Ko‘zqarash
21 october 2025

Ko‘rga kitob o‘qigan odam

Azizlar yaxshi niyat bilan ëstiqday kitob chig‘orish uchun urinib ëtibman. Shu kitob ichiga kiradigan hikoyalardan birini bugun ëzdim. Bir o‘qib ko‘ringchi. 

(rassom Tuz sahifasidan)

Ko‘rga kitob o‘qigan odam

-Mana oblkultura buyrug‘i. Binoni bo‘shating

-Kitoblarni nima qilaman?

Paxtalik guppi kiygan odam xujjatni uzatdi. 

– Buyruqda ëzilganku¸ spisat qilinsin deb. Sen kitobni o‘ylama. Kolbasachiga sotamiz¸ pulni yarmi senga.

Shaxardagi eng so‘nggi kutubxona kitoblardan bo‘shatilib do‘konga aylanishi bo‘yicha buyruq chiqqandi.

Bir tarafdan Qora qum¸ bir tarafdan Qizil qum bir tarafdan qurigan orol tuz to‘zonlaridan iborat Oq qum  o‘rab olgan  100 ming kishi yashaydigan uchburchak shaxarda to‘rtta kutubxona bor edi. 

Shaxarning nomi ham Uchburchak.

1988 yilda boshlangan talotumda bu kutubxonalarning bittasi Jiki Chan karate videolarini qo‘yadigan vidioxonaga¸ yana biri jiguli old oynasini presslaydigan qozonxonaga  yana biri esa perashka sexga aylantirilgan edi.

To‘rtinchi kutubxona mudiri esa ëzib chizib “elga kerak joy” deya talab qilib kutubxonani tujjorlar xujumidan himoya qilib kelaëtgan edi.

Uning ismini hech kim bilmaydi. Bibliotekachi deyishadi. 1959 yili kutubxonachilik o‘qishini Qozon shaxrida bitirib kelganida Uchburchak shaxridagi shu kutubxonaga mudir qilib tayinlangan edi. 

O‘zi bilan Qozondan Bolqiz degan xotinga uylanib olib kelgan edi. Bolqiz maktabda frantsuz tilidan dars berardi. Bollari bo‘lmadi. Bolqiz uch yil oldin o‘ldi. Sovuq dushga kirganida yuragi to‘xtab qolibdi.

Bibliotekachi Uchburchak shaxar markazidagi besh qavatli beton uyning ikkinchi qavatidagi tor kulbada yakka o‘zi qolib  ketdi. 

Yaxshiyam ish bor. Erta ketib kech kelib yurdi. Endi shu ish ham yo‘q. Bibliotekachi kutubxonadagi proza asarlarini ajratib olib o‘nta o‘nta qilib taxlab ip bilan boylabam chiqdi. Bittta muraveychi bolani uch so‘mga  tutib kelib kitoblarni uyga tashibam qo‘ydi.

Marks¸ Lenin   asarlari¸ Brejnev va Rashidov tomliklarini sobiq “bilimlar uyida” kolbasa sex ochgan qozoq bola olib ketdi.

Bu kitob qog‘ozini eritib kolbasaga qo‘shsa¸ kolbasa titilmay kesiladigan bo‘larkan. Qozoz ustiga surtilgan bo‘r qatlami sharofati. 

Bibliotekachi umrida ilk bora ishsiz qoldi. 

Nima yeydi? Nima ichadi? 

Oblkulturani kattasi qurilish firmasi ochgan ekan. Bir telefon bilan suvoqchiga ërdamchi qilib ishga olishdi. Bibliotekachi bir kun ishladi. Loy qordi. Ikki chelak qorishmani ko‘tarib uchinchi qavatga chiqdi. Suvoqchi devorga shaloplatib urgan loyni andava bilan tekislab chiqdi. 

Kechqurun uyga yetib borganida bibliotekachining butun badani qaqshab og‘rir¸ qo‘llari esa shilinib ketgandi.

Ertasiga ishga bormadi. To‘g‘rirog‘i borishga majoli yetmadi.

Bibliotekachi Gabriel Markes romanidan fabrika ichida kitob o‘qiydigan kasb borligini bilgan edi. 

Sovet Ittifoqinda bunday tajriba  bor yo‘qligini ham bilmasdi. 

Bibliotekachi shaxardagi tikuv fabrikasiga bordi.

-Yo‘q bo‘lmaaydi. Tikuv mashinalarini shovqini bizga yetib ortadi dedi unga mudir ërdamchisi

Biblioteakchi endi Foton degan zavodga bordi

-Mumkin emas. Biz SSSR minoboronga qaraymiz. Ular aytmasa bunday avantyura qila olmaymiz.

Shaxarda ko‘rlar jamiyatini korxonasi bor edi. 

Katta xonada stolda o‘tirgan ko‘rlar transformator g‘altagiga sim o‘girish¸ svetni ëqib o‘chiradigan uskuna ichiga prujina ilish¸ sholcha to‘qish kabi ishlarni qilib o‘tirishardi.

-Respublika markaziga ëzib ko‘ray xo‘p deyishsa ishga olaman dedi idora kattasi.

 Ko‘rlar uchun maxsus nashr qilinadigan va paypaslab o‘qiladigan kitoblar oz va mundarijasi g‘arib edi. 

Ko‘rlar jamiyati mudiri ko‘zi ojiz Tuzalboy akaning o‘zi ham kimdir kitob o‘qib bersa jon deb eshitgisi kelgani uchun bu g‘oyani ma'qul deb topdi. 

Bibliotekachi uchun  ko‘rlar ishlaëtgan xonaga bir stol stul qo‘yib berishdi. 

Farrosh Turdixon opa bir choynakda choy damlab ënida piëla ham qo‘ydi.

Bibliotekachi bir Muravey yukxonasini to‘ldirib uyiga obkelib qo‘ygan kitoblarini tanlab o‘tirmay bir chetdan  olib kelib o‘qiy boshladi.

Teatr institutlarida ifodali o‘qish degan narsa o‘rgatishadi. 

Bibliotekachi esa tom bunga teskari tarzda ifodasiz monoton o‘qirdi. 

Sekin¸ ravon¸ barcha xarflarni talaffuz qilib¸ jumlalar orasida pauza qilib o‘qir. 

Ora sira to‘xtab choy ichar¸ ko‘zoynagini artib yana davom etardi.

Ko‘rlar oldida ilk o‘qigan kitobi Jek Londonning “Uch qalb” kitobi edi.

1916 yili ëzilgan  bu kitob qadim qaroqchilar avlodi bo‘lgan Nyu Yorklik Genri Morgan Frensisning hazinalar oroli haritasini qo‘lga kiritgani ortidan sirli yurtlarga qilgan sarguzasht to‘la saëxatini Uchburchak shaxridagi ko‘rlar alohida ishtiëq bilan tinglashar edi. 

Tashqarida havo sovuq¸ magazin peshtaxtalari bo‘m bo‘sh¸ Ruminiya diktatori va uning tantiq xotinini xalq isën qilib otib o‘ldirgani habarlarda takrorlanadi.

Ko‘chalarda Perestroyka¸ Oshkoralik¸ jadallashtirish degan rangli shiorlar osilgan edi. 

Ammo ko‘rlarni 1916 yilda ëzilgan kitobdagi odamlarni yutuvchi qum¸ ko‘zi boylangan ikki odamning dueli va sir sotuvchi amakining viski xo‘plagani ko‘proq qiziqtirar edi. 

Ko‘rlar ishlaydigan zalda odamlar ko‘payib qolgan edi. 

Bug‘alteriyadagi xotinlar ham  kursisini ko‘tarib kelib kitob eshitib o‘tirishardi. 

Hech kim ishga kech qolmas. Ish unumi  ancha oshgan edi.

Biblioteakchi monoton sasda navbatdagi kitobni o‘qiy boshladi:

 “Shamol sharqdan esdi deguncha, o‘zi bilan akula korxonasining qo‘lansa hidini olib 

kelardi; ammo bugun hid deyarli sezilmas, chunki shamol shimoldan esa boshlab, ko‘p o‘tmay  butunlay tingan edi. Shuning uchun ham Terras serquyosh va so‘lim edi. 

— Santyago,— dedi bola. 

— Xo‘sh?— javob berdi chol. U stakanidagi pivoga tikilib o‘tirarkan, uzoq o‘tgan kunlarni 

eslardi. 

— Ertaga senga sardin tutib keltirsam, maylimi?”

Ernst Xemingueyning Nobel qozongan “Chol va dengiz” romani Uchburchak shaxaridagi ko‘rlar shuurini band qilgan edi. 

Ko‘rlar jamiyati raisi Tuzalboy aka ham orqa qatorda o‘tirganicha olis dengizda tabiat stixiyasi bilan kurashaëtgan chol mujodalasi haqidagi hikoyani ichki havotir aralash maroq bilan tinglardi.

Tashqarida esa dunëning oltidan birini egallagan Sovet Ittifoqi ontarila boshlagan. Televizor chechenistondagi urush reportajlarini berardi. 

Uchburchak shaxridagi ko‘rlar idorasi esa maxsus qaror bilan barcha ishchilarni katta aktoviy zalga ko‘chirgan va ular qarshisida bibliotekachi kitob o‘qirdi. 

Zalning faqat to‘rtdan bir qismida ko‘rlar bor edi. Qolgani esa qo‘shni korxonaning ishsiz qolgan ishchilari¸ benzin yo‘qligi uchun bekor o‘tirgan sho‘prlar va ko‘rlar jamiyati joylashgan maxalladagi qiziquvchan odamlar edi.

Eski unuqqan ikki bortli pidjak kiygan bibliotekachi ko‘zoynagini artib kitob o‘kishda davom etardi:

“— Kimsan?—deb baqirdi. 

— Tinch chechenlar,— pakanasi javob berdi. Bu Bota edi. 

— Miltiq yo‘q, qilich yo‘q,—- dsdi u o‘zini ko‘rsatib.— Kinez kerak. 

Novchasi miq etmay hamrohining yonida turardi. U ham qurolsiz edi. 

— Demak, josus, polk komandirining oldiga olib borish kerak,— dedi Panov o‘z 

o‘rtoqlariga tushuntirib. 

— Kinez Vorontsov kerak, juda zarur ish bor,— dedi Bota.” 

Zaldagi ko‘rlar Lev Tolstoyning “Xojimurod” asarini tinglashar edi.

Uchbirchak shaxrida teatr tugatilib binosi selektor majlis o‘tkazilib dehqonlarni onasi so‘kiladigan joyga aylantirilgandi.

Kinoteatr esa kikbokschilar bir birini og‘zi burnini urib sindirsin deya boks klubiga berilgandi. 

Muzeyni esa vahobiy mulalar samozaxvat qilib machitga va foxishalarni jazolaydigan samosud qozixonaga aylantirishgan edi. 

Uchburchak shaxar odamlari uyidagi bor yo‘q narsani sotish uchun obchiqib tik oëqda  ko‘chada turishibdi. 

Umidsizlik¸ ochlik va depressiya shaxarni rak o‘simtasi kabi qoplagan edi. 

Roddomda onalar tug‘gan bolasidan voz kechishar¸ bir dona tovusli jemper uchun o‘smir qizlar bakoratini kamaz sho‘prlariga sotishardi. 

Ko‘rlar jamiyatining katta zaliga to‘planganlar esa biblotekachi o‘qiëtgan  Anton Chexov hikoyalar dunësida edi:

“So‘lim oqshomlarning birida xuddi shunday so‘lim ekzekutor Ivan Dmitrich Chervyakov kreslolalarning ikkinchi qatorida o‘tirib, durbin orqali «Kornevilskie kolokola» degan spektaklni tamosha qilardi. U sahnaga qarab, o‘zini eng rohatda o‘tirgan his qilardi. Lekin birdaniga…”

Shu payt ko‘rlar jamiyati zaliga do‘ppi chopon kiygan odamlar kirib kelishdi. Ularning norasmiy yetakchisi  betakalluf bir tarzda bibliotekachi oldiga borib u o‘qiëtgan kitobni olib bepisand muqovasiga nazar tashadi. “O‘rislarni kitobini nega biz o‘zbeklar o‘qishimiz kerak. Kim u Chexov. Nega Uchburchak shaxridagi maktabga Chexov nomi qo‘yilgan. Nega o‘zbek avtori kitobini o‘qib bermaysan bu ko‘rlarga.”

Bibliotekachi oldida turgan kitoblardan birini chopon kiygan millatchilar yetakchisiga uzatdi.

 Bu Odil Ëqubovning “Ko‘hna dunë” romani edi. Chopon kiygan odam bu kitobga afishani chaynamaoqchi bo‘lgan echkiday qarab “Odil Ëqubov o‘zbek emas. Qozoq u.” dedi.

Shu payt ko‘rlar orasida trasformatorga sim o‘rab o‘tirgan Berdiboy o‘rnidan turib  sekin yurib o‘rtaga chiqib qo‘llari bilan paypaslab millatchilar yetakchisini topib uning bilagini ombirday qo‘llari bilan siqib “Chiqib ket bu yerdan” dedi. 

Shu payt o‘nlab ko‘rlar xuddi raqs tushgan kabi qo‘llari bilan havoni paypaslab millatchilar guruxi tarafga qarab kela boshladi. 

Bu xuddi qabrlardan chiqqan arvoxlar kabi qo‘rqinchli manzara edi. 

Vaziyat qaltisligini bilgan millatchilar yetakchisi “Mayli biz ketdik¸ lekin yana qaytamiz” deya zalni  tark etdi.

Bibliotekachi kitobni kelib qolgan joyidan davom ettirdi:

«Agar biz kalaka qiladigan bo‘lsak u vaqtda, demak, ulug‘larda hurmat qoladimi.

— Yo‘qol! — deb baqirdi birdaniga general ko‘karib, titrab-qaqshab.

— A? — dedi angrayib qolgan Chervyakov sekin.

— Yo‘qol!! — deb qichqirdi general yana, yer tepinib. Chervyakovning qornida nimadir uzilib ketdi. U hech nimaga qaramay, hech nimani eshitmay, eshikkacha tisarilib bordi, ko‘chaga chiqib, jo‘nab qoldi…»

Ko‘rlar jamiyati raisi Tuzalboy aka bibliotakachining sasi zalning burchagiga yetib borishi uchun mikrofon usilitel o‘rnatib berdi. 

Chunki zalda tanga tashlashga joy yo‘q edi. Ko‘pchilik tik oëqda turib kitob eshitardi.

“— Mamlakatda iqtisodiy ahvol chatoq, byudjet nuqul zarar ko‘ryapti, deb eshitdik. Bunga nima deysiz?Xudoyo mushkulimni o‘zing oson qil, bunisiga nima deb javob beraman? Qora terga botib ketdim-ku!— Nima, butun umrim uyquda o‘tadimi? Yetar menga shuning o‘zi! — deya qichqirib yubordim.— Agar to‘g‘risini aytmasang, hech qachon uyg‘onmaysan.Rostini aytadigan bo‘lsam, mamlakatimizga qarshi propaganda yuritgan bo‘laman… yo parvardigor, sho‘rlik boshimni qandoq kulfatlarga solding!— Ekonomikamiz siz o‘ylagandek yomon ahvolda emas. 

Aksincha, juda porloq. Shunday porloqki, ko‘rsangiz ko‘zingiz qamashadi… Byudjetga kelsak, zarar bilan foyda tenglashib qolgan.— Shu yerga kelganda gapning beliga tepib, shartta to‘xtatishdi.”

Ko‘rlar va ko‘zi ochiqlar uchun Aziz Nesin satirasi Turkiya haqida emas balki Uchburchak shaxar haqida kabi tuyuldi.

Tashqarida avgust oyi mamlakat  yangilangan SSSR shartnomasinini ulug‘lovchi targ‘ibot plakatlari bilan to‘la. 

O‘zbekiston raxbari umrida ilk bor ostona  xatlab Xindistonga uchib ketgan. 

Shu payt birdan SSSR raxbari Gorbachevni qamab mamlakatda xarbiy xolat o‘rnatildi.

O‘zbekiston raxbari Xindistondan uchaëtgan uchoq bortidan turib xarbiy xolat o‘rnatgan SSSRchilarni ulug‘lab telegramma yubordi. 

Xuddi shu kuni ko‘rlar jamiyatiga yig‘ilganlar  ëzuvchi Alber Kamyuning “Vabo” asarini eshitib o‘tirishgandi.

“Chindan ham shu 18 chislodan boshlab zavod omborlari va yerto‘lalaridan minglab kalamushlarning o‘liklari chiqa boshladi. Kalamushlar son sanoqsiz edi”

Shu payt zalga prokuratura va militsiya xodimlari kurshovida Uchburchak shaxar partkomi kirib keldi. O‘ratepalik emchi duxtrning bu  semizlikka moyil qulog‘i katta bolasi ota yo‘lidan ketib duxtr bo‘lish o‘rniga partiyaga kirib partkom bo‘lgan edi. 

“Nima bu kalamushlar haqida. Ber menga kitobni Alber Kamyu ekan avtori. Vabo haqidagi kitob ekan. Medidtsinskiy tema bo‘la zararsiz. Lekin SSSRga qarshi agitatsiya qilsangiz apkirib qo‘yaman. Bizga mustaqillik kerak emas. Tovuq boqsak masalan SSSR bo‘lsa tuxum qilmaydimi. Meni uyimda tovug‘im bor o‘zim tagini tozalayman.”

Uchburchak partkomi chiqib ketdi. Bibliotekachi o‘qishda davom etdi.

.Bir kun o‘tib Gorbachev qamoqdan chiqdi. Uchburchak partkomi esa darrov plastinkani teskari qo‘yib mustaqillikning yaxshi ekani va SSSR davrida qisir bo‘lgan mollar mustaqil bo‘lgach emchagidan shovullab sut kelaëtgani haqida gapirdi.

Ko‘rlar jamiyatida kitob o‘qiëttgan bibliotekachiga qiziqish chandon ortgan. 

Maxalliy radio bu mutoalani retranslyatsiya qila boshladi.

Uchburchak shaxrining yuz ming aholisi uylaridagi besh so‘mlik radiokarnay orqali kitob eshitishardi.

Navbatdagi o‘qilaëtgan  hikoya “Saylov” deb atalgandi.

“ Fayvl-Щelkaning uyiga odamlar yig‘ildi. Maqsad yangi ravvin  saylash. Shaxardagi g‘iybatlardan xabari bo‘lgan  Fridl-Vixrning aytishicha boylar ëzg‘uvchi Itsikni qashshoqlar esa  davlat tayinlagan  oldingi ravvinni saylashmoqchi ekan. Mana endi Dumada ravvin saylash boshlandi. Boy otalardan biri reb Tsodek eskidan ishlab kelgan va davlat tayinlagan ravvin boshi bilan gunox va korruptsiyaga kirib ketgan deb aytdi. Qashshoqlar esa uning juda ko‘p yaxshi tomonlari borligini aytishdi.  Reb Tsodek  e'tiroz bildirib agar ëzuchini saylasak u yangi hammom qurib beradi¸ qarzdorlar qarzini kechadi deydi. Lekin saylovda eskidan ishlab kelgan ravvin g‘alaba qozonadi. Xalq xursand. Qashshoqlar sevingan. Ertasiga esa go‘sht narxi oshirilgani¸ qarzdorlar mol mulki musodara qilinishi va hammom ëpilgani ma'lum bo‘ladi”

Shu payt hikoya o‘qilaëtgan ko‘rlar jamiyati binosiga uzun soqol qo‘yib yaktak ishton kiygan mullalar guruxi kirib keldi.

Mullalarni soqoli uzunrog‘i bibliotekachini oldiga borib “maylimi taqsir. Qani bismillax” deya kitobni qo‘liga oladi.

-Bu kitobni Sholom Alaeyxim degan yaxudiy lain ëzgan. Bu kitobni o‘qishlik va eshitishlik Uchburchak axliga joiz emas.”

Shu payt yana transformator simini o‘raëtgan ko‘r Berdiboy qo‘llari bilan paypaslab mulla bovoni ëniga yetib kelib ikkala ëqasidan oldi. Annaqsa ko‘rlarni qo‘li juda kuchli bo‘ladi.

-Sen machit mutavvallisi bilan karta o‘ynab xotingingi yutqazib qo‘yganing esingdan chiqdimi. Ko‘rlarga kelgan exsonga ikkinchi xotin olganinchi.”

Shu payt barcha ko‘rlar ishini qo‘yib xuddi raqs tushganday qo‘li bilan havoni  paypaslab mullalar ustiga sekin sekin yurib kela boshladi.

Qo‘rqib kettgan mullalar “Astofurullo” deya ortga tisarilib chiqib ketarkan “Biz yana qaytamiz” deb baqirishdi. 

Bibliotekachi kitob o‘qishda davom etdi

“Kimsasiz orolga tushib  qolgan Robinzon kema yasab bu tutqunlikdan qutulish uchun ertayu kech ishlardi”

Ko‘rlar va ko‘zi ojizlar Daniel Defo kitobining kino qilinmagan tafsilotlarini  ham maroq bilan eshitishardi. 

“Sassiqhovuz qishlog‘ilik dehqon Yegor Ivanovich, famliyasi Glotov ot olish uchun ikki yil pul jamgardn. Yaxshi  yemadi, ichmadi, tamaki chekishni tashladi, samagon ichish u yoqda tursin, hatto uning ta'mini ham esdan chiqarib yubordi. O‘ldiring, pichoq bilan qiyma-qiyma qpling, uning ta'mini eslay olmaydi.” 

Ukrain satirik ëzuvchisi Zoshenka askiyasi xuddi Uchburchak haëtidan baxs qilganday edi.

Dushanba kuni ko‘rlar jamiyati zali liq to‘la. Mikrofon maxalliy radioga ulangan. 

Ammo negadir bibliotekachidan darak yo‘q edi.

 Balkim kasal bo‘lgandir. Issiq jon.

Odamlar shaxar markazidagi beton uyning ikkinchi qavati zvonogini bosishdi. 

Hech kim ochmadi. Chilangar chaqirib eshikni ochtirishdi. 

Bir xonali kvartiradagi  yuzlab kitoblar varag‘i ochiq eshikdan kirgan shamoldan pirpiradi. 

Xonadagi  yagona ëtoqda bibliotekachi o‘lib ëtgandi. 

Uning ënidagi tumbochkada esa bugun o‘qishni rejalagan kitob turardi.

Chingiz Aytmatovning “Ok kema” qissasi edi.

“Bilasanmi, sen hech qachon baliqqa aylanib qololmaysan va Issiqko‘lgacha suzib borolmaysan, oq kemani ham ko‘rolmaysan va unga: «Salom, oq kema, bu men!» – deb aytolmaysan. 

Sen o‘lding. Sen bir chaqnab so‘ngan yashin kabi hayot kechirding. Chaqmoqlarni samo chaqadi. Samo esa abadiydir.”

Ammo bu satrlarni bibliotekachi o‘qib bera olmadi. Chunki u o‘lgan edi. 

Shaxarda kitob o‘qiy oladigan odam qolmagan edi.

Bibliotekachining janozasiga butun shaxar yig‘ildi. 

“Ismi kim edi uni” deyishdi.

 Bu savolga Tuzalboy aka javob berdi “Ko‘rga kitob o‘qigan odam” 

Bibliotekachning o‘limidan keyin shaxar xuvillab yetim kabi qoldi.

 Shaxarni oldin qora qum¸ keyin qizil qum keyin esa tuz aralash oq qum bosdi. 

Odamlar ish qidirib boshqa shaxarlarga ko‘chib ketdi.

Shaxarni faqat ko‘rlar jamiyati ishchilari tark etmadi. Ular xanuz transformatorga sim o‘rar va ro‘parasidagi stulning bo‘shligini qalb ko‘zi bilan ko‘rib balki kimdir bu stulga o‘tirib bizga kitob o‘qib berar degan ilinj ichida edilar.

@ Rassom TUZ

19.10 2025

Tag‘in o‘qing
28 september 2017
28 sentyabr kuni o‘tgan brifingda Toshkent shahar IIB Tergov boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Toshxo‘jaev, yozuvchi Nurillo Otaxonovga 11 may kuni ...
28 august 2018
Tez kunlarda O‘zbekistonda ommaviy paxta terimiga start beriladi. Ammo bu yilgi mavsum ham hokimiyat amaldorlarining qonunbuzarliklari ostida o‘tishiga ishoralar ...
31 january 2024
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida  fuqarolarning ko‘p miqdordagi pul mablag‘larini Firibgarlik yo‘li ...
23 november 2021
Yangi milliy kutubxona qurilishi (yangi milliy teatr qurilishi ham) yangi va yap-yangi O‘zbekistondagi eng keraksiz loyiha. Kechagina qurilgani Navoiy ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...