Asosiy mavzular
25 june 2020

«Sehrgar» Akmal Saidov haqida

​​Xalqaro press-klubda matbuot anjumani bo‘lib o‘tibdi, unda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov bunday gaplarni aytib o‘tibdi:

«Xodimim Andijonga bordi. Marhumning oilasida bo‘ldi. Oila a'zolari undan nimani so‘rashganini bilasizmi? «Bizni blogerlar qiynab yuborishdi. Bizning qayg‘umizdan ular nima qilishmoqchi ekanini bilasizmi? Nima qilishmoqchi ekanliklarini bilmaymiz. Bizlarni blogerlardan himoya qiling». Bu marhum oila a'zolarining so‘zlari».

Men shaxsan Akmal Saidovni bir necha o‘n yillar davomida g‘arbni ko‘zi uchun yo‘q narsalarni bor qilib, bor narsalarni yo‘q qilib kelgan «yuridicheskiy sehrgar»lardan biri, deb bilaman.

O‘sha mash'um Jasliqni g‘arbga bolalar oromgohi kabi ko‘rsatishga urinishlaringizni bilamiz. O‘zbekiston bolalar mehnatidan foydalanilmasligini jahl bilan gapirganingizni o‘sha paytda noyabr oyida paxta dalasida qo‘llari sovqotgan bolalar paxta bilan band bo‘lib o‘qishmagan bo‘lsa-da, biz o‘qiganmiz.

Agar blogerlar bo‘lmaganida o‘sha Andijondagi keysning qopqog‘i yopiqligicha qolib ketardi, deb ham ishonaman. O‘sha marhum yigit oila a'zolarining «shu videoni chiqarib beringlar», deb o‘zlari yozgan gaplarining skrinlari ham bor.

Balki ular rostdan ham shunday gap aytishgandir, bezor bo‘lishgandir savollar bera boshlagan blogeru jurnalistlardan. Ammo ishni ommaga yoyar ekansan, oxirigacha turib berishni ham o‘ylash kerak.

Umuman, Akmal Saidovning ushbu dahshatli ishga aloqador nutqida alohida urg‘u berib blogerlarni qoralab o‘tib ketishi bir nechta savollar qoldirib ketyapti.

Blogerlar blogerlik qilsa maylimi, Akmal Saidov?

Nurbek Alimov
Ijtimoiy media blogeri

Tag‘in o‘qing
5 july 2024
RT: Mana azizlar bir oylik o‘tpuskadan qaytib yana siz bilan suhbatdaman.  MS: Og‘o nichiksiz. Nerlara bordingiz. Qidirishmo zo‘r bo‘ldimi? ...
26 october 2020
Ko‘raëtganingiz Afg‘oniston ëki Somalidagi maktab emas. Bu 2020 yilning oktyabr oyida o‘zbek o‘quvchilari ta'lim olaëtgan maktab.  Ijtimoiy medianing o‘zbek ...
22 october 2021
Hafta o‘tib yana siz bilan ko‘rishish nasib etdi. Mag‘rursiz, masrursiz va orangizda hayotga maftun, sevgidan majnun kishilar bor.   Bugun men 24 ...
22 may 2017
21 may kuni prezident Mirziyoev Riyod shahridagi uchrashuvida O‘zbekistonda xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi tuzish bo‘yicha memorandumni imzoladi. Saudiya Arabistonida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...