Video
29 january 2026

Blind Sherlock: Chet el filmidagi jinoyatchi o‘zbek qiyofasi

O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha qilgani va taassurotlari haqida yozdi.

Filmdagi asosiy ikki jihat uning e'tiborini tortgan:

 1. Film Rotterdam politsiyasining «O‘zbek Bitlz» laqabini olgan o‘zbek mafiyasi banditlari suruviga  qarshi kurash haqida. Bu banditlar rolida bir nechta o‘zbek akterlari ishtirok etgan. Masalan mafiya raxbari rolini Javoxir Zokirov ijro etgan.

2. Film Belgiyada haqiqatan bo‘lgan voqealarga asoslangan. Ya'ni bu hayotda haqiqatan yashagan ko‘zi ojiz politsiyachi hikoyasi va bu rolni haqiqatan ko‘rish qobiliyati zaif bo‘lgan akter ijro etgan.

Filmni Gollandiya kino ustalari suratga olgan va o‘zbek blogeri o‘sha so‘qir politsiyachi va bu rolni o‘ynagan ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan akterning jamiyatda o‘z o‘rnini topganiga e'tibor qaratadi.

Men butunlay boshqa jihati haqida gapirmoqchiman. Bu filmda ko‘ringan o‘zbeklar haqida chet ellarda paydo bo‘layotgan tassavvur haqida.

Uzbek jinoyatchi, o‘zbek kallakesar, o‘zbek o‘g‘ri, avrat qorovuli va muttaham.

Bugun ijtimoiy tarmoqni varaqlarkan, o‘zbeklar haqida yaxshi bir xabarni kam uchratamiz. Masalan so‘nggi voqealarni olaylik, kuni kecha bizga eng yaqin qardosh bo‘lgan Turkiyada jinoyatchi o‘zbeklarga qarshi namoyishlar bo‘ldi.

Rossiya urushida qatnashayotgan qotil o‘zbeklarning son sanog‘i yo‘q. Ayni paytda tarmoqning o‘zbek segmenti ham o‘g‘rilar dunyosini ulug‘laydi, qoidasiz jang sportiga, ayol va erkaklarning avratiga qiziqadi va boshqa mavzular san'at va madaniyat rivojiga deyarli yaqinlashmaydi.

Mana sizga ko‘rinmagan, biroq belgiyalik so‘qir politsiyasi ko‘rgan o‘zbek qiyofasi.

Qudrat Bobojon

Tag‘in o‘qing
29 march 2016
26 fevral kuni qabul qilingan qaror ijrosi shu kunlarda viloyatdan Toshkentga kelganlar uchun jiddiy muammoga aylanib ulgurdi. Guvohnoma olish ...
18 december 2025
«Miss Finlyandiya» tanlovi g‘olibi Sara Jaftse noyabr oyi oxirida ko‘zlarini qisib tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi. «Men xitoyliklar bilan ...
11 september 2018
«2006 yilga qadar «Koson» zonasining tashqi shtabi tomi ustidagi soldat va snay­perlar yarim yil to‘xtovsiz “terrorchilar”ni kutib yashashdi. Ular ...
2 march 2017
1 mart kuni jurnalist Jamshid Karimov ruxiy hastaxonadan ozod qilindi. 49 yashar Jamshid o‘tgan yili o‘lgan O‘zbekiston prezidenti Islom ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...