Kundalik
10 november 2015

Kovushini to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lishardi…

Akmal Nabiev
Eltuz.com

Qish mavsumi yaqinlashgani sabab keyingi paytlarda o‘zbeklar muhokama qilayotgan asosiy mavzulardan biri uyni isitish, qanday qilib qishdan sovuq qotmay chiqish bo‘lib qoldi.

Juda ko‘p yurtdoshlarimiz muqobil isitish qurilmalari sifatida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashmoqda. Jiddiy suhbatlar bo‘lmoqda…

To‘g‘risini aytsam achinib ketayapman, ziyoli insonlar muammo yechimi qolib boshqa narsalar bilan o‘z vaqtlarini behuda yo‘qotayotganiga va yurtdoshlarimizni chalg‘itayotganiga.

Bilasizlarmi, shunday muammolar boshqa davlatlarda bo‘lganida asosiy muhokama qilinadigan narsa muqobil isitish moslamalari emas, balki, aholini issiqlik bilan ta'minlay olmayotgan hukumat rahbarlarining faoliyati bo‘lardi.

Nahotki yurtdoshlarimizga muqobil variantlarni taklif qilayotganlar fikr qilmaydilar-ki O‘zbekiston yetarligidan ortiqcha darajada gaz zahiralariga ega va o‘z aholisiga ravo ko‘rmagan gazni xorijga sotib yuborayotganini? Nega xalqni o‘z haqlarini talab qilishga chaqirish o‘rniga qaerdagi ikkinchi, uchinchi darajali narsalar bilan chalg‘itishadi?

Bundan bir necha yillar avval bizga qo‘shni qishloqda hokim yashardi. Qishloq yo‘llari sovet davridan buyon asfalt ko‘rmagani natijasida dabdalasi chiqib ketgan edi.

Bir safar o‘sha qishloqqa yo‘lim tushib qoldi, ko‘chaning o‘rtasidan xuddi poyandoz to‘shalgandek bir mashina sig‘adigan qilib asfalt bosilibdi.

Asfalt yo‘ldan biroz yurgandim asosiy ko‘cha qolib sovetlar davrida ham asfalt ko‘rmagan dala yo‘liga burildi.

Men ham qiziqish ustunlik qilib o‘sha ko‘chaga burildim. Qarang, shu ketishda ko‘cha yarmida hokim solgan koshona uy oldigacha bordim, undan keyin yana odatdagidek tuproq yo‘l.

Nega aytayapman bu voqeani? Tasavvur qiling shu voqea yurtimizda emas, G‘arbni qo‘yib turing, Rossiyada yoki Qozog‘istonda bo‘lganida xalq o‘sha hokimni o‘z holiga qo‘yib qo‘yarmidi?

Yo‘q! Bunday hokimning darrov kovushini to‘g‘rilab qo‘ygan bo‘lishardi…

Tag‘in o‘qing
25 october 2023
MTRK boshlovchisi Dilshoda Matchonovaning O‘zbekiston konstitutsiyasida qoralangan irqchilik, qirg‘inni qo‘llab-quvvatlab 70 millon kishini o‘choqda ëqqan Gitlerga oshiq bo‘lgani jurnalistika ...
2 december 2023
Huquq tartibot idoralari maxsus kuchlari 1 dekabr, ya'ni kecha kechqurun taniqli tadbirkor, postsovet hududida “Salimboy”, “Salimboyvachcha” deya tanilgan Salim ...
26 november 2025
Toshkent viloyatida huquq-tartibot idoralari xodimlari 30 dona sa'vani kiyim ostidan noqonuniy olib o‘tishga uringan odamni qo‘lga oldi. Ma'lumotlarga ko‘ra, ...
24 april 2020
Yaqinda bir kishi O‘zbekTV dan chiqib, «Allohni zikr qilayotganingni birov eshitib qolsa, bu riyo bo‘ladi, ibodating qabul bo‘lmaydi», deya ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...