Ko‘zqarash
4 january 2026

Muhabbat Nazar: Maduroning ahvoli ayanchli

O‘ttiz millionlik Venesuela davlati boshidagi Maduroning ahvoli haqiqatdan barbod. Uni samalyotdan qo‘llarida kishan bilan tushirilgani,  shippak kiydirib qo‘yilgan rasmlari, internetga tarqatilgani bir davlat e'tibori, bir millat sha'ni uchun mislsiz zarba bo‘lgan. 

Eronning o‘lgan prezidenti Rayisi vertolyotda portlab, jasadi jarlik va tog‘lar orasida, xaftalab qolib ketganida ham,  eron davlatining nomi vaxshatli darajada kirlangandi. 

O‘sha kunlarda eronlik odamlar, o‘z prezidentini qidirish qutqaruv ishlariga deyarli qo‘shilmagan, yordam berishni  hohlashmagan. Ko‘pchiligi, asosan, chekkada turib kuzatishgan. 

Man, o‘shanda xayron qolgandim. Inson boshqa shaxsni yomon yo yaxshi ko‘rishi mumkin. Lekin, eronliklar davlat boshidagi prezidentiga xurmat ko‘rsatishga majbur edilar.

Va ayniqsa, dunyo maydonida, jaxon afkor ommasi qarshisida  Eron davlati maqomini o‘z xalqi himoya qilishi kerak edi. 

Davlatga bo‘lgan burchlaridan  biri edi~ bu.

Ammo, eronliklarda achinish hissi sezilmagandi. Xuddi, Maduroning tutilganiga venesuelaliklar xursandligi kabi, eronliklar ham  o‘z prezidentlarining o‘limini bayram qilishdi. 

Albatta, bu manzaralarni oqlab bo‘lmaydi. Bu harakatlar ijtimoiy mo‘'tadillikdan darak bermaydi.

Ammo shunisi haqiqat, Maduro va balki, Rayisi,  o‘z vaqtida davlat boshqaruvini shaxsiy shirkatini boshqarganday boshqarmaganida, extimol bu kuylarga tushmas edilar. 

Yana kim biladi, deysiz.

Ekranlardagi Venesuela xalqining bayramona kayfiyatini, voqealikka beparvo munosabatini kuzatib, shunday xulosadim.

Tag‘in o‘qing
13 june 2023
Yunonlarning Markaziy Osiyoga surgun qilinishining so‘nggi bosqichi Stalin tomonidan 1949 yil 13 iyunga o‘tar kechasi amalga oshirildi. Bir kechada ...
3 february 2018
Prezident Mirziyoev 31 yanvar kuni Milliy xavfsizlik xizmati raisi Rustam Inoyatovni ishdan olishidan sal avval uning ikki o‘rinbosari va ...
3 september 2025
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi avgust oyida Rossiyada o‘zbekistonlik ekani aytilgan taksi haydovchisi bilan bog‘liq holat ortidan Rossiya TIVga nota ...
28 march 2023
«Yuzuk-Art» tashkiloti faollari tashabbusi bilan 23 mart kuni Amerikadan topilgan va O‘zbekistonga keltirilgan «Buxoroning bombardimon qilinishi» triptixi xotirasini yo‘qotishga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...