Asosiy mavzular
11 january 2023

Toshkentda hokimlarning «o‘lat paytidagi bazmi» davom etmoqda

Toshkentdagi Lunacharskiy, 1-conli hukumat statsionari va Toshkent tashqarisidagi Do‘rmon oromgohi, 3 yanvardan 20 yanvargacha faqat hokimlarga xizmat qilish uchun rezervatsiya qilingan.

Eltuzga bir-biridan mustaqil ikki manbaning aytishicha, o‘nlab hokimlar, xuddi Rossiya chinovniklari kabi, “mavlud zapoyiga sho‘ng‘ishgan”.

O‘zbek xonimlarining nozu karashmasidan charchagan hokimlarning Dubay va Turkiyadagi  yulduzi ko‘p mehmonxonalarga borib,  o‘ris natasha o‘ruspilar buyurtma qilib, «dam olaëtgani» haqida ham gap so‘zlar chiqdi.

(So‘nggi 30 yil davomida Rossiyadagi amaldorlar 31 dekabrda maishat qilishni boshlab to 13 yanvargacha ishga chiqmay, taralla bedod qilishadi. Bu yangi yil, eskicha va yangicha mavlud va ularnimng tabiiy tanballigi bilan qorishgan traditsiya) 

Keyingi paytda qiblasi Kreml bo‘lgan o‘zbek mulozimlari o‘ris nima qilsa nusxa ko‘chirib ëtibdi (Bu borishda Ukrainaga hujum qilishmasa bo‘ldi qizishib berilib ketib)

Mavzuga qaytsak. O‘zbekistonda yigirmaga yaqin bola doridan zaharlanib o‘lgan, gaz va svet yo‘qligidan odamlar mo‘risiz o‘choqqa ko‘mir ëqib, is gazdan o‘laëtgan va infratizilmalari vayron bo‘lgan mamlakatga anomal sovuq kelaëtgan bir paytda “hokim” deb atalgan yaratiqlar suruvi ish kuchni qo‘yib, maishat qilib o‘tirishi to‘g‘rimi? 

Ingliz so‘zligida «A Feast in Time of Plague» (“O‘lat paytidagi ziëfat”) degan idioma bor. Bu idioma o‘ris shoiri Pushkinning 1830 yilda bitgan «Pir vo vremya chumы» asari nomidan olingan.

«Holvani hokim yeydi, kaltakni yetim» degan maqol bu idiomaning o‘zbekcha variantidir. O‘lat paytidagi hokimlar ziyofati uchun byudjetdan bir milliard so‘m ajratilgan.

O‘zbekistonda 12 viloyat hokimi va 200 dan ziëd shahar va tuman hokimchalari bor. Bular holva yeydiganlar. Yetim kim unda? 35 millionlik o‘zbek xalqimi? Nega ular doimo kaltak yeyishi, xo‘rlanishi, sovuqdan dirdirashi va bolalari o‘lishi kerak? 
Nega?

200 ta hokimning natashalarga yuz dollarlik qistirib bachcha o‘ynatishi uchunmi? Eltuz ayni savollar javobini qidiradi. Bizni kuzatib boring! Kanallarimizga obuna bo‘lishni unutmang! 

@eltuz

Tag‘in o‘qing
17 june 2020
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani turg‘uni 40 yashar Saydullo So‘fiev IIBning ikki xodimi 16 iyun kuni qo‘lini qayirib, mashinaga bosib, ...
3 march 2016
Bugun trendga tahorat olish uchun jamoatchilik xojatxonalariga qo‘yilgan obdastalarning musodara qilinayotgani haqida xabarlar chiqdi. Rassom Elsevar o‘zbek hukumatining bozorlardagi ...
9 november 2021
O‘zbekiston rasmiylari mamlakatda afg‘on qochqinlari borligini rad etishmoqda. Huquq faollari esa, o‘z navbatida, ularning soni yuzlab ekanini aytishmoqda. Termiz ...
31 january 2024
U 1. Sharqda mash'al bo‘lgan, kondintsionerdan tortib harbiy uchoqqacha ishlab chiqariladigan yuqori sanoatli davlatni dunëga arzon ishchi kuchi yetkazib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...