Ko‘zqarash
10 september 2025

Umida Niyozova: Karra sonlar o‘rni almashgan bilan natija o‘zgarmaydi

So‘nggi vaqtlarda deyarli har kuni hokim yoki hokim o‘rinbosarlari pora olgani sabab qo‘lga olingani haqida xabarlar chiqmoqda. Albatta, poraxo‘rlarni ushlanib, javobgarlikka tortayotilayotgani yaxshi. Lekin shundan keyin korruptsiya kamayib yoki butkul yo‘qolib ketadimi? 

Katta ehtimol bilan yo‘q. Chunki ularning o‘rniga kelgan yangi odamlar ham xuddi shunday vakolat va imkoniyatlarga ega bo‘lib, pora olishni davom ettirishlari mumkin. Faqat yangicha sxemalar o‘ylab topib, bundan buyon juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanishadi.

Chunki korruptsiya — bu ko‘proq qo‘rquv emas, balki vasvasa alomati. Ya'ni, tez va mehnatsiz katta summaga ega bo‘lish imkoniyati bo‘lsa — bunday vasvasaga dosh berish qiyin. 

Shuning uchun, eng avvalo har jabha ma'muriyatida inson omilini kamaytirish kerak, boshqaruv apparatining korruptsiya uchun imkoniyatlari minimal darajada bo‘lishi lozim.

Eng asosiysi, korruptsiyaga qarshi kurashish uchun haqiqiy so‘z erkinligi zarur. Ammo haqiqiy so‘z erkinligi o‘zbek jamiyatining ustuvor qadriyatlariga tahdid sifatida ko‘riladi. So‘z erkini talab yetishga, hazm qilishga jamiyat tayyormi?

Tag‘in o‘qing
4 march 2016
O‘tgan fevral oyida ham O‘zbekiston telekanallari “eski ashulalari”ni baralla kuylashdan charchamadi. Ya'ni telekanallarning bosh mavzulari yana o‘sha “ma'naviyatni yuksaltirish”, ...
13 september 2021
Eri, qaynatasi va qaynog‘asi qotillikda gumonlanib tergov qilinayotgan, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanining Chandir qishlog‘ida yashovchi Munojat Egamova bunga ularning ...
10 february 2017
Prezident Mirziyoev kunora o‘tkazayotgan turli yig‘ilish va uchrashuvlarida davlat amaldorlarini ayamay tanqid qilmoqda. Mirziyoev 9 yanvar kuni militsiya xodimlari ...
18 january 2017
Shu kunlarda, ko‘plab ota onalar kollejni tamomlayotgan farzandlariga to‘rt tomonlama shartnomani imzolatish uchun ish beruvchilar eshigida sarson bo‘lishmoqda. Hali ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...