Catira
30 december 2025

O‘zimizga dushman bo‘lishni bizga rus maktablarida singdirishgan

Sovet ¸maktabida o‘qiganimda tarix darslarida ruslarning Usmonli imperiyasi bilan urushlarini o‘qitgan muallimlarimiz  bizga «turklar dushman ruslar esa bizning o‘zimiz»  deb uqtirishgan.

 Aslida bizni bosib olgan ruslarning o‘zi bizga asl dushman edi.

1985 yilda toshkentlik taniqli san'atshunos aël Urganchga keldi. O‘zbeklardan chiqqan bu mutahassis aël o‘zbek tilining turkiy til ekanini bilmas ekan. «Bo‘lishi mumkin emas¸ qanday qilib qaëqdagi turklar bilan tilimiz bir bo‘ladi» dedi bu olima opamiz. Yaxshiyam kitob tokchamda «Sovet entsiklopediyasi» bor edi. Ochib ko‘rsatdim. «O‘zbek tili turkiy tillar oilasiga kiradi» deb aniq ravshan ëzib qo‘yilgan edi. «Da¸neujeli » dedi hafsalasi pir bo‘lgan olima. Bu olima Ilya Repinning «Kazaklar turk sultoniga maktub ëzmoqda» degan asarini maqtab ëstiqday kitob ëzgan edi. 

Mustaqillikdan keyin Toshkentdagi Demir yemakxonasida ovqat yeb o‘tirgan turk ishchilariga hasad bilan qaragan cho‘ntagi bo‘sh toshkentlik ësh yigitchaning ko‘zlaridagi nafrat ildizi aslida rus maktabida suv ichgan edi.

1999 yili Toshkentdagi jurnalistik yig‘inlardan birida o‘zi o‘zbek bo‘la turib o‘zbekcha bilmaydigan va  rus tilidan boshqa zaboni yo‘q «jurnalist» amaki O‘zbekiston iqtisodi haqida va'z qila turib » O‘zbekistonni bosgan turk axlatini Germaniya investitsiya ëmg‘iri yaqinda yuvib tashlaydi» deb bashorat qilgan edi.

Turklardan hazar qiladigan bu manqurt nemislarni ketini  o‘pishga tayër edi.

Bundaylarni keyin ko‘p ko‘rdim. Berlinni men bilan ziërat qilgan toshkentlik kulturniy o‘zbek xonimlaridan biri.  «Kak nemtsы terpyat etix gryaznыx turkov» deya savol bergan edi. Bu xonim ich ichidan «Koshki nemislar bu turklarni o‘choqlar qurib ëqib yuborsa» deb orzu qilsa hayron qolmayman.

 Mana bu izoh esa  men ëzgan maqolaga munosabat sifatida ëzilgan:

muallif: antiturk qaerdan: rusiya

11.07.01:02

Yuk kilish kerak bu iflos xalkni, bular Amerikaning chizigidan chikishmaydi, turklar Uzbekistonga oyok kuydimi demak Amerika Uzbekistonga yakinlashdi degani. Amerika yakinlashsa…. Xudo kursatmasin Irok, Afgoniston, Libiya, Suriyaning kuni boshimizga tushishidan. Bular buzgunchi xalk, kaerga borsa xarom xarish ish kilishadi, fakat tilida «Ollox Ollox» deyishadiyu, niyati buzuk insonlar!!!! (Orfografiya izox egasiga oid)

Bu izoxni izoxlab o‘tirmayman. 

Har xolda bu izoh ëzgan odam miyasi rus sovet mafkurasi bilan zaxarlangani aniq.

Zaxarli tikanlardan qutulishning yo‘li ularni ëqib yuborish degan edi  turk ulusini yakkqalam qilgan Navoiy.

Ilohi! Tikan ishi sanchilmoq uchun ani kuydurmak munosibdur!!!!

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
9 may 2017
9 may kuni Shomahmudovlar haykali qayta ochildi. Toshkentlik taxlilchi Anvar Nazir fikriga ko‘ra, bu haykal sovet davrini qo‘msagan o‘zbekistonliklar ...
17 may 2017
Andijon viloyati Shahrixon shahri va tumanida 15 may kuni yuzlab bemorlar zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga ëtqizilgan. Ozodlik radiosi ma'lumotiga ...
6 june 2017
Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 6 iyun kuni UZ24 nashri xabar berdi. Xabarlarda ...
25 december 2025
Toshkent shahrida Transport vazirligining binosi va atrofidagi yerlarini  Mahkamov Baxtiyor Yakubovich 187,8 mlrd so‘mga sotib oldi. Oldi-sotdi Qoraqalpog‘istonda ro‘yxatdan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...