Asosiy mavzular
7 may 2020

Barmoqlar

Qadimgi Rim arenalaridagi hayot-mamot janglarini eslaysiz-a? O‘qigandirsiz, kinosini ko‘rgandirsiz…

Tepada hayqirayotgan, to‘lqinlanayotgan tomoshabinlarni-chi?

Hozir hayot sahnasida ro‘y berayotgan voqea-hodisalar ana shu omonsiz janglarga o‘xshasa, ularga OAVning turli shakllarida munosabat bildirayotganlar tomoshabinlardir, ya'ni sizu bizdirmiz.

Yaxshi bilasiz, jangda g‘olib bor, mag‘lub bor.
G‘olib mag‘lubni yer tishlatib, tepaga – tomoshabinga ko‘z tikadi. Tomoshabin esa bosh barmog‘ini ko‘kka yo yerga qaratib, mag‘lub taqdirini hal qiladi.

Ko‘pincha tomosha yanada qiziqarliroq, yanada esda qolarliroq bo‘lishi uchun tomoshabin bosh barmog‘ini yerga tikadi va bu harakati bilan mag‘lubga o‘lim hukmini o‘qiydi. G‘olib oyog‘i ostida yerparchin bo‘lib yotgan mag‘lubning bo‘g‘ziga tig‘ tortib, ko‘ksiga nayza suqib, qonini oqizadi. Sharillab oqayotgan qonni ko‘rib tomoshabin junbishga keladi…

Ko‘rinishidan arzimagan bir harakat qilindi: bitta barmoq shundoq pastga qaratildi. Bo‘ldi, tamom! Lekin shu bitta barmoq bilan bir inson qismatiga yakun yasaldi. Ammo u barmoq insonga hayot bag‘ishlashi ham mumkin edi…

Nazarimda, hozir ham deyarli hech nima o‘zgargani yo‘q: barmoqlarimiz klaviatura ustida tinmay harakatlanmoqda. Harakatlanib, kimgadir hayot, kimgadir esa o‘lim hukmini chiqarmoqda: chiq, chiq, chiq…

Biz esa tomoshaga o‘chmiz! Oh, naqadar o‘chmiz biz tomoshaga!..

Ulug‘bek Hamdam

(2020 yil 7 may)

Tag‘in o‘qing
20 november 2017
Bu yil o‘zbek futboli uchun navbatdagi og‘ir yil bo‘ldi. Shuncha ko‘tar-ko‘tarlar bilan terma jamoa yana jahon chempionatiga chiqa olmadi. ...
23 april 2023
Yaxshiyam, o‘sha qurib- qaqshagan dengizimiz bor. «Orol quridi», deya 30 yildan beri gapirishga mavzu bor. Yana bir 30 yillik ...
27 january 2020
Bugungi zamondagi o‘zbekning qo‘llari qarsaklardan qavarmaydigan bo‘lib ketdi. Aslida ilgari ham millatimizning qo‘li qarsaklardan qavarmagan.  Inqilobgacha bo‘lgan davrda xalqimiz ...
2 november 2015
Ulug‘bek Ashur Eltuz.com Olingan ma'lumotlarga qaraganda ularga diniy ekstremizm, noqonuniy adabiyotlarni tarqatganlik va IShIDga aloqadorlik kabi ayblari qo‘yilmoqda. Ichki ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...