Kundalik
30 march 2016

Sud ijrochilari jurnalistni jazolash uchun kuyovidan qasd olishdimi ë ma'lumot izlashdimi?

30 mart kuni Chilonzor, 23-mavze uchastka noziri, sud ijrochilari va 10 ga yaqin, o‘zini tanishtirmagan fuqaro kiyimidagilar jurnalist 47 ëshli Maloxat Eshonqulovaning to‘ng‘ich qizi oilasiga tegishli uyga bostirib kirib ularga tegishli uy jihozlarini musodara qilishgan.

Sud ijrochilari o‘z harakatlarini, Maloxat Eshonqulovaning sudga jarimadan 13 million so‘mdan ortiq qarzi borligi, «Eshonqulova qaysi uyda yashayotgan bo‘lsa, o‘sha uydagi jihozlarni musodara qilishlari» bilan izoxlashgan.

Jurnalist va huquq himoyachisiga bu jarima jazolari sud qaroriga ko‘ra O‘zbekistonda o‘tgan turli piket va noroziliklarda ishtiroki uchun belgilangan.

«Eng noqonuniy jihati, Uchtepa tuman sud ijrochilari kuyovimga tegishli uydan uy jihozlarini, moddiy qiymatga ega mol-mulklarni olib ketishayotgan bo‘lsa-da, nomiga dalolatnoma tuzib, dalolatnoma nusxasini menga va yo uy egalariga bermasadan olib chiqib ketishdi», – deydi adolatsizliklardan alamzada jurnalist.

O‘ziga o‘t qo‘yish bayonoti

Maloxat Eshonqulova Uchtepa tuman sud ijrochilarining noqonunniy hatti-harakatlari qarshi norozilik sifatida prezident mahkamasi binosi oldida o‘ziga o‘t qo‘yishi haqida bayonot berdi.

2010 yildan buyon mustaqil jurnalist va huquq faoli sifatida faoliyat yuritib kelayotgan, ungacha Davlat Teleradiokompaniyasida ishlagan Maloxat Eshonqulova bayonotini O‘zbekiston hukumati, prezidenti va sud idoralaridan tashqari, BMT, YeI, Xalqaro jurnalistik va inson huquqlari tashkilotlari, diplomatik korpus vakillariga ham jo‘natgan.

Bayonotida u, jumladan “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy va vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish tartibi to‘g‘risida” qarorlar sabab o‘zini doimiy yoki vaqtincha propiska qila olmasdan poytaxtda, qizi va kuyovi bilan yashashga majbur bo‘lgani, Sud ijrochilari esa sud jarimalaridan qarzi borligini aytib, kuyovi va qiziga tegishli jixozlarni olishganini yozadi.

Maloxat «Uy egasi kelmaguncha kiritmayman» deyishiga qaramay, o‘nta basavlat erkaklar uni chetga surib uyga bostirib kirishgani, bittasi shu zahoti uning noutbugini olgani, boshqasi fotoapparatiga yopishganini aytadi.

«Aslida, sud ijrochilariga mening kompyuterim, orgtexnikam kerak edi xolos. Ular meni nima qilib bo‘lsa ham qamoqqa tiqish payida. Shu sababdan ham fleshkalarim bormi, modem, fotoapparat, noutbuklarimga hujum qilishdi» deydi Eshonqulova Eltuz.com muxbiriga .

Isyon aktsiyasi «2016 yilning 4 aprel kuni soat 14.30 da – prezident apparati binosi oldida» amalga oshirilishi haqida bayonotida yozarkan, «men o‘limdan qo‘rqmayman, meni O‘zbekiston tuzumidagi adolatsizliklar ko‘proq xavotirga soladi!» deya bildiradi u.

Huquq himoyachilari taqdiridan xavotir

Xalqaro hamjamiyat o‘zbek hukumatning huquq himoyachilariga qarshi huruji yildan yilga kuchayib borayotganini kuzatib keladi.

Ayniqsa o‘tgan yil paxta mavsumidagi majburiy mehnat monitoringi faollariga qarshi qaratilgan tajovuzlarni eslash mumkin.

O‘shanda jizzaxlik huquq himoyachisi O‘ktam Pardaevga jinoiy ish ochilgan, huquq himoyachisi Dmitriy Tixonovning uyiga o‘t qo‘yilgandi.

Shuningdek, paxta dalalariga reydga chiqqan Yelena Urlaeva va Maloxat Eshonqulovalar bir necha bor ushlangan, Xazorasp tumanida esa ular tahqirli tarzda yechintirib tintuv qilingan edi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
20 january 2020
Bosh vazir Abdulla Aripov 18 yanvar kuni 2020 yilda Humo Air davlat aviakompaniyasi tashkil etilishini e'lon qildi. Uning so‘zlariga ...
22 november 2024
Konfutsiydan shogirdi “eng muhim narsa nima?” deb so‘radi. «Davlat hammadan muxim,» dedi Konfutsiy «Chunki davlat yo‘l quradi, bu yo‘ldan ...
6 march 2020
O‘zbekiston Aralash jang san'atlari assotsiatsiyasi (MMA) Andijon viloyati bo‘limining navbatdagi konferentsiyasi bo‘lib o‘tdi.  Konferentsiyada assotsiatsiyaning Andijon viloyati bo‘limi rahbari ...
11 july 2019
Gulchehra Nurillaeva 1938 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. Toshkent davlat universiteti va Moskvadagi Oliy adabiyot kurslarida tahsil olgan. 15 dan ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...