Catira
3 february 2020

Gumondorni urib o‘ldirish IIBda tabiiy holatmi?

Qashqadaryo viloyatida 30 yanvar kuni Chiroqchi tumani IIB binosidagi gumondor o‘limi yuzasidan brifing bo‘ldi.

Ichki ishlar vaziri axborot xizmati rahbari Shohruh G‘iyosov o‘g‘irlikda gumon qilingan 32 yashar Yusuf Abdurahmonovning og‘ir qiynoq ostida o‘ldirilgani yuzasidan izoh berib, tergov idoralarida bunday hodisa odatiy narsa ekanini xotirjam ohangda ta'kidladi.

«Ichki ishlar organlari binosida odam o‘lishi yangilik emas. Bu tabiiy holat. Shunday bo‘lib kelgan ilgari ham. Chunki ayrim holatda odam o‘zining joniga qasd qiladi. Stress holatlarga tushadi. Yuqoridagi holatda ham shunday bo‘lgan», dedi mahalliy blogerlar va jurnalistlar oldida chiqish qilgan IIV rasmiysi.

«Eltuz» nashri 27 yanvar kuni Qashqadarë viloyati Chiroqchi tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining besh nafar xodimi gumonlanuvchini so‘roq paytida urib o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar bergan edi.

Brifingda ta'kidlanishicha, Chiroqchi tumani IIO FMBning ayrim xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan chetga chiqish») va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumondorlardan ikki nafariga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Shuningdek, ishga aloqador boshqa xodimlarga nisbatan tergov harakatlari olib borilayotgani ma'lum qilingan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 november 2021
Toshkent va Xorazmga saëhatim va ko‘rgazma haqida o‘zim hikoya qilsam. Turk ota so‘zida aytilganidek, «o‘ksiz o‘z kindigini o‘zi kesadi». ...
19 april 2018
Istanbuldagi Otaturk aeroportiga Toshkentdan uchib kelgan o‘rta ëshdagi o‘rangan o‘zbek aëli 5000 quti sigaretani yashirincha o‘tkazmoqchi bo‘lganida bojgirlar qo‘liga ...
11 january 2023
Toshkentdagi Lunacharskiy, 1-conli hukumat statsionari va Toshkent tashqarisidagi Do‘rmon oromgohi, 3 yanvardan 20 yanvargacha faqat hokimlarga xizmat qilish uchun ...
5 january 2023
Qadrli muxlislar. E'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning 2023 yilgi ilk sonini taqdim etadi.+++2022 yilda eng ko‘p tilga olingan o‘zbek vatandoshi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...