Asosiy mavzular
6 april 2024

Rusparast o‘zbek kinosi raxbari kasofati

Bugungi kunda rus propagandasi faqat rus telekanallari orqali berilyapti degan odam qattiq yanglishadi, chunki propaganda manbasi bizning ichimizda, bizni yemirib bormoqda. SSSRga nostalgiya, Putinga sig‘inish, ruslarni ulug‘lash g‘oyalari faqat Rossiyadan turib qilinmayapti, moliyalashtirilmayapti, bugun ichimizdagi ayrim rusparast vallomatlarning xavfi O‘zbekistonga kattaroq tegmoqda.

Yaqqol misol – bu MTRK va Kinochilar agentligi. MTRK haqida-ku doimiy yozib bormoqdamiz, bugun kinochilar haqida gaplashamiz. (P)

Ma'lumli, kinochilar boshida Firdavs Abduxoliqov turibdi, butun sanoat shu odamning qo‘lida bugun.

Uning ashaddiy rusparastligi O‘zbekistonga qanchalik qimmatga tushadi?

Keling buni baholab ko‘ramiz. (P)

U kelgandan so‘ng nimalar qilindi?

Eng avvalo, kelishi bilan Agentlik nomidan “O‘zbek” so‘zi olib tashlandi.

Shuning o‘zi uning qanchalik rusparastligiga yaqqol misol. Filmlarni, ayniqsa tarixiy filmlarni rusparast g‘oyalar bilan sug‘ordi.

Oddiygina “Avloniy” filmini olaylik, u yerda ham ruslar armiyasi, rus diplomatiyasi Avloniy fonida ulug‘lanib ketilgan, filmda jadidlarning, xususan, Avloniyning o‘rni umuman yo‘q.

Zamonaviy filmlarda ham “Katta og‘a”ga qulluq qilish zo‘rma-zo‘raki tiqishtirib o‘tiladi.

“Baron 2” filmi keskin tanqidlarga uchradi. Nima uchun? Filmda rusparastlik yaqqol targ‘ib qilingan, rus razvedkasini ulug‘lash orqali o‘zbek xavfsizlik xizmati go‘yo uning “yugurdagi”, xizmatchisidek ko‘rsatilgan – bu juda katta va qo‘rqinchli signal.

Filmni ko‘rgan tomoshabinda go‘yo “Mehr” operatsiyasini to‘liq ruslar amalga oshirgan, buyruq-ko‘rsatmalarni ham ruslar bergan degan tasavvur uyg‘onadi, sababi, filmda o‘zbek harbiylarining mehnati deyarli 0 ga tenglashtirilgan.

Film o‘zbek xavfsizlik tizimi to‘liq Rossiyaga bo‘ysunadi, ularning nazorati ostida degan messejni beradi.

Kinoning aynan shu sahnalari kinochilarning eng kattasi buyrug‘i bilan yaratilganini ko‘plar e'tirof etishdi. (P)

Bundan tashqari millionlab dollarni sarflab, bemaza kinofestivallar tashkil qilib, to‘rini ruslarga berib qo‘ydi.

Butun dunyo ruslarning ukrainlarga qarshi bosqinini qoralayotgan, lan'atlayotgan, rus san'atkorlaridan hazar qilib, ularga boykot e'lon qilayotgan bir paytda u ruslarga qulluq qildi. (P)

Barchaga ma'lum, kinofestivallarga ko‘p mehmon Rossiyadan tashrif buyuradi har yili. Xuddiki, butun festival rus og‘alarining marhamatini olish, ularni rozi qilish uchun tashkillanayotgandek.

Qolaversa, Toshkentda Rossiyaning VGIK filiali ochilib, yosh-yosh rusparast rejisserlar, o‘zbek tili, madaniyati, tarixidan mutlaqo bexabar kadrlar yetishib chiqmoqda.

Ogoh bo‘laylik, VGIKda o‘zbek millati uchun katta xavf tug‘diradigan madaniy askarlar armiyasi vujudga kelmoqda, ertaga bu askarlar millatning ertasi, kelajagiga g‘avg‘o bo‘ladigan mahsulotlarni yetkazib beradi.

Ruspasrastlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan filmlar ertaga ommada katta og‘aning buyuk kuchini ulug‘lash fikrini uyg‘otadi, uning bosqinchilik siyosatiga ko‘z yumdiradi.

Nega kinoning to‘rini ilg‘or Yevropa, Amerika kino maktablari emas, jahon kinemotografiyasida umuman o‘rni yo‘q ruslar egallashi kerak? Bu o‘zbek kinosini ruslarga berish, ularni ruslashtirish, o‘zbek kinemotografiyasiga xiyonat demakdir. (P)

Hozirgi kunda agentlikning aksariyat shartnomalari Rossiya bilan imzolanmoqda. Rusparast Firdavs Abduhalikov ilg‘or va tajribali kino maktablariga murojaat qilish va hamkorlik qilosh haqida umuman o‘ylab ko‘rgani ham yo‘q.

Hech qachon na oila, na omma oldida o‘zbek tilida gapirmaydigan kino rahbaridan milliylikka xos filmlar, o‘zbekona loyihalar kutish mumkinmi?

Xalqaro tadbirlarda o‘zbek tilini umuman qo‘shmaydi, asosiy til doim rus tili bo‘ladi. Qolaversa, agentlikda ish to‘liq rus tilida, hujjatlar ham, muloqot ham.

O‘zbek kino agentligi Rossiyaning O‘zbekistondagi yurakchasi bo‘lib qolmasligi kerak.

Tilni ulug‘lash haqida yonib-pishib gapirishimiz nima bo‘ladi agar madaniyatimizning ajralmas qismi bo‘lgan kinemotografiya bu tildan or qiladigan inson qo‘lida qolaversa?

Kino – buyuk idealogiya, mafkura quroli, davlat unga millardlab mablag‘ ajratadi.

Bu Kirpi kundaligi edi. Eltuz o‘zbek kinosi atrofida yetilayotgan muammolarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
15 may 2017
Alpomish filmida rol o‘ynab tanilgan kino va teatr aktrisasi Gavhar Sharipova O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziëevga maktub yo‘llab, o‘tgan yili ...
19 april 2023
Salom qadrli muxlislar, bugun 19 aprel, e'tiboringizga Eltuz «600 sekund»ning navbatdagi sonini taqdim etadi. +++ Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi ...
7 november 2017
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30 oktyabrdagi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi internetdagi «ichki ishlar idoralari obro‘sini to‘kuvchi» ma'lumotlarni ...
16 september 2019
Toshkentning jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tumani sudida 9 sentyabr kuni O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...