Ko‘zqarash
15 november 2023

Rassom Tuz: Suriyaga borib qolgan ayollar vaziyat qurbonimi?

Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli.

Moskva, Seul, Istanbul va Pragada diniy fanat o‘zbek aëllarining ham onlayn, ham oflayn klublari bor. Ular ongli ravishda o‘zlari nazaarida to‘g‘ri deb bilgan g‘oya uchun o‘lishga, o‘ldirishga ëki mujohid erkaklarga xotin bo‘lishga tappa-tayër.

Shu ma'noda ularni «bilmasdan Suriyaga borib qopti» deb xaspo‘shlash noto‘g‘ri.

Yunisefning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade gazeta.uz-ga bergan intervyusida Suriyadagi lagerlarda yana ikki yuzga yaqin o‘zbekistonlik bola va xotinlar vataniga qaytarilishini kutayotgani haqida bildirdi.

Mamedze nazarida Suriyadagi jangarilar safida urushgan o‘zbekistondik erkaklarning bolalari va ayollari vaziyat qurbonidir.

Mamadzening bu gapi qisman to‘g‘ri. Bolalar – vaziyat qurboni hamda vaziyat hosilasi.
Ammo ëshi 18dan oshgan, ko‘p hollarda oliy ma'lumotli xotin-qizlarning uchta-to‘rtta davlat oshib, Suriyadagi jang maydonida ular ta'birida, «kofirlarni o‘ldirish uchun» ketishi bu ularning anglangan siësiy qaroridir.

Bu qaror uchun ular zimmasida katta mas'uliyat bor. Bu holda ularni «bilmasdan odam o‘ldirib qo‘yibdi» deyish huquqiy nigilizm tupigini hosil qiladi.

O‘zbekiston 2019 yildan boshlab o‘tkazilgan “Mehr” deb nomlangan beshta amaliyot doirasida Suriya, Iroq va Afg‘onistondan 531 nafar ayol va bolani O‘zbekistonga qaytargan edi.

Eltuz tasarrufidagi ma'lumotga ko‘ra katta byudjet puli evaziga qaytarilgan xotinlardan ba'zilari aylanma yo‘llar bilan Misrga borib, diniy fanatizmga fidokorlikni davom qildirmoqda.

Bukrini go‘r tuzatadi. Bu shunchaki o‘zbek maqoli.

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
11 january 2016
“Huquq” nashrining yozishicha, besh farzandning onasi Xolida Zaripova, Sharifjon Burxonov shaxs bilan shar'iy nikoh asosida yashab kelgan. U oltinchi ...
18 march 2022
Mana yana xafta aylanib, siz bilan yuzma yuzman. Bu xafta ichida butun  taraqqiyparvar dunë Rossiya bosqiniga qarshi mardonavor kurashib ...
5 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Andijon, Surhondaryo, Toshkent va O‘zbekistonning Qozog‘iston hamda ...
15 september 2020
Shveytsariya va O‘zbekiston marhum prezidentining qizi Gulnora Karimovaning musodara qilingan aktivlarni rasmiy Toshkentga qaytarish to‘g‘risida bitim imzoladi. Xabarlarda aytilishicha, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...