Ko‘zqarash
24 november 2025

Qanday qilib Bezrukov Toshkentning kir havosidagi changni «tarqatib yubordi”

Men o‘zbek segmentidagi Facebook’ni juda yaxshi ko‘raman — haqiqiy yangiliklar portali: tsenzurasiz, to‘siqsiz, hech qachon hech kim ën bermaydigan  va me'yorsiz darajada hissiz.

Bu yerda hamma narsa xronologik, shaxsiy gaplar yo‘q, ortiqcha narsa yo‘q. Qo‘rqmas blogerlar va nomsiz foydalanuvchilarning postlari orqali keyingi yillardagi eng shov-shuvli voqealar tarixini oson kuzatish mumkin.

O‘tgan hafta davomida eng faol muhokama qilingan mavzu — Toshkent osmonini qoplagan iflos  chang tutun bo‘ldi. 

Bunday hissiyotli  po‘rtillash “uznet”da hali bo‘lmagan — jamoatchilik aybdorlarni topib, javobgarlikka tortishni talab qilyapti. 

Kayfiyat keskinligi kritik nuqtaga yetdi — xoxlasang-xohlamasang, endi  nomdor shoirlar ham   familiya va baland lavozimlarni ochiq aytishdi. Byudjetdan yem yeydigan  trollar fabrikasi yetishmay qoldi — ularni oddiygina “shippak” bilan pashshani o‘ldirganday  urib tashlashyapti va bloklashyapti.

Uzgidrometning aybni  tabiatga ag‘darishga qilgan yuraksiz urinishi esa faqatgina ijtimoiy tarmoqlardagi g‘azabni oshirdi xolos. 

Nima qilish kerak?

Qani, nima bӯldi-o‘zi?

Xalq “qon” talab qilyapti. Al qasos deya baqirmoqda. 

Aniq ediki, darhol keskinlik darajasini tushirish va e'tiborni chalg‘itish kerak. 

Yangi infopovod zarur — Toshkentning qorong‘u osmonidan ham yarqiroq. Shunday info mavrid bo‘lsinki, millatni birlashtirsin va ommaviy g‘azab ob'ektini almashtirsin.

Va shu yerda — ta-da-da-dam!

Sergey Bezrukov — 90-yillar dahshatli banditi Sasha Belыy — ba'zi o‘zbek amaldorlarining qizib ketgan “ko‘tlarini” jarima va javobgarlikdan qutqaruvchi qahramon bo‘lib chiqdi.

 Ha, biz uni yaxshi ko‘ramiz, sevamiz, qizil yo‘lakchalarga taklif qilamiz,  gul beramiz  pul to‘laymiz,  osh oshatib  choponlar kiydirib sovg‘alar berib yuramiz. 

Lekin bu safar kechiringlar, qurbonlik qilinadigan qo‘chqor kerak — yo Sasha, yoki biznikilardan biri.

Zo‘r aqlli odamlar shoshib-pishib ikki oy avvalgi Bezrukov intervyusini topishdi, Intervyuda Bezrukov to‘rt yil oldingi voqeani yengil va samimiy yumor yo‘g‘rilgan hazil qiladi. 

Bezrukov  u hazil bilan go‘riston qorovulini o‘rischa bilmasligi va birgina Beliy so‘zini  o‘zbekcha aktsentda  gapirganiyu va atrofdagi o‘zbeklarning emotsional shovqinini taqlid qilgan edi.  Masalan biz qozoqlarni «sheshendi sigey» deganini ëngsilab taqlid qilib kulganmiz kabi beozor yumor. 

Lekin bechora Belыy qabriston mudirini  kulgiga solarkan, bizda siyosiy texnologiyalar qay darajada rivojlanganini bilmasdi.

 Kollektiv ongni manipulyatsiya qilishda mutaxassislarimiz qanday “ilgarilab ketganini” tasavvur ham qilmasdi.

Va hammasi, pizdets.

Osmonning  changiga  asbobni  qo‘ying, yonsa yonib ketsin. Bizga qolsa butun dunëni changi o‘pkamiznni yo‘ldirsin. Bu muxim emas.  Muximi bizdagi go‘riston mudirining go‘zal nutqi ustidan kulishdi. Biz kabi sodiqlarni o‘rischani  bilishimizga shak keltirishdi. Bizniya???  Eng muximi  o‘zbek xalqining barcha balolariga aybdor kimligi aniq bo‘ldi!

 Bezrukov ekan.

Bravo, azizlar!

Oxuenniy vbros.

Anzor Buxarskiy 

Tag‘in o‘qing
7 may 2019
«Eltuz» nashri Muhammad Bekjonning «Qo‘rquvning nariyog‘ida» (Alvido, Jasliq!) ikkinchi kitobi, 5-qismi audioversiyasini taqdim etadi. 2005 yilgi Andijon voqealaridan keyin ...
10 september 2025
«Eltuz» «Vaqt mashinasi» rukni ostidagi maqolalarni chop etishda davom etadi. Navbatdagi hikoyamiz Yosh buxoroliklar harakati faoli Abduqodir Muhiddin o‘g‘li ...
10 february 2017
Deputatlar ham kutib turgan ekan shekilli, prezidentning faol bo‘ling, degan topshirig‘idan keyin bel bog‘lab xalq bilan ham tillashishga tushib ...
31 march 2018
Oliy Majlis Senati 29 mart kuni «O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) to‘g‘risida»gi qonunni tasdiqladi. Mazkur qonunga ko‘ra, DXXga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...