Ko‘zqarash
15 november 2025

Amerika prezidentining dushman qutbga murojaati

1988 yili Urganchda o‘tirib Amerika ovozi radiosi  orqali AQSh prezidenti Ronald Reygan nutqini tinglab entikkan edim. 

Oradan shuncha yil kechib bu nutq aktualligini yo‘qotmaganligini his qildim:  

«Men Amerika o‘rtasida joylashgan kichik shaharchada o‘sganman. U yerda hamma Xudoga ishonch, erkinlik, oila, do‘stlik va bir-birimizga g‘amxo‘rlik kabi qadriyatlarga amal qilardi — bu qadriyatlarni siz ham sevasiz. Maktabda o‘qigan yillarimda ta'til paytida ishlaganman: avval qurilishda, keyin esa bir necha yil davomida daryo sohilida qutqaruvchi bo‘lib. Ta'limni tamomlaganimdan keyin sport radiodasturlari boshlovchisi bo‘ldim, bu mening Gollivuddagi aktyorlik faoliyatimga olib keldi, u yerda aktyorlar gildiyasi rahbari etib saylandim. Men profsoyuz prezidenti bo‘lgan yagona Amerika prezidenti hisoblanaman. O‘shanda milliy siyosat bilan shug‘ullanish niyatim yo‘q edi, ammo Amerika — imkoniyatlarga boy, buyuk mamlakat. Keyingi yillarda, ya'ni Kaliforniya gubernatori va Prezident sifatida xizmat qilgan davrimda ham, bolalikda singdirgan qadriyatlarimni unutmadim, mening amerikalik hamyurtlarim ham shunday.

Bilamanki, sizning matbuotingizda Amerika xakida  dushmanona gap ko‘p yozilgan. Men bu buzib ko‘rsatishlarni rad etaman. Amerikaliklar — tinchlikparvar xalq; biz sizning mamlakatыngizga tahdid qilmaymiz va hech qachon  xujum qilmaymiz.

Biz tinchlikda birga yashashimiz kerak. 

Amerika tarixi — erkinlik izlagan, ko‘plari esa Yevropaning eski tartibidan qochgan musofirlarning tinchlik va imkoniyatlar qidirgan tarixi. Biz ozodlik haykali yonidan o‘tib, bizning qirg‘oqqa yetib kelgan ruslar, ukrainlar, yahudiylar, armanlar, o‘zbeklar va boshqa ko‘p millat vakillari bilan faxrlanamiz. Rang-baranglik — bizning eng katta kuchlarimizdan biri. 

Ba'zan shunga ko‘ra, biz boshqalarni hayron qoldiramiz. Bizning hukumatimiz xalq tomonidan saylanadi; u xalqdan ustun emas va qonundan yuqorida turmaydi. Biz haqiqat munozara va bahsda namoyon bo‘ladi, deb ishonamiz. Haqiqat yonmaydi, suvga botmaydi. Bizning tizimimiz ba'zan mansabdorlarga noqulay bo‘ladi, chunki eng faxrli institutlarimizdan biri — erkin matbuotdir. Matbuot meni tanqid qiladi va ba'zan bu meni ranjitadi, lekin uning vazifasi shunday — murakkab savollarni ko‘tarish va amaldorlardan xalq oldida hisobdorlik talab qilish. Lekin hech kim erkinligimizni zaiflik deb o‘ylamasligi kerak. Biz faqat amerikaliklar uchun emas, balki barcha xalqlar uchun erkin va ochiq muloqot tarafdorimiz. Biz shaxsiy erkinlikka ishonamiz. Vijdon erkinligi, so‘z erkinligi, matbuot erkinligi — bular Mustaqillik Deklaratsiyasida qayd etilgandir. Biz inson huquqlariga hurmat qilish, fuqarolarimizga so‘z va harakatlanish erkinligini berish, xalqlar o‘rtasida aloqalarni yaxshilashga va'da berganmiz.

Terrorizmga qarshi kurashda ham kuchlarimizni birlashtirishimiz zarur. Hech qanday tsivilizatsiyalangan dunyoda odam o‘ldirish, terror akti va boshqa ma'nosiz zo‘ravonlikka o‘rin yo‘q. Men siz va hukumatingizni terrorizmga qarshi kurashda bizga qo‘shilishga, terroristlarga hech qachon hech bir davlat yordam bermasligiga kafolat berishga chaqiraman.

Bir-birimizdan o‘rganadigan narsalarimiz ko‘p. Amerikaliklar sizlarning buyuk madaniy namoyondalaringizdan uzoq vaqtdan beri ma'naviy boyitib kelmoqdalar. Tolstoy, Dostoevskiy, Turgenev, Chexov va Pasternak  va Navoiy asarlari ko‘plab Amerika universitetlarida o‘qitiladi; xuddi shunday, Djeyms Fenimor Kuper, Mark Tven, Djek London, Ernest Xeminguey va Uilyam Folkner kabi amerikalik mualliflar sizlaringiz yurtingizda ommabop. Men ikki buyuk jamiyatimiz o‘rtasida o‘zaro qiziqish mavjud bo‘lgan barcha sohalarda aloqalarni kengaytirish tarafdoriman. Ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida almashinuvlarni ko‘paytirishga qiziqaman, chunki yoshlar — bizning kelajagimiz. Mamlakatlarimiz o‘rtasida muloqot ochishimiz kerakki, har ikki davlat yetakchilari teledastur orqali bir-birlarining xalqlari bilan teng imkoniyatda muloqot qila olishsin. Agar sizning fuqarolaringizdan ko‘prog‘i bizga tashrif buyursa, xalqimizning ham sizlar kabi tinchlikni chin dildan istashini ko‘rar edingiz. Biz tinchlikka nafakat o‘zimiz uchun, balki shu kichik sayyoradagi  barcha uchun intilamiz.

Har narsaning o‘z vaqti bor.

@uzrassomtuz

Tag‘in o‘qing
30 january 2017
So‘nggi vaqtlarda tovuq boqishni O‘zbekistonda milliy harakat darajasiga chiqarishga qaratilgan intilishlar davom etmoqda. Qaysi gazetani varaqlamang, albatta, tovuq boqish ...
9 september 2016
Mustaqil matbuotda va ijtimoiy tarmoqda Karimovning nojoiz joyga dafn etilgani, zudlik bilan maqbara qurish uchun 120 tacha mozor buzilgani ...
23 june 2016
Farg‘ona viloyatining aksariyat banklarida jo‘natma pullarini berish juma kunigacha to‘xtatildi. Bank xodimlari buning sababini valyutaning tugab qolgani bilan izohlamoqda. ...
6 december 2017
Prezident Mirziyoevning 4 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, xorijiy sayyohlar uchun oldingi 7-15 kunlik qisqa viza muddati 30 kunlik qilib belgilandi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...