Qanday qilib Bezrukov Toshkentning kir havosidagi changni «tarqatib yubordi”
Men o‘zbek segmentidagi Facebook’ni juda yaxshi ko‘raman — haqiqiy yangiliklar portali: tsenzurasiz, to‘siqsiz, hech qachon hech kim ën bermaydigan va me'yorsiz darajada hissiz.
Bu yerda hamma narsa xronologik, shaxsiy gaplar yo‘q, ortiqcha narsa yo‘q. Qo‘rqmas blogerlar va nomsiz foydalanuvchilarning postlari orqali keyingi yillardagi eng shov-shuvli voqealar tarixini oson kuzatish mumkin.
O‘tgan hafta davomida eng faol muhokama qilingan mavzu — Toshkent osmonini qoplagan iflos chang tutun bo‘ldi.
Bunday hissiyotli po‘rtillash “uznet”da hali bo‘lmagan — jamoatchilik aybdorlarni topib, javobgarlikka tortishni talab qilyapti.
Kayfiyat keskinligi kritik nuqtaga yetdi — xoxlasang-xohlamasang, endi nomdor shoirlar ham familiya va baland lavozimlarni ochiq aytishdi. Byudjetdan yem yeydigan trollar fabrikasi yetishmay qoldi — ularni oddiygina “shippak” bilan pashshani o‘ldirganday urib tashlashyapti va bloklashyapti.
Uzgidrometning aybni tabiatga ag‘darishga qilgan yuraksiz urinishi esa faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi g‘azabni oshirdi xolos.
Nima qilish kerak?
Qani, nima bӯldi-o‘zi?
Xalq “qon” talab qilyapti. Al qasos deya baqirmoqda.
Aniq ediki, darhol keskinlik darajasini tushirish va e'tiborni chalg‘itish kerak.
Yangi infopovod zarur — Toshkentning qorong‘u osmonidan ham yarqiroq. Shunday info mavrid bo‘lsinki, millatni birlashtirsin va ommaviy g‘azab ob'ektini almashtirsin.
Va shu yerda — ta-da-da-dam!
Sergey Bezrukov — 90-yillar dahshatli banditi Sasha Belыy — ba'zi o‘zbek amaldorlarining qizib ketgan “ko‘tlarini” jarima va javobgarlikdan qutqaruvchi qahramon bo‘lib chiqdi.
Ha, biz uni yaxshi ko‘ramiz, sevamiz, qizil yo‘lakchalarga taklif qilamiz, gul beramiz pul to‘laymiz, osh oshatib choponlar kiydirib sovg‘alar berib yuramiz.
Lekin bu safar kechiringlar, qurbonlik qilinadigan qo‘chqor kerak — yo Sasha, yoki biznikilardan biri.
Zo‘r aqlli odamlar shoshib-pishib ikki oy avvalgi Bezrukov intervyusini topishdi, Intervyuda Bezrukov to‘rt yil oldingi voqeani yengil va samimiy yumor yo‘g‘rilgan hazil qiladi.
Bezrukov u hazil bilan go‘riston qorovulini o‘rischa bilmasligi va birgina Beliy so‘zini o‘zbekcha aktsentda gapirganiyu va atrofdagi o‘zbeklarning emotsional shovqinini taqlid qilgan edi. Masalan biz qozoqlarni «sheshendi sigey» deganini ëngsilab taqlid qilib kulganmiz kabi beozor yumor.
Lekin bechora Belыy qabriston mudirini kulgiga solarkan, bizda siyosiy texnologiyalar qay darajada rivojlanganini bilmasdi.
Kollektiv ongni manipulyatsiya qilishda mutaxassislarimiz qanday “ilgarilab ketganini” tasavvur ham qilmasdi.
Va hammasi, pizdets.
Osmonning changiga asbobni qo‘ying, yonsa yonib ketsin. Bizga qolsa butun dunëni changi o‘pkamiznni yo‘ldirsin. Bu muxim emas. Muximi bizdagi go‘riston mudirining go‘zal nutqi ustidan kulishdi. Biz kabi sodiqlarni o‘rischani bilishimizga shak keltirishdi. Bizniya??? Eng muximi o‘zbek xalqining barcha balolariga aybdor kimligi aniq bo‘ldi!
Bezrukov ekan.
Bravo, azizlar!
Oxuenniy vbros.
Anzor Buxarskiy
