Asosiy mavzular
17 august 2021

Afg‘onistondagi rejim almashuvining O‘zbekistonga xavfli ta'siri

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarning O‘zbekistonga ta'sirini bunday izohladi:

«Men uchta asosiy nuqtani ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim.

1. «Tolibon»ning O‘zbekiston hududiga bostirib kirish xavfi bormi?

Menimcha, bu tahdid nolga yaqin. «Tolibon» qo‘shnilarining suverenitetiga tajovuz qilmoqchi emasligini bir necha bor bildirgani uchungina emas.  Hokimiyatni o‘z qo‘liga olgach, ular davlat hokimiyati partiyasi maqomidan kelib chiqqan holda yangi mantiqqa amal qilishlari kerak bo‘ladi. 

Ha, ular endi davlat, shuning uchun bir qator yangi majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishlari kerak bo‘ladi.  Eng avvalo, ularning asosiy vazifasi xalqaro legitimlikka, ularning suveren davlat sifatida e'tirof etilishiga erishish bo‘ladi.

Shuning uchun (o‘z g‘oyalariga xilof bo‘lmagan tarzda) tajovuzkor harakatlari uchun yanada ko‘proq ayblanish va izolyatsiyaga tushib qolmaslik uchun barcha ishni qilishadi. 

Ikkinchidan endi ular iqtisodiy vaziyat va aholining turmush darajasi uchun javobgarlikni o‘z zimmalariga olishlari kerak bo‘ladi.  Shu nuqtai nazardan, shimoliy qo‘shnilar bilan iqtisodiy hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, jumladan, transport yo‘laklari, elektr energiyasi, gaz va neft yetkazib berish masalasida manfaatdor bo‘lishadi.

Shu ma'noda «Tolibon» hukumati bilan hamkorlik istiqbollari avvalgidek qoladi. Qolaversa, agar toliblar butun mamlakatda qonuniylik va tartibni o‘rnatishga muvaffaq bo‘lsalar, iqtisodiy hamkorlik istiqbollari faqat yaxshilanadi. 

Lekin yuqorida aytilganlar O‘zbekiston uchun hech qanday xavf yo‘q degani emas. Xavf shundan iboratki,  uning janubiy qo‘shnisi endilikda eng qat'iy shariat qonunlari bilan boshqariladigan mamlakatga aylanib,  shu tariqa yurtimizda islomiy kayfiyatni qo‘zg‘atishi mumkin. Bundan tashqari, Abror Muxtor Ali kabi mahalliy xamirturushli «toliblar» musulmonlarning muayyan bir qismi orasida tanilgan.

Jamiyatning ayni qismi Afg‘onistonda toliblar o‘rnatayotgan tartiblardan faqat ilhomlanadi.  O‘zbekiston hukumati esa bu fikrlarga haddan ziyod zid kelishdan qo‘rqadi. Shu bois, manaviyatchilik va uyatchilik ruhidagi konservativ mafkurani singdirish tendentsiyasi faqat kuchayadi,  bundan esa ayollar huquqlari va yoshlarning erkinlikni sevuvchi qismi ko‘proq zarar ko‘radi. 

3.  Yana bir xavf bor. «Tolibon» ochiqchasiga (va aftidan, AQSh bilan muzokaralarida) o‘z hududida xalqaro jihodchi tashkilotlar tuzilishiga yo‘l qo‘ymaslikka va'da bergan.  Ular haqiqatan ham Afg‘onistondan IShID bo‘linmalarini siqib chiqarib, bu majburiyatni bajarishga harakat qilishadi. 

IShID a'zolari qaerga borishlari kerak, ayniqsa, ularning safida mamlakatlarimiz fuqarolari bo‘lsa? Ulardan ba'zilari Markaziy Osiyo davlatlari hududiga kirishga harakat qilishlari mumkin, kichik bo‘lsa ham.  Shu bilan birga, ularning Afg‘onistonning Turkmaniston va Tojikiston bilan chegaralari orqali mintaqaga kirib borish ehtimoli ko‘proq”.

Tag‘in o‘qing
11 february 2022
Aziz va mukarram, har biri duru javohirlar kabi qadrlilarim. Mabodo xafa bo‘lib, g‘am-g‘ussaga botgan, ishingiz yurishmagan bo‘lsa, boshlagan ishingizdan ...
7 january 2017
Ijtimoiy tarmoqda yangi yil kuni qorqiz kiyimini kiygan bola va uning sherigi kechirim so‘radi Bundan ilgari yangi yil kuni ...
13 december 2023
“Biz tomonlarda “ko‘cha bolalari”ni “bosslar” deb atashadi. Ular ehtiyojmand o‘smirlar va yigitlarni yollab yoki qo‘rqitib, tarkibida oltin bo‘lgan ma'dan ...
22 july 2022
Amerikada «Gazeta tog‘i» degan cho‘qqi bor. Bir paytlar hindu qabilalari shu cho‘qqi toshlariga o‘z kechmishlarini rasm chizib izhor qilib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...