Ko‘zqarash
25 november 2025

Ommaviy savodsizlik epidemiyasi

Matematika o‘qituvchisi  hech bo‘maganda o‘ngacha sanashni, ona tili adabiët o‘qituvchisi esa tutliqmay o‘qish va xatosiz ëzishni bilishi kerak.

O‘zim maktabda rasm o‘qituvchisi bo‘lib  ishlaganimda maktab peshtoqiga ilinadigan shiorlarni matoga ëzib berardim. Shiorlar matnini esa adabiët o‘qituvchisi ëzib berardi.

Uch ëki to‘rt jumlalik shiorda kamida olti xato bo‘lardi. Masalan, «Vatanimizga sadoqat bilan o‘qiymiz» degan so‘zda sadoqatni sodakat deb ëzardi.

Raykom instruktori kelib shiorni kim ëzdi deganda meni ko‘rsatishgan. Men bo‘lsam adabiët o‘qituvchisi ëzib bergan qog‘ozni ko‘rsatganman. Chunki men «bu xato» desam ham maktab mudiri «adabiët muallim nimani ëzib bersa, shuni o‘zgartirmay ëz» deb amr bergandi.

Adabiët o‘qituvchisi peduchilisheni tugatib maktabga joylashib keyin sirtdan bir amallab OTM dipllomi ovolgan.

Raykom instruktori uni turg‘azib qo‘yib so‘kib «Stalin davri bo‘lganda otilib ketarding» deb qo‘rqitdi.

Muallim xotin yig‘ladi siqtadi, bolam bor, baqram bor, uy quryapmiz hamma meni oyligimga qaragan, erim tanbal ishlamaydi, ag‘ini siz davom ettiring…

Bu endi hamma maqtagan sovet davridagi gap. Bugungi o‘qituvchilarning ommaviy savodsiz, ruhiy majruh, tug‘ma ovsar va qul bo‘lishga tayër umurtqasiz ekani absolyut haqiqat.

Ular kunda kunora ichi to‘la xato, ega kesimsiz ëzilgan arizalarni tonnalab yuyuborishadi. G‘ij-g‘ij xatoga to‘la arizalarni o‘qib ular qo‘lida o‘qiëtgan o‘zbek bolalariga ichim uvishdi.

Eng so‘nggi  yangilik: Toshkentda Attestatsiya jarayonidan norozi bo‘lib, Maktab ta'limi vazirligini sudga bergan 4 nafar tarix o‘qituvchisining shikoyati sud tomonidan rad etildi.

Yashasin dunëda eng odil sud Toshkent sudi!!!

Tag‘in o‘qing
14 may 2017
Ukrainalik qo‘shiqchi Jamala o‘tgan yili «Yevronigoh» qo‘shiq tanlovida g‘olib chiqishi ortidan 2017 yilgi qo‘shiq tanlovi Ukrainada o‘tdi. 13 may kuni Kievda yakunlangan ...
16 april 2018
Mudofaa vazirligi harbiylarning kiyim-boshlari namunasini taqdim qildi. O‘zbek harbiysining yangi mundiri namunalari 1937 yilda Turkiston oydinlarini qatag‘on qilgan NKVD ...
23 march 2016
“Xalq so‘zi” gazetasi “Jahon” axborot agentligiga asoslanib O‘zbekiston prezidentining 2015 yil yakunlariga bag‘ishlangan mashvaratdagi ma'ruzasi Buyuk Britaniya ekspertlar hamjamiyatida ...
11 february 2016
O‘zbekistonda deyarli barcha avtobuslarda haydovchilari ish vaqtida bemalol chekadilar va bunga hech qanday chora ko‘rilmaydi. Rassom Elsevar Eltuz.com
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...