Ko‘zqarash
10 december 2025

O‘zbekcha so‘zdan kim qo‘rqadi?

«O‘ldi deb ëzmang» deya ëqamdan olishdi «O‘lmas aka o‘ldi» deb  ëzsam. Ular arabcha ëzishimni istaydi.

«Vafot qilmas aka vafot qildi» deb ëzsam to‘rvasiga tanga tushgan tilanchiday sevinishmoqchi.

Taniqli aktyorga ism qo‘yilgan paytda elning oldi qismi o‘zbekcha gapirsam derdi. O‘sha davr shoirlari «haët» degan arabcha so‘z o‘rniga «yashash» (Zulfiya) «G‘alaba» degan arab so‘zi o‘rniga «Yengish kuni» (G‘. G‘ulom) so‘zlarini qo‘llashgan.

Shu bois o‘sha paytda tug‘ilgan bolaga O‘lmas deb ism qo‘yishdi. O‘lmas bu o‘ldining oppoziti. U davrdagi gazetlarda bir buyuk odam o‘lsa o‘ldi deb ëzilgan. «Dorul baqoga rixlat etdi», «o‘z ahdiga vafo ayladi», «Vafot etdi» deyilmagan.

Shayxzoda o‘zining mashhur poemasini «Lenin o‘ldi..» deya boshlaydi. Gazetalrda «general Sobir Raximov o‘ldi», «o‘rtoq Stalin o‘ldi» deyilgan. O‘rischasi «Umer tovariщ Stalin».

O‘zbeklar hali ashincha arablashib o‘z tilidan, o‘zbekcha gapirishdan or qilmaydigan vaqtlarda ëzilgan doston, maqol va matallarda ham o‘lganni «o‘ldi» deydi.

«O‘ldi – aziz bo‘ldi, shishdi – semiz bo‘ldi»…. «Bolang o‘ldi dedilar¸ bolam belimda dedim, xotining o‘ldi  dedilar, xotin yo‘limda dedim…»

O‘lim, o‘lish – bu bir biologik yaratiq finalining nomlanishi.

Men biror narsa ëzsam shuni  o‘zbekchasi bormi deb qarab o‘zbekcha ëzib qo‘yaa qolaman. 

O‘zbeklar barcha turk xalqlari kabi «xotin» degan so‘zni ishlatib kelgan. Bu so‘z tamalida  xotin qizlarga katta hurmat ëtadi. (Jalolidinni onasi Turkon xotin) Arablar esa xotinlarni past ko‘rib  «aël» (bola chaqa, oilaning bir qismi) deb aytadi.

Hozir arabqullik gradusi aaashincha oshib ketgani uchun gazeta jurnallarga sizib kirib ertadan kechgacha o‘zbekcha so‘zlarni arabcha qilib o‘tiradigan mo‘ylovsiz soqol qo‘yganlar ko‘p.

Men ulardan emasman.

Ular «homilador» deb arabcha forscha qilib ëzadi. Men «bo‘g‘oz» deya o‘zbekchasini ëzaman. «Ikkiqat», «bo‘yida bor», «yukli» degan o‘zbekcha variantlari ham bor. Geografiyada yerning dengizga do‘mpayib chiqib turganiga «bo‘g‘oz» deyiladi – Bosfor bo‘g‘ozi.

Yana bir eski turkcha so‘zni ishlatsam o‘z tilidan uyaladigan rijol va shahidkalar dodlab yerlarga ontariladi.

Bu «emchak» so‘zi. Emizish so‘zidan yasalgan. Arablashmagan paytdagi elning maqol matalida ham ko‘p bu so‘z.  «Yig‘lamagan bolaga emchak yo‘q» deyishadi. Ëki taniqli shoir Hamzaning «Ona» degan she'rida «kechalar emchak tutib» degan misralar bor. O‘zbekistonda «Qiz emchak» degan toponim ham bor edi ammo buni o‘zbek tili dushmani bo‘lgan Bosh vazir Aripov qirg‘in qildi. Orolning u tomonidagi miqti qozoqlar sog‘ bo‘lsin «Qiz emchak» nomini yo‘q qilmay saqlab qo‘yishibdi. 

So‘zlikda «bol» degan atama bo‘lishiga qaramay, asal deya arabcha ëzishmoqda. Holbuki hali bu yerlar arablashmagan kezda korruptsiya haqida «Bol tutkan barmog‘ini yalaydi» degan naql aytilardi. 1972 yilgi Alifbe kitobida «bol ari» degan so‘z bor edi. Keyin bu so‘zni darslik ëzadigan o‘zbek tili dushmanlari yeng ichida bildirmay diversiya qilib «asal ari» qilib qo‘yishdi.

O‘lmas aka va men tug‘ilgan Urganchda «sikishni orasiga suqish qo‘shma» deyishadi. Bu jumla har bir gap o‘z nomi bilan aniq aytilsin degan ma'no beradi.

Bugun 9 dekabr. men sevgan ëzuvchi Robert Shekli o‘lgan kun. 

Shekli o‘ldi desam sizning yuzingizga uchuq toshib ketmaydimi? 

Mendan oytsh.

Rassom Tuz sahifasidan

Tag‘in o‘qing
23 december 2020
O‘tgan payshanba, 17 dekabr kuni Telegram kanali orqali O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX)ning qator “loxmach”larini uchratgan joyda jazolash haqida ...
15 november 2023
Tarmoq, ya'ni sotsial media o‘zbek segmentida kuzatishlarimga ko‘ra xotin-qizlar orasida ashaddiy diniy fanatizmga moyillik kuchli. Moskva, Seul, Istanbul va ...
13 november 2025
Ijtimoiy tarmoqlarda sizdirilgan xabarlariga ko‘ra, Andijonning Oaziz kafesida fuqaro Sharobidinova Taxminabonu qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib keladi.  Ayni paytda bu ayol ...
6 november 2023
Joriy yilning 22 noyabr kuni Toshkentda o‘tishi rejalangan “Mashina vremeni” rok gruppasi kontserti qoldirildi. O‘zbekistonlik galerist Bella Sobirova, Toshkentda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...