Ko‘zqarash
29 november 2025

O‘zbekiston jamiyati boshi ochiq va hijobli qutblarga ajraldi

O‘zbekiston – e'tiqod erkinligi kafolatlangan davlat. Qonunlarda shunday yozilgan. Ammo amaldachi? Maktablarda, kollej va universitetlarda hijobda o‘qish mumkin emas. Davlat idoralarida hijobda ishlash esa hali ham mushkul. 

Kam sonli o‘ta radikal qatlam boshi ochiq ayollarni fohishaga tenglashtirib vaziyatni yanada murakkablashtirmoqda.

Savol tug‘iladi: insonning shaxsiy tanlovi va e'tiqodiga aralashishga qachondan yo‘l qo‘yib berdik?

Xorazmdagi “Ma'mun” xususiy universitetida o‘qiydigan talabalar xabariga ko‘ra, hijobli qizlarni yig‘ilishga chaqirishgan va ro‘mollarini yechishga majbur qilishgan. Hattoki, ro‘molini yechib rasmga olishgacha borishgan.

Bu ish universitet xotin-qizlar qo‘mitasi rahbari boshchiligida amalga oshirilgani aytilmoqda. 

Qizlarga esa:

ro‘molni yechmasang universitetdan haydalasan;

kontrakt puli qaytarilmaydi;

ota-onang chaqiriladi;

prokuraturaga olib boramiz

kabi og‘ir tahdidlar qilingan.

Rahbariyat qizlarni qo‘rqitgan: kechqurun ro‘molda yurgan qizlarni davlat xodimlari olib ketishi, ariza yozdirishi va ehtimol jazolashi mumkin emish. Bu qaysi qonunda bor?

Forma asosiy tashvishimiz bo‘lar ekan ta'lim sifati rivojlanmaydi. Chunki asosiy e'tibor ilm, ta'lim sifati, fikrlash doirasini kengaytirish, malaka oshirishga emas – soch yoyilgani, makiyaj, soqol bor-yo‘qligi, ro‘mol bor-yo‘qligiga qaratilgan.

«Eng achinarlisi — yarim yalang‘och, kalta yubkada keladigan talabalarga hech kim e'tiroz bildirmaydi» deydi murojaatchilar.

Shu joyida shikoyatning qisman tuxmatligini aytaylik. Har qanday taqvodor ko‘ziga boshi ochiq qiz yarim-yalang‘och ko‘rinadi. Universitet yo‘laklarini sinchiklab kuzatilsa, biror mini yubkalik, ochiq-sochiq qizni uchratmaysiz. Chunki havo sovuq, mantiqni ishlating.

Siz boshi ochiq qizlarni ochiq-sochiq, yarim-yalang‘och deb iddao qilishda davom etarkansiz, hijobga munosabat ijobiy tomonga o‘zgarmaydi

«Hijob — jinoyat yemas. Hijob — to‘siq yemas. Hijob — shaxsiy tanlov» deydi ular.

Biz esa adolat bilan aytamiz: soch – jinsiy a'zo emas. Boshi ochiqni yarim-yalang‘och deb tuxmat qilishni to‘xtating. Oversayz kiyimlar urfga chiqqan bir davrda ko‘chadagi 10 qizdan bittasi ochiq va tor kiyinadi. Agar siz barcha boshi ochiqlarni ko‘zlaringiz bilan yechintirib tashlayotgan bo‘lsangiz, sizga nisbatan munosabat salbiy bo‘lib qolaveradi.

Tag‘in o‘qing
27 december 2025
Kuni kecha Eltuz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi va Sudyalar oliy kengashi qarori asosida Toshkent shahar sudining bir qator sudyalari ...
5 april 2017
O‘quvchilarning jinsiy tegajog‘ligidan hamkasbini himoya qilgan Toshkent shahar Olmazor tuman 315-umumta'lim maktabining ingliz tili o‘qituvchisi 60 yashar Gulbo‘ston Nizomiddinova ...
21 january 2022
Azizlarim mana xafta aylanib yana siz bilan hamsuhbatman. Suhbati chor anda  mazza bor deyishadi. Kanalga obuna bo‘lgan do‘stlar soni ...
18 march 2017
Keyingi 2 oy mobaynida Andijon shahrida oltita pichoqbozlik qayd qilingan. Andijon shahar Ichki Ishlar boshqarmasining o‘tgan payshanba maxalliy nashrlarga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...