Ko‘zqarash
17 may 2023

Rassom Tuz: Pompeyaning oxirgi kuni

Bundan 10 yilcha oldin Pragada darë toshib, uylarni g‘arq qiladi degan gapni ofatdan bir kun oldin aytishdi. Qiziq tuyg‘u edi bu. Mana darë. Mana uylar. Mana shahar. Hali falokat yuz bermadi. Lekin yuz berishi aniq. Faqat odamlarni evakuatsiya qilishdi. Tabiiy ofat baribir kelishi va uylarni g‘arq qilishini bilish va bunga qarshi hech narsa qila olmaslik hissini yashadi shahar. Bu ofat oldidagi ilojsizlik edi. 

Bugun aljiragan savodsiz mullalar ketida yuguraëtgan O‘zbekistondagi olomonni ko‘rib, bu mamlakatning ertaga chuqur falokat ostida qolishi, hozirgi Afg‘onistondan battar radikalizm botqoqiga botishini aniq bilib turibman. Tabaqalashishi barobarida astronomik darajada ong va tafakkurdan mosuvo bo‘lgan maymunlar galasiga aylanmoqda butun bir xalq. Kecha Eltuz Bosh muharriri Qudrat Bobojon bir gap aytdi: «1990 yilda ektrasens Aanatoliy Kashpirovskiy O‘zbekistonga kelib, bularni afsun qilib, miyasi ishlamaydigan bir xujayrali amëbalarga aylantirib ketgan». Gapning bo‘ladigani shu. Bu mamlakatning oti o‘zmaydi. Xalqi farovon bo‘lmaydi. Savodsizlik ënida esa vaxshiy jaholat keladi. 

Cho‘lda to‘rt o‘zbek bir xotinni quvalab yurgan videosini ko‘rdik. Bu bir ishorat. Xamir uchidan patir. Ertaga bundan battar bo‘ladi. Buni bilib turib, bu ofatga qarshi turolmaslikdan odam dahshatga tushadi. Bundan 10 yilcha oldin Pragada bo‘lgani kabi odamlarni ofat zonasidan evakuatsiya qilish mumkin. 

Bu ofatni oldindan sezganlar bor budini sotib, Meksika cho‘llarida AQShga o‘taman deb, sargardon yuribdi. Keyingi 4 oyda Rossiyaga ketaëtgan o‘zbeklar oqimi chandon kattaygan. Yerni jinsiy olatiga bo‘lsa ham ketishga tayër odamlar. Rahbarlarning deyarli hammasi G‘arb va AQShda¸ Turkiya ëki Dubayda xovli-joylar sotib olib, zapasnoy aerodromni tap tayër qilib qo‘yibdi. Chexiya kadastrini qarasangiz, o‘zbek vazirlari familiyasi bilan bir xil bo‘lgan ismlar nomiga olingan villalarni ko‘rasiz. Kemaga tushganni joni bir emas. 

Kimlardir mamlakatni g‘arq qiladigan jaholat qurboni bo‘lib, zombilandda yashashga mahkum. Sharqdagi ilm mash'ali bo‘lgan O‘zbekistonning diniy tanazzul botqog‘iga o‘ta katta tezlikda cho‘kaëtganini ko‘rib turish unchalik ham maroqli tomosha emas. Matnga ilova qilingan rasm «Pompeyaning oxirgi kuni» deb ataladi.

@eltuz2022

Tag‘in o‘qing
25 june 2019
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining «Qurol to‘g‘risidagi qonun»ni ma'qullashi ortidan tarmoqda ayni qonun tarafdorlari va qarshilar o‘rtasida bahs qizidi. «Shaxsiy ...
10 october 2022
Samarqand shahrida yashovchi Safarov Aminjonni bolg‘a va tesha bilan urib o‘ldirib murdasini uning Spark avtomobiliga qo‘shib yoqib yuborgan jomboylik ...
24 november 2016
Bugunga kelib Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali yechilayotgan muammolarning aksariyati nihoyatda jo‘n va mayda masalalar ekani ayon bo‘lib qolmoqda ...
9 november 2025
Kiplingning Maugli asarida javohirlar to‘la sandiqchaga kim ega bo‘lsa, o‘sha kimsa doimiy ta'qib va diqqat markazida qolganiga oid sahna ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...