Anons
19 february 2023

Rassom Tuz: Soatlarni sozlash instituti

Bugun arxivlarni titar ekanman ëzuvchi Abdulla Qodiriyning o‘smonli adabiëtini muntazam o‘qigani va ilk turk ro‘mon ëzari Shamsiddin Somiydan ta'sirlanganligini bildim.

Asnoda Qodiriy mansub bo‘lgan millatning ësh bo‘g‘ini o‘qishi kerak bo‘lgan 10 ta turk ro‘monini tavsiya qilish istagi tug‘ildi.

1. “Tal'at va Fithat sevgisi” (‘Taaşşuk-ı Tal’at ve Fitnat’). Bu asar turk tilida ëzilgan ilk ro‘mondir. Ilk turk ro‘mon ëzari Shamsiddin Somiy bu kitobni 1872 yili ëzgan. Asar frantsuz ro‘monchiligining eng yaxshi qirralariga taqlidan ëzilgan. Hissiëtlarga boy ro‘mon.

2. “Sentyabr” («Eylül»). Bu ro‘mon ham o‘qilishi zarur asardir. 1901 yili ëzilgan bu ro‘mon muallifi – Mahmat Rauf. Ilk psixologik turk ro‘moni bo‘lgan “Sentyabr” asarini eskirmaydigan va doimo dolzarb deya baholagan bo‘lardim. Yengil satira va mutoiba bilan ëzilgan ro‘monda jiddiy mujdalar bor. Bu mujdalardan biri¸ balki asosiysi – g‘arbcha yashash¸ modernizm¸ dunëviylik kabi jadid qadriyatlaridir.

3. “Ijaraga beriladigan uy” («Kiralık Konak»). 1922 yili bu asarni Ëqub Qadri Qorao‘smono‘g‘li ëzgan. Bu asarda jamiyat bir formatdan ikkinchi formatga o‘tish chog‘ida kishilarning ruhiy o‘zgarishi haqida hikoya qiladi. Sovet davrida yashab mustaqillik davrida qiynalgan ëshi kattalari biladi bu muammoni.

4. “To‘qqiznichi jarrohlikdagi palata” («Dokuzuncu Hariciye Koğuşu»). Safo Paëmiy tarafidan 1930 yilda ëzilgan ro‘mon. Asar qahramoni 13 yashar kasal bola. Ro‘mon vujud va ruh dialogi o‘laroq o‘qiladi.

5. “Soatlarni sozlash instituti” («Saatleri Ayarlama Enstitüsü»). Ro‘mon 1961 Ahmad Hamdiy Tongpinar tarafidan ëzilgan. Birinchi turk modernist yozuvchisi Tongpinarning shox asari. U mutafakkir sifatida turk intellektual olamiga ulkan hissa qo‘shgan. “Soatni sozlash instituti” romani 200 yildan buyon turk madaniyatining muammosi bo‘lgan Sharq va G‘arb o‘rtasidagi ziddiyat asosida yaratilgan ajoyib allegorik asardir. Soatni sozlash instituti, shubhasiz, turk adabiyotidagi eng kuchli romanlardan biridir. Rivoyat, Ahmet Hamdi Tanpinarga xos ramziy taqdimot uslubi bilan uyg‘unlashib, voqealar rivoji bilan o‘zgaradi. Romanda odamlar mashhurlik va pulga katta ahamiyat berishlari va odamlar qanday qilib birdaniga o‘zgarishi mumkinligi ta'kidlanadi.

6. “Quyijaqli Yusuf” («Kuyucaklı Yusuf) 1937 yili Sabaxattin Ali ëzgan ro‘mon. Asarda qishloq va shahar o‘rtasidagi ziddiyat tilga olinadi. Sabahattin Alining romanida shahar va qishloq hayoti bir shaxsning ichki dunyosi, yolg‘izligi va qadriyatlari prizmasi orqali ko‘rsatiladi. Asarda shaharda faxriy fuqarolar tomonidan o‘rnatilgan adolatsiz tartib va byurokratiya tanqid qilinadi. Asar turk adabiyotida ijtimoiy qo‘zg‘olon va “aslzoda qaroqchilar” – eshkiya – har qanday jinoyat sodir etib, qo‘lida qurol-yarog‘ bilan tog‘larga chiqib, ta'qibdan yashiringanlar mavzusini ochib bergan ilk roman bo‘ldi. Asar trilogiyaning bir qismi bo‘lishi kerak edi, ammo muallif o‘z rejasini amalga oshirishga ulgurmadi.

7. “Oriq Mamat 1” («İnce Memed 1») 1955 yilda nashr qilingan. .“Oriq Mamat ” – Yashar Kamolning muhtasham “dostoni”. Turkiy tilning muhtashamligi, tuyg‘u va ishtiyoq uyg‘otuvchi syujeti bilan hamisha kitobxonlar ongida alohida o‘rin tutib kelgan. Yozuvchiga 32 yil vaqt ketgan to‘rt jildlik “Oriq Mamat” romani Chukurovada yashovchi, rejimga qarshi isyon ko‘targan Mamat haqida hikoya qiladi. Kitobda odamlar o‘rtasidagi munosabatlar, bu hududning tabiati va ranglari tasvirlangan. Yashar Kamolning o‘zi ta'biri bilan aytganda, bu «ichida norozilik hissi bilan tug‘ilgan» inson haqidagi romandir.

8. “Onayurt mehmonxonasi” («Anayurt Oteli»). 1973 yilda Yusuf Otilgan tarafidan ëzilgan. Syujet bosh qahramon (hatto, yagona qahramon deyish mumkin) Zeberjetning munosabatiga asoslangan. Zeberjetning ichki dunyosi va uning o‘z joniga qasd qilishi tahlili. Bu kitob turk adabiyotida alohida o‘rin tutadi. 1986 yilda kinochi Omer Kavur kitob asosida xuddi shu nomdagi filmni suratga oldi, u asarning o‘zidan kam mashhur bo‘lmadi. Roman tunda Anqaraga kechikkan poezdda mehmonxonaga kelgan xonimning ertasi kuni qaytib kelishga va'da berib, uni tark etishi bilan boshlanadi. Bu tashrif Zeberjetda «haqiqiy sevgi tuyg‘usini va u bilan yashashi mumkin bo‘lgan ayolga ega bo‘lish istagini» uyg‘otdi.

9. “Davlat ona” («Devlet Ana”) Ko‘p muhokama qilingan yozuvchi Kamol Tohirning eng muhim romani hisoblangan «Davlat ona» asari 1968 yilda TDK (Turk dil qurumi. Turk tilini rivojlantirish idorasi) mukofotiga sazovor bo‘ldi. “Davlat ona” tarixiy romani tezisli roman bo‘lgani uchun ham tanqidga uchradi. Lekin, nima bo‘lishidan qat'iy nazar, “Davlat ona ” turk adabiyotida jiddiy iz qoldirgan va muhokama qilinadigan muhim asardir.

10. “Qora kitob” Nobel mukofoti sovrindori O‘rxon Pamukning durdona asaridir. “Qora kitob” asariga qarshi Turkiyada kamida o‘nlab tanqidiy maqola va kitoblar yozilgan. Kitobda Istanbul dunyo miqyosidagi adabiy shahar, ertak, tarix, tirik mavjudot sifatida ko‘z oldimizga ko‘rinadi. Sharqona hikoya qilish uslubi har bir insonni, binoni, voqeani shahar hayoti aks etgan surat matosiga kiritadi. Bularning barchasini hisobga olsak, roman turk adabiyotida mustahkam o‘rin egallaydi va albatta o‘qishga arziydi.

Bu 10 kitobni albatta o‘qing deb tavsiya qilaman. 

Rassom TUZ

Tag‘in o‘qing
18 september 2017
Uylandingmi tamom, bir yildan keyin farzand ko‘rmasang «bir balosi bor bularning» kabi tavqi la'natni quchoqlaysan. Mana dopustim, tasavvur qiling ...
30 december 2025
Albert Eynshteyn O‘zbekistondan Parijga kelgan raqqosaning qo‘l ro‘moliga ëzgan formula nima edi? Bu formula vaqt tuynugi borligini ko‘rsatuvchi eng ...
8 january 2017
Shavkat Mirziyoev ikki kuyovini hayotlaridagi eng yirik yangi yil sovg‘asi bilan siyladi. Katta kuyov Oybek Tursunov prezident ma'muriyati rahbari ...
9 august 2021
Rassom Kirpi
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...