Ko‘zqarash
25 september 2023

Rassom Tuz: Tezak tezakdan nari tushmaydi

Jonibek degan ovqat eltuvchining AQShda klient xotinnig emchagini ezg‘ilagani uchun qamalib, 20 ming do‘llar ishtrap to‘lagani haqida ëzdim. Tagidagi izohlarda «o‘zbeklar hozir aynidi, ilgari bundaychikin ishdi qimasdi,» deb ëzishdi.

Endi gapni ochig‘ini aytay: yuz yil oldin bachcha qië boqsin deya «yaqo yirtgan» el bu. Ismidan ot hurkadigan ëzg‘uvchi boboylarning Do‘rmonda shairkalarni «ustida ishlaganini» o‘sha Do‘rmon bog‘idagi daraxtlar ham eslaydi.

Kinoda «superkelinchak» rolini o‘ynash uchun kamida ikki soat ezg‘ilanib, jinsiy toptalish joizligini lyuboy «ati chiqqan» o‘zbek aktrisasi biladi. Aslida O‘zbekistondan boshqa mamlakatlarda sahnada ijod qiladigan artistlarga hurmat bilan qaraladi. Masalan, Germaniyadagi kontsert zaliga tomoshabin sifatida artist kirib kelsa, odamlar hurmat qilib o‘rnidan qalqib, xush tavoze bilan olqishlaydi. Lekin ministr ëki kantsler kirib kelsa, «itmisan eshakmisan» deyilmaydi. Buning otini san'atga hurmat desak bo‘ladi.

O‘tkan asr oxirida Tojikistonda juda talantli qo‘shiqchi Muqaddas Nabieva ijod qilgan. Bevaqt olamdan o‘tkan bu ijodkor o‘z qadrini bilgan san'at arbobi edi rahmatli. Shu qo‘shiqchi O‘zbekistondagi kolxoz-sovxozlarda gastrolda yurgan. O‘sha davr tutumiga ko‘ra kontsertdan keyin kolxoz raisi artistlarga ziëfat bergan. O‘shanday ziëfatlardan birida Stalin nomli kolxoz raisi hozir osh yegan ëg‘li qo‘li bilan ënida o‘tirgan san'atkor Muqaddas Nabieavaning sonini silamoqchi bo‘lgan. «Tort qo‘lingni,» deya siltab tashlangan rais gapni askiyaga burib, «endi biz xo‘rozmiz», deb maqtangan.

(Urush paytida hamma erkaklar frontga ketganda uyda qolgan kelinchaklarni bitta rais jinsiy ehtiëjini ta'minlab yurganiga ishora edi bu)
O‘zbekchani yaxshi bilgan qo‘shiqchi Muqaddas Nabieva: «Senga o‘xshagan xo‘rozlarni ko‘tiga cho‘p tiqib, donasi besh tiyindan Xo‘jand bozorida sotishyapti,» deydi.

Bugun Rossiyada ësh go‘daklar va kampirlarni zo‘rlaëtgan, AQShda seksual harrasment uchun qamalaëtgan o‘zbeklar o‘sha raisn toifasidagilarning avlodlaridir.

Tezak tezakdan nari tushmaydi.

Tag‘in o‘qing
12 august 2017
Suronli 2015 yil, dengiz tubidagi mayda toshlarni ham ko‘ra oladigan g‘avvoslar ham paxtaga olib chiqilgandi. Xademay tag‘in terim boshlanadi, ...
7 november 2018
Qo‘shko‘pir tumani hokimligidagi tungi majlisni yoritmoqchi bo‘lgani uchun yetti sutkaga qamalib, 5 noyabr kuni ozodlikka chiqqan urganchlik 47 yashar ...
24 december 2021
O‘zbekistonlik sharqshunos olim, marhum Andrey Kubatinning opasi Klara Saxarova 16 dekabr kuni Toshkent shahri Uchtepa sudiga apellyatsiya shikoyati topshirdi. ...
14 september 2020
O‘zbekistonda 14 sentyabrdan boshlab ayrim maktablar an'anaviy tarzda navbatdagi o‘quv yilini boshladi. Toshkent shahri xalq ta'limi boshqarmasining xabar berishicha, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...