Video
9 may 2017

Omon Aziz: «Haykallarni ko‘chirishdan boshqa ishi yo‘qmi bularning?»

9 may kuni Shomahmudovlar haykali qayta ochildi. Toshkentlik taxlilchi Anvar Nazir fikriga ko‘ra, bu haykal sovet davrini qo‘msagan o‘zbekistonliklar uchun ramzga aylangan.

Haykaltarosh va kandakor rassom Omon Aziz O‘zbekistonda haykalning ko‘chirilib uchinchi bor qayta ochilishini mantiqsizlik deya atadi.

«Ularning boshqa ishi yo‘qmi, degan savol tug‘iladi» dedi Eltuz muxbiriga bergan intervyusida 75 yoshli haykaltarosh Omon Aziz.
Shomaxmudovlar kompozitsiyasi 1982 yil yili Dmitriy Ryabichev tomonidan yaratilgandi.

25 yildan buyon Amerikada yashayotgan ijodkor Omon Aziz sovet davrida butun Toshkent haykaltaroshligi Shapiro bilan Ryabichev ixtiyoriga o‘tib qolganini aytdi.

Tag‘in uning so‘zlariga ko‘ra, 80 yillarda urush mavzuidagi Abdumo‘min Boymatov, Damir Ro‘ziboev kabi o‘zbek haykaltaroshlarining asarlari tanlovga qo‘yilgan.

«Abdumo‘min akaning «Sen yetim emassan» kompozitsiyasi o‘sha Ryabichevnikidan ko‘ra yaxshiroq edi. Huddi shoshmaqom musiqasini eslatardi, betakror edi», deya eslaydi Omon Aziz o‘sha tanlovga qo‘yilgan asarni.

Ryabichevning beqiyos san'atkor ekanini e'tirof etarkan, san'atkor sifatida haykalning ayrim nuqsonlarini sanaydi.

«Masalan, men erkakning nima uchun tikka turganini bilmayman. Lekin bolalar yaxshi topilgan», deydi Omon Aziz.

Shunga qaramay u haykallarni ko‘chirmaslik kerak degan fikrda.

2008 yili Shomahmudovlarga ornatilgan haykal «Xalqlar do‘stligi» maydonidan ko‘chirilgan. Karimov davrida esa bu maydon «Istiqlol» deya o‘zgartirilgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
5 may 2023
RT: Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman. Matchonboy sen nega qo‘lingga garmon olding. ...
25 january 2026
Mirzo Ulug‘bekning 1409 yilda Samarqand taxtiga o‘tirishi shunchaki siyosiy o‘zgarish emas, balki O‘rta Osiyo tarixida «Oltin davr»ning boshlanishi edi. ...
7 september 2023
Buyuk chex imprescionisti asarini chex elchisi Urganchda taqdim qildi Urganch zamonaviy san'at muzeyida Germaniyadagi “Yuzuk” tashkiloti tarafidan 20-asrdagi buyuk ...
5 october 2023
Bundan 85 yil avval qonli bir tun bo‘ldi… «4 oktyabrdan 5 oktyabrga o‘tar kechasi, hamma uxlagan vaqtda Fitrat, Abdulla ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...