Ko‘zqarash
1 december 2025

Parxonalik kapando‘zlar

Marader ya'ni talonchi degan so‘zni «kapando‘z» deb ham aytishadi. Shunday odamlar bor o‘liklarni go‘rdan qa zib oltin tishini sug‘urib yurishadi. Maktab doskasi¸ partasi ëki binolarini sotadiganlarni ham kafando‘z desa bo‘ladi. Masalan men balki bonkani o‘margan  o‘g‘ri haqida bunchalik nafrat bilan ëzmasdim. Tepadagi rasmdagi xotin Dang‘aradagi maktab baseynini buzdirib o‘rnini sotgan sobiq diretor Mo‘mina Erkinova. Ënidagi esa Sherzod Dolimov. Viloyat Xalq ta'limi boshlig‘i. Baseyn o‘rnini  sotib olgan  tujjor yigit shu odam bilan kelishgan deya iddao qilishdi Farg‘ona viloyati, Dang‘ara tumani, Qizilmush qishlog‘i aholisi nomidan deya bitilgan maktub podpisantlari. 

«Hurmatli Rassom Tuz, Tegirmonboshi qishlog‘ida joylashgan 18 maktabning bus—butun, faqat quviri tiqilib qolgan baseyni bor edi, trubaga temir tiqsa ochilib ketardi. Shuningdek, baseyn yonidan yugirish yo‘lkasi o‘tgan edi. Bir necha yil burun sobiq maktab diretori Mo‘mina Erkinova maktabga qo‘shni yashaydigan shaxsga baseynni sotib yubordi. U esa ekskvator olib kelib tayyor, biror joyi shikast yemagan baseynni betonlarini qo‘porib, yana yonidan joy qo‘shib olib oddiy loydan xunukdan hunuk qilib issiqxona qurib oldi. Buning natijasida yugurish yo‘lkasi ham to‘silib qoldi. Bu qonunsizlikka tuman va viloyat Xalq ta'limi boshliqlari ham indamadi.  O‘qituvchilar ham, ota—onalar ham bu ishdan qattiq norozi. Arizamizni Dang‘ara prokurori Akmalxon Boboxonovga yetkizsangiz. Maktabimizdagi qonunsizlikka barham bersalar. Prokurorimiz vatanparvar inson. Yaqinda uning tashabbusi bilan bolalar bog‘chasi qurildi. Zora bizning maktabga ham yordam bersa. Bu murojaatni Qizilmush qishloq ahli yozdi. (imzo telefon va manzillar) 

Maxalliy jurnalistning aytishicha bu maktabni mustaqillikning dastlabki yillari shu maktabda o‘qigan, hozirda sobiq amaldor Sh. Ro‘zmatov davlatdan pul olmay, o‘zi pul topib zamonaviy ko‘rinishda qurgan edi.

» Maktabimiz pishgan g‘ishtdan qurilgan. Ikki qavat. Sportzali va standartga mos stadioni bor. Basseyni ham bor edi. Ko‘zi och direktor basseyni buzdirib sotib yubordi. Baseynni sotib olgan kimsa qaryib 40 sotiq joyga gadoyning kapasiga o‘xshatib issiqxona qurib olgan. Mo‘mina Erkinova qasddan,  pul ishlash maqsadida bus—butun basseyni sotib yubordi. Birovdan qo‘rqmadiyam, birovdan uyalmadiyam. Ta'lim boshliqlari ta'lim infratuzilmasini vayron qilib tursa dardingni kimga aytasan. Maktab basseyini buzib, o‘rnini sotish dunyoda bo‘lmagandir ehtimol.  Bu boshliqlar ya'juj—ma'juzdan yomon. Xalq ta'limi vaziri ham Toshkentdan odam yuborib vaziyatni o‘rgansin.» deb ëzg‘irdi jurnalist.

Ëmonning kuchi yapaloqqa yetibdi. Maktab basseynini sotib yegan parxonalik kapando‘zlarga kim chora ko‘radi?

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
27 april 2021
Botir Zokirov 1936 yil 26 aprel kuni opera tenori Karim Zokirov oilasida tug‘ildi. Toshkentdagi o‘rta maktabni tamomlagach, Toshkent davlat ...
4 february 2021
Toshkentning jabrdiyda xiyoboni markazidagi «Moviy gumbazlar» nomli inshoot o‘zining yashilligi va Brejnev davri me'morchiligining ancha yetuk qoldig‘i sifatida hukumatning ...
20 october 2025
Moskvadagi otel bu safar lyuks emasdi. Tavfiq Malikov turklar uchun ikki kunga Akademiya mehmonxonasidan xona ajratgan edi. Anjuman bir ...
22 june 2020
Yevropadagi eng nufuzli gazetalardan biri, Tsyurixda chop etiladigan Neue Zürcher Zeitung o‘tgan haftada o‘zbek paxtasi, majburiy mehnat va O‘zbekiston ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...