estonlar sovet davrida mustaqillik uchun faol kurashgan edi. Balki niyati yo‘ldosh bo‘lib shu kunlarga yetdimikin? Mayli, men uchun bu aël eng go‘zal siësatchi va nafosatu zakovat tajassumi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 june 2024
Eltuz portaliga kelgan murojaatlarni ochiqlashda davom etamiz. Ular O‘zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridan kelgan. Dastlabki videomurojaatni G‘ishtko‘prik ...
21 february 2019
Oliy sud raisining o‘rinbosari – ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov 21 fevral kuni o‘z ...
12 august 2025
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida hokimiyat migrantlar uchun mehnat cheklovlarini kuchaytirish siyosatini davom ettirmoqda. Endilikda ularga shaharda kurerlik faoliyati bilan shug‘ullanish ...
11 october 2016
Majburiy mehnat monitoringi bilan shug‘ullanayotgan «Qo‘rqmaslar» guruhi faoli Maloxat Eshoqulovaning eltuz.com muxbiriga bergan intervyusiga ko‘ra, ularni cho‘l zonasidagi «Qirlishon» ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...