AQSh Markaziy Osiyo uchun xavfsizlik soyaboni bo‘la oladimi?
Kiplingning Maugli asarida javohirlar to‘la sandiqchaga kim ega bo‘lsa, o‘sha kimsa doimiy ta'qib va diqqat markazida qolganiga oid sahna bor.
So‘ngi 20 kun ichida Avstraliya, Malayziya, Tailand va Yaponiya bilan nodir metallar sohasida qator bitimlar imzolagan AQSh Prezidenti Donald Tramp endi ko‘zini O‘zbekistonga tikdi va u o‘zbek rahbarini Vashingtonda yuqori darajadagi sammitda qabul qildi.
O‘zbekistonda yirik, hali to‘liq o‘zlashtirilmagan nodir yer elementlari zahiralari mavjud. Bu nodir mujavharlar AQSh milliy xavfsizligi uchun muhim deb hisoblanadi.
Amaliy tashrif paytida O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida imzolangan ikki bitimga diqqat qaratsak.
O‘zbekiston Geologiya vazirligi va Denali Exploration Group kompaniyasi o‘rtasida noyob yer elementlari ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitim va O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Re Element Technologies kompaniyasi o‘rtasida noyob yer metallari sohasidagi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik bitimi.
Bu ikki bitim O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida yangi hamkorlik davri boshlanganidan va bundan buën O‘zbekiston AQSh himoya shamsiyasi ostida ekanligidan jiddiy dalolat.
Bundan tashqari sun'iy intellekt, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish, Boeing samolyotlari va paxta savdosi bo‘yicha hamkorlik boshlandi.
1. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Flowserve kompaniyasi o‘rtasida nasos stantsiyalarini modernizatsiya qilish bo‘yicha kelishuv;
2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Valmont Industries Inc kompaniyasi o‘rtasida suvni tejovchi zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kelishuv;
3. Raqamli texnologiyalar vazirligi va Palo Alto Networks kompaniyasi o‘rtasida sun'iy intellekt sohasida hamkorlikni kengaytirish to‘g‘risidagi bitim;
4. UzAirways va Boeing kompaniyalari o‘rtasida samolyotlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
5. Atacrop va Luis Dreyfus Company o‘rtasida soya donlari va shrot yetkazib berish bo‘yicha shartnoma;
6. «O‘zsanoateksport» va Cargill kompaniyasi o‘rtasida paxta yetkazib berish bo‘yicha shartnoma.
Yettinchi va sakkizinchi kelishuv «Nodir mujavharlar» haqida edi.
Rassom Tuzdan bayt budir:
Boyman deb borimni o‘rtaga qo‘ydim
Sanduvoch qushimni sen uchun so‘ydim
Bu kichik bitikni ëzuvchi Kipling asariga ishorat bilan boshlagandim. «Kunchiqar va kunbotar hech qachon bir biri bilan uchrashmaydi» deb ëzgandi Kipling. Bu ëzuvchi yashagan yigirmanchi asr uchun to‘g‘ridir balki. Lekin g‘or davridan to bugunga qadar barcha manfaat uchun bir-biri bilan uchrashib keladi.
AQShga nodir minerallar kerak. O‘zbekistonga esa Rossiya ayig‘i oshqozonidan o‘rin olmaslik va Xitoy ajdarhosi olovida kuyib ketmaslik uchun ximoya zontigi kerak. Hozirgi mavjud reallik shu. Izi yaxshilik bilan tugasin.
Mendan oytsh
Chao pompidu, avuf vi der zeyn kurva bilat kokain.
Rassom Tuz sahifasidan
